So’nggi yangiliklar

16:17"Челси" Почеттинони истеъфога чиқармоқчи эмас  0 15:52"Бавария" икки футболчисининг кетишини эълон қилди  0 15:28ПСЖ Доннарумма билан шартномани узайтириш устида ишламоқда  1 15:00ПРЕВЬЮ. "Сурхон" ва "Динамо" жамоаларининг ўзаро 25-ўйинида кимнинг қўли баланд келади?  2 14:50Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 14:31Мухлислар ташрифи бўйича «Нефтчи» — «Андижон» учрашуви жорий йилдаги рекордни янгилади  16 14:05Минглаб мухлислар келган ва драматик кўриниш олган "Водий дербиси"дан ГАЛЕРЕЯ  18 13:48Мухлисларга ҳурматсизлик қилган "Навбаҳор" футболчилари иши кўриб чиқилади  29 13:24Нойер Бундеслигада юбилей ўйинда иштирок этди  1 12:53"Хоразм" бош мураббийи истеъфога чиқарилгани тасдиқланди  2 12:27"Тоттенхэм" вингери жамоани тарк этиши мумкин  0 11:59"Лейпциг" ҳужумчиси "Милан"га ўтишга рози  1 11:35Бабаян ниҳоят Бошковични мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 10:58«Барселона» Рональд Араухога нарх белгилади  14 10:31«Реал Мадрид» «Ливерпуль» етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи (Фабрицио Романо)  11

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogida yoshlar jamoasi bilan qatnashadi va... maydonga 9 kishi bo'lib tushmoqchi Yangiliklar

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogida yoshlar jamoasi bilan qatnashadi va... maydonga 9 kishi bo'lib tushmoqchi

Bundan tashqari, klub prezidenti o'rinbosari uchrashuv 90 daqiqa davom etmasligini aytdi.

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi prezidenti o'rinbosari Erol Bilejik "Adana Demirspor"ga qarshi o'yin oldidan bayonot bilan chiqdi. Bilejik jamoaning 7 aprel kuni Turkiya Superkubogi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi bahsda ishtirok etishini malum qildi. Biroq u bellashuvda asosiy jamoa emas, balki "Fenerbaxche"ning U19 jamoasi maydonga tushishini takidladi.

Futbol musobaqasi qoidalariga ko'ra, jamoa o'yinni maydonda kamida 9 nafar o'yinchi bilan boshlashi kerak. O'yin davomida kamida 7 nafar futbolchi ishtirokida o'yin davom etishi mumkin. Agar jamoa tarkibida 6 kishi qolsa, o'yin hakam tomonidan to'xtatiladi.

Klub rahbariyatining malum qilishicha, jamoa 90 daqiqa o'yin o'tkazmoqchi emas. Ular qoidalarga binoan 9 kishi bo'lib maydonga tushmoqchi hamda 6 futbolchi qolgunga qadar harakat qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" safarda "Trabzonspor" ustidan g'alaba qozongach (3:2), mezbon jamoa muxlislari maydonga tushib ketishdi va g'alabani maydon markazida nishonlayotgan futbolchilarga tashlanishgandi. Natijada, klub Turkiya chempionatidan chiqib ketishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Reyting: -6   

Fikrlar

+3   
04 apr 22:25:53
FREND UZBEKISTAN
To'g'ri qiladi qonunlarni buzmagan holda o'z noroziligini ochiqcha bildirayabdi! Qachongacha davom etishi mumkin bunaqa yovvoyilik!
+1   
04 apr 23:05:25
PSG emas Barcelona muhlisiman. Realga ham omad
Turkiya superligasimi yoki superkubogi?
+1   
04 apr 22:57:56
Sera_M ¥ U
Tugʻri qiladi
   
04 apr 22:48:39
Behzod Holdorov
Yig‘loqi Fener. 90 chi yillarda ham qatnashmaymiz deb 2 oydan keyin ligaga qaytuvdi.
championat.asia
Яндекс.Метрика