So’nggi yangiliklar

16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   0 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  6 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  1 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  5 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  20 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  16 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  13

FIFA 17da o'zbekistonlik futbolchilar bormi? Yangiliklar

FIFA 17da o'zbekistonlik futbolchilar bormi?

Sentyabr oyining oxirida FIFA o'yinining navbatdagi qismi sotuvga chiqdi.

Ko'plab muxlislarga ega ushbu virtual futbol o'yinida o'zbekistonlik futbolchilarga berilgan baho bilan qiziqdik.

FIFA 17 o'yinida faqat 3 nafar o'zbekistonlik futbolchini topishga muvaffaq bo'ldik. Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv") va Vadim Afonin ("Orenburg"). Uchchala futbolchi ham Rossiya Premer-ligasida to'p tepishadi.


Vitaliy Denisov - 78


Moskvaning "Lokomotiv" hamda O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovning umumiy ko'rsatkichlari 78ga teng. 29 yoshli futbolchimizning eng kuchli jihati CHIDAMLILIK. Ushbu jihat bo'yicha Denisovning ko'rsatkichi 91. SHu bilan birga Vitaliyning TEZLANISH (86) va SPRINTERLIK TEZLIGIga (83) ham yuqori baho berilgan. Himoyachimizdagi eng past ko'rsatkich zarba berishda joy tanlash (40) va hujumni yakunlashdadir (40).


Odil Ahmedov - 77


O'zbekiston terma jamoasi sardori, "Krasnodar" etakchilaridan biri Odil Ahmedovga o'yinning bu qismida biroz past baho berilgan. Ahmedovning terma jamoadagi harakatlarini hisobga olsak, u 80 ga munosib. FIFA 17da Odil Ahmedovning eng kuchli ko'rsatkichlari quyidagicha:

Sakrash - 81

CHidamlilik - 82

Qisqa paslar - 80

Zarba kuchi - 82

FIFA ishlab ijodkorlarining fikricha, Ahmedov to'pni yaxshi aylantira olmaydi. Aylanma pas (51) va zarbada (45) uning natijalari juda past.


Vadim Afonin - 67


"Orenburg" yarim himoyachisi Vadim Afoninning FIFA 17dagi ko'rsatkichlari past. Uning eng kuchli natijalari jarima zarbalari (72), aylanma paslar (71) va chidamlilik (73).

RFPLda to'p tepuvchi Afoninning eng yomon ko'rsatkichlari:

Hujumni yakunlash - 44

Jismoniy kuch - 50

Dribling - 50

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика