FOTO. Hindistonda 35 ming muxlis nega Zidanning niqobini taqib oldi?
13 noy 2016 08:59
Yangiliklar
FOTO. Hindistonda 35 ming muxlis nega Zidanning niqobini taqib oldi?
Kecha Hindiston Superligasida "Kerala Blasters" va "CHennayin" klublari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
O'yindan oldin mezbon jamoa muxlislari Zinedin Zidanning niqobini taqib olishdi. Sababi oddiy: Ayni paytda "CHennayin" bosh murabbiyi sifatida italiyalik Marko Materacci ishlamoqda.
Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yinda Materacci o'zining nomaqul harakatlari tufayli diskvalifikaciyaga uchragan edi. Kechagi uchrashuvda "Kerala Blasters" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Kerala Blasters" - "CHennayin" 3:1
Gollar: Kadio 66, Vinet 85, 89 - B.Mendi 22
Fikrlar