So’nggi yangiliklar

09:24Элдор Шомуродовга Италия А Сериясининг бошқа жамоасидан таклиф бор  1 09:00«Бобур Арена» тўлган баҳсда «Пахтакор» «Андижон»ни мағлуб этди  5 08:36Фабрицио Романо Марко Ройснинг навбатдаги жамоасини маълум қилди  0 08:15Про лига. Бугун 11-тур учрашувлари давом эттирилади  0 01:23Начо Карвахаль ҳақида: "Замонанинг ва барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси"  4 00:35Гринвудга учта топ-клуб қизиқмоқда  4 23:55Депай "Атлетико"дан кетди  1 23:28Моуринью "Фенербахче"га икки юлдузни олиб келиши мумкин  1 23:00Рўзиқул Бердиев: "Бобир Абдихолиқов учун хурсандмиз"  13 22:52Ёрқин Назаров: "Ўзбекистондаги энг кучли жамоага қарши ўйнадик"  9 22:30БАА Про лигаси. "Шабаб Ал Аҳли" ўз майдонида рақиб дарвозасига 10та тўп киритди, Ғаниев эса...  2 22:28Александр Хомяков: "Вақт тиғизлиги туфайли U-21 жамоаси ўйинларига боролмаяпман"  23 22:25Максим Шацких: "Бутун стадион сизга қарши мухлислик қилса ҳам, профессионал сифатида ўз ўйинингизни ўйнашингиз керак"  19 22:01Флик "Барселона"га "Бавария" ўйинчисини олиб келмоқчи  7 21:30ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида ғалабага эришди, Йўлдошев гол урди!  0

Evro-2020. Daniya 4 ta gol urilgan o'yinda Beyl boshchiligidagi Uelsni musobaqadan chiqarib yubordi Yangiliklar

Evro-2020. Daniya 4 ta gol urilgan o'yinda Beyl boshchiligidagi Uelsni musobaqadan chiqarib yubordi

Teglar :  UelsDaniyaEvro-2020
Musobaqa 1/8 finalidan o'rin olgan ilk bahs yakunlandi.

Uels – Daniya 0:4 

26 iyun, 19.00, «Yoxan Kroyff Arena»

Gollar:

0:1 – 27 Dolberg, 0:2 – 48 Dolberg, 0:3 – 88 Mele, 0:4 – 90 Breytueyt.

Uels – Uord, Rodon, Devis, Mifem, Roberts (Uilyams, 41), Morrell (Uilson, 60), Allen, Djeyms (Bruks, 78), Remzi, Beyl, Mur (Roberts, 78).

Daniya – SHmeyxel, Larsen (Boylesen, 77), Ker (Andersen, 77), Kristensen, Mele, Dileyni (Yensen, 60), Xeyberg, Damsgor (Nergor, 60), Vestergor, Dolberg (Kornelius, 70), Breytueyt.

Ogohlantirishlar:

Rodon (26), Mur (40), Bruks (80), Beyl (90).

CHetlatish:

Uilson (90).

Wales

EURO Final Stage . 1/8-tur

26/06/2021, 21:00

4
:
0
Tugadi

Denmark

Kasper Dolberg - 27', Kasper Dolberg - 48', Joakim Maehle - 88', Martin Braithwaite - 90'

Stadion: Johan Cruijff ArenA, 14645 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
26'  Joe Rodon
40'  Kieffer Moore
40'  Connor Roberts (Neco Williams)
59'  Joe Morrell (Harry Wilson)
78'  Kieffer Moore (Tyler Roberts)
78'  Daniel James (David Brooks)
80'  David Brooks
90'  Harry Wilson
90'  Gareth Bale
27'  Kasper Dolberg
27'  Mikkel Damsgaard
48'  Kasper Dolberg
60'  Thomas Delaney (Mathias Jensen)
60'  Mikkel Damsgaard (Christian Noergaard)
69'  Kasper Dolberg (Andreas Cornelius)
77'  Jens Stryger Larsen (Nicolai Boilesen)
77'  Simon Kjaer (Joachim Andersen)
88'  Joakim Maehle
88'  Mathias Jensen
90'  Martin Braithwaite
90'  Andreas Cornelius

SAHIFANI YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Daniya keyingi bosqichda! Xayr, Garet. Xayr, Uels!

Gol Hisobga olindi - 4:0!

Yo'q, ofsayd. VAR tizimi ishga tushdi. "Barselona" o'yinchisida o'yindan tashqari holat bormidi?

90+4. Goooool! Nihoyat, Martin Breytueyt ham raqib darvozasini ishog'ol qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xarri Uilsonga qizil kartochka. U asabiylashib, o'zidan o'tib ketgan raqibning oyog'iga tepgan edi. "Alam qilsa, burningni tishla", deydigan kimdir yo'qmi maydonda?

88. Gol! Mele Uels jarima maydoni ichida istagan ishini qildi va o'yinga nuqtani qo'ydi - 3:0.

84. Beylning asablari chidamayapti. U o'zidan o'tib ketayotgan Melenni qo'pollik bilan to'xtatdi.

81. Martin Breytueytning zarbasiga aniqlik etishmadi.

80. Jarima maydoni ichiga kirib borayotgan Karnelius yiqitildi. Daniyada qulay nuqtadan standart vaziyat.

78. Uelsda bir yo'la 2 o'zgarish. Jeyms o'rniga Bruks, Keffir Mur o'rniga Tayler Roberts tushdi.

77. Ker zaxiraga olindi. Yoaxim Anderson maydonga tushdi.

75. Daniya terma jamoasi sardori Simon Kerning mushaklarida muammo paydo bo'ldi.

69. O'zgarish: Kasper almashtirildi, uning o'rniga o'yinni Karnelius davom ettiradi.

68. Daniya jarima maydoni yaqinida Ben Devis va Xyoyberg o'rtasida jiddiy to'qnauv yuzaga keldi.

66. Uxxxxx! Yensenning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

61. Daniyada bir yo'la 2 nafa futbolchi almashtirildi: Yensen Delayni o'rniga, Nergor Damsgor o'rniga.

60. O'zgarishlar: Jozef Morrell o'rniga Uilson maydonga tushdi.

59. Uxxxx! Jeymsning kuchli zarbasini Kristensen to'sib qoldi.

58. Uels so'nggi daqiqalardagi to'p nazoratini qo'lga oldi. Biroq, jamoaga keskin hujumlar etishmayapti.

54. Uelsda qarshi hujum. Remzining uzatmasiga aniqlik etishmadi. 

53. Uilyams yuqoridan uzatmani amalga oshirdi. Beylning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

48. Gooooool! Dolbergdan dubl! Martin Breytueyt jarima maydoni ichiga bostirib kirib, uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar esa to'pni Kasperga tuhfa qilishdi - 2:0.

46. Ikkinchi bo'limni daniyalik futbolchilar boshlab berishdi.

Tanaffus!

1-taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Melening zarbasini Vord bartaraf qildi.

44. Kasper Dolberg Jo Rodon bilan to'qnashuvdan keyin maydonda yotibdi...

41. Ha, K. Roberts almashtirildi. Uning o'rniga "Liverpul"ning 20 yoshli himoyachisi Neko Uilyams tushirildi.

40. Kiffer Mur ogohlantirildi. U Daniya sardori Simon Kerning boshiga tirsagi bilan zarba bergan edi.

38. Konor Roberts maydonga yiqildi. U paylarini cho'zib olgan shekilli. Uels zaxira o'rindig'idagilar faollashib qolishdi.

36. Andres Kristensen havodagi kurashda Uels darvozaboniga nisbatan qoida buzdi.

35. Dolberg yana jarima maydoni ichida raqiblariga muammo tug'diryapti. Bu gal burchak zarbasi ishladi.

32. Damsgor Dolbergni to'p bilan taminladi. Biroq, markaziy hujumchi vaziyatni yakunlay bilmadi.

30. Xyoybergning jarima maydoni ichiga oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

27. Goooooool! Kasper Dolberg jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 0:1.

26. Maydon markazida Daniyaning hujumini to'xtatib qolgan Jo Rodon ogohlantirildi.

18. D. Jeymsning zarbasi Kasper SHmeyxelga qiyinchilik tug'dirmadi.

15. "Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirgandi. Uni Ben Devis to'xtatib qoldi.

11. Beyl yana uzoqdan o'z omadini sinadi. Zarba kuchli, ammo noaniq.

9. Uxxx! Garet Beylning uzoq masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

4. Delaynining Aaron Remziga nisbatan ishlatgan qo'polligidan keyin Uels standart vaziyatga ega bo'ldi. 

1. Uchrashuv start oldi!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика