So’nggi yangiliklar

22:56Чемпионшипга равона бўлган жамоа устози "Бавария" бош мураббийига айланиши мумкин  1 22:43Тухель "Бавария"дан кетгани учун яхшигина товон пули олади  0 22:32Россиялик ҳакам "Сурхон" - "Насаф" ўйинидаги вазият ҳақида: "Бош ҳакам мақтовга лойиқ"  7 22:15БАА. Амонов ва Абдуллаев жамоаси "Ал Шаржа"га мағлуб бўлди  0 21:30"Ливерпуль" янги бош мураббий номини эълон қилди  7 21:05Суперлига. 105 дақиқа давом этган ўйинда "Насаф" "Сурхон"ни кичик ҳисобда таслим қилди  86 21:00Суперлига. "Динамо" Жиззахда "Пахтакор" билан муроса кўчасини танлади  74 20:52"Пари НН" - ЦСКА. Таркиблар эълон қилинди  5 19:58Ўзбекистонда ўтадиган ФИФА Футзал Жаҳон чемпионати-2024 мусобақасининг расмий логотипи эълон қилинди  1 19:53Аргентина терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  3 19:49"Марсел"нинг 3 нафар футболчиси ўққа тутилди  0 19:20Хорватия терма жамоаси Евро-2024 учун таркибини тақдим этди  3 18:54"Ливерпуль" "Байер" ҳимоячиси учун курашда пешқадамлик қилмоқда  0 18:26МЮ, "Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" Брантуэйтга қизиқмоқда  0 17:49ОКМК "Сўғдиёна"ни мағуб этган голларга бой ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Evro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida SHveycariyani engdi va yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

Evro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida SHveycariyani engdi va yarim finalga yo'l oldi

Teglar :  IspaniyaEvro-2020
Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tdi.

SHveycariya – Ispaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 1:3)
Gollar
: 0:1 – 8, avtogol Zakariya, 1:1 – 68 SHakiri.

SHveycariya – Zommer, Rodriges, Akandji, Elvedi, Vidmer (Mbabu, 100), Zakariya (SHer, 100), Froyler, Cuber (Fassnaxt, 90), SHakiri (Sou, 81), Seferovich (Gavranovich, 82), Embolo (Vargas, 23).

Ispaniya – Unai Simon, Pau Torres (Tiago Alkantara, 113), Aspilikueta, Laport, Alba, Sarabiya (Olmo, 46), Buskets, Pedri (Rodri, 119), Koke (Lorente, 90), Ferran Torres (Oyarsabal, 90), Morata (Jerar Moreno, 54).

Ogohlantirishlar: Vidmer (67), Laport (90), Gavranovich (120).

CHetlatish: Froyler (77).


Switzerland

Xherdan Shaqiri - 68', Mario Gavranovic - 121'

EURO Final Stage . 1/4-tur

02/07/2021, 21:00

4
:
2
Tugadi

Spain

Denis Zakaria - 8', Dani Olmo - 121', Gerard Moreno - 121', Mikel Oyarzabal - 121'

Stadion: Saint Petersburg Stadium, 24764 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
120'
23'  Breel Embolo (Ruben Vargas)
67'  Silvan Widmer
68'  Xherdan Shaqiri
68'  Remo Freuler
77'  Remo Freuler
81'  Xherdan Shaqiri (Djibril Sow)
81'  Haris Seferovic (Mario Gavranovic)
90'  Steven Zuber (Christian Fassnacht)
100'  Silvan Widmer (Kevin Mbabu)
100'  Denis Zakaria (Fabian Schaer)
120'  Mario Gavranovic
8'  Denis Zakaria
46'  Pablo Sarabia (Dani Olmo)
54'  Alvaro Morata (Gerard Moreno)
90'  Koke (Marcos Llorente)
90'  Aymeric Laporte
91'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
113'  Pau Torres (Thiago Alcantara)
119'  Pedri (Rodri)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


SHunday qilib, daxshatli uchrashuv yakuniga etdi va ikki ajoyib jamoa to'qnashuvida ispanlar g'olib bo'ldi.  

To'qqizinchi zarba, to'p oldida Oyarsabal... Agar Mikel gol ursa barchasi tugaydi. GOOOOOOOOOL! Ispaniya EVRO yarim finalida!

Sakkizinchi zarba, to'p oldida Vargas... Buni otini tajribasizlik deyiladi... SHveycariya vakili to'pni darvoza ustidan oshirib, o'tkazib yubordi.  

Ettinchi zarba, to'p oldida Xerard Moreno... Ishonchli zarba, darvozabonga umuman imkon qoldirilmadi va GOL! Ispaniya oldinga chiqib oldi.    

Oltinchi zarba, to'p oldida Akanji... Himoyachining zarbasi va yana gol emas. Unai Simon ikkinchi penaltini qaytarmoqda.   

Beshinchi zarba, to'p oldida Rodri... O'zi penalti tepish uchun maydonga tushgan futbolchi gol ura olmadi. Uning zarbasi ochiqchasiga qovushmadi.  

To'rtinchi zarba, to'p oldida Fabian SHer... Unai Simondan SEYV va barchasi yana boshidan boshlanmoqda.  

Uchinchi zarba, to'p oldida Olmo... Danidan super zarba va GOL!

Ikkinchi zarba, to'p oldida Gavranovich... Ishonchli zarba va GOL!

Birinchi zarba, to'p oldida Buskets... YO'Q! Posbonni aldagan Serxio darvoza ustunini poyladi... Ana bo'lmasam...

Musobaqadagi birinchi ekstra-taymlar ham menga nasib qilgandi, endi EVROdagi birinchi penaltilar seriyasi... Hayajonli daqiqalar...

Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 120 daqiqadan harakat qilgan jamoalar jangida kim g'olib bo'ladi? Savol hamon ochiqligicha qolmoqda. 

120+2-daqiqa. Oxirgi urinishda zarba ham noaniq chiqdi va Oliver hushtak chalib, jamoalar g'olib nomini o'n bir metrlik zarbalar seriyasida aniqlashlarini malum qildi.   

120+1-daqiqa. Ogohlantirish! Gavranovich sariq kartochka ishlab oldi va ehtimoliy keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. 

120-daqiqa. Ekstra-taymning asosiy vaqtiga ham 1 daqiqa qo'shib berildi.  

119-daqiqa. O'zgarish! Pedri o'rniga Rodri maydonga tushdi. Katta ehtimol bilan tayanch yarim himoyachisi penaltilar seriyasi uchun o'yinga tashlandi.

118-daqiqa. Xerard Moreno qulay vaziyatga chiqa oldi, ammo zarbasi o'ta kuchsiz chiqdi.   

116-daqiqa. Ketma-ket vaziyatlar, lekin yo darvozabon, yoki himoyachilar to'p darvozaga borib tushishiga imkon berishmayapti. SHveycariya termasi azolariga qoyil qolmay iloj yo'q. 

114-daqiqa. Ayni daqiqaga kelib, ispanlar 23 marotaba raqib darvozasi tomonga zarba yo'llashibdi. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich esa 29 - 71 % tabiiyki ispanlar foydasiga.

113-daqiqa. O'zgarish! Pau Torres o'rniga Tyago Alkantara maydonga tushirildi.   

112-daqiqa. Yana Olmo va u yana jarima maydoni markazidan zarba yo'lladi, ammo himoyachiga tekkan to'p, maydonni tark etdi.  

111-daqiqa. Jarima maydoni markazidan Dani Olmo zarba berdi, urinish kuchsiz bo'lsada, xavfli bo'lishi mumkin edi, biroq Zommer yana joy tanlashda ajoyib o'yin ko'rsatdi. 

110-daqiqa. Markos Lorenteda imkoniyat bo'lishi mumkin edi, lekin "Atletiko" vakili o'zi istagandek zarba bera olmadi.  

109-daqiqa. Qanotda Pedrining faolligi oqibatida to'p Ispaniya nazoratiga o'tdi.   

108-daqiqa. Pau Torres zaxiradan maydonga tushgan Kevin Mbabuga imkoniyat qoldirmadi. 

Kichik tanaffusda bugun jamoasiga yordam bera olmayotgan sardor, yarim himoyachi Granit Jaka nutq so'zladi va barchani ruhlantirishga, oxirgacha kurashishga undadi. Ajoyib holat, futbol mana shunday lahzalari bilan ham qadrlidir.

106-daqiqa. Oyarsabalning navbatdagi zarbasi va Zommer bu safar ham ishonchli harakat qildi.  

SHveycariya butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda va hozircha buni yaxshi uddalamoqda.  

105-daqiqa. Birinchi qo'shimcha bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

105-daqiqa. SHveycariyaning hujumga o'tishga bo'lgan urinishi omadsiz chiqdi. Mbabu ortga qaytmoqda. 

104-daqiqa. Burchakdan uzatma, to'p uchun kurashda darvozabon va Xerard Moreno to'qnashib ketishdi, o'yin to'xtatildi. 



103-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mikel Oyarsabalning ajoyib zarbasidan keyin Zommerdan navbatdagi seyv.  

101-daqiqa. Xavfli vaziyat! Moreno juda yaqin masofadan zarba berdi, ammo Yan Zommer bu safar ham jamoadoshlari joniga oro kirdi. 

100-daqiqa. O'zgarishlar! Silvan Vidmer va Denis Zakariya uchun o'yin yakunlandi. Kevin Mbabu va Fabian SHer maydonga tushirildi. 

100-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Xerard Morenoning zarbasi qovushmadi, aks holda biz uchinchi golni ko'rishimiz mumkin edi. 

99-daqiqa. Ispanlardan tiki-taka va Lorentening zarbasini himoyachi qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Uzatmadan keyin raqib jarima maydonchasi ichida Pau Torres zarba berishga imkon topa olmadi. 

98-daqiqa. To'pga eta olmagan Silvan Vidmer Olmoning oyog'iga zarba berib yubordi.  

97-daqiqa. Xavfli vaziyat! Dani Olmoning zarbasidan keyin yana rikoshet va to'p darvozaga borib tushishiga sal qoldi. Yana rikoshetdan keyin avtogol bo'lsa, Petkovich shogirdlariga juda ham alam qilishi turgan gap edi.   

Burchak zarbasidan keyin Markos Lorente niyatiga eta olmadi. 

96-daqiqa. Xordi Albaning kuchli zarbasini Zommer ancha xotirjam qaytarib yubordi.  

95-daqiqa. To'pni olib qo'yishni uddalagan SHveycariya termasi azolari qarshi hujumga o'tishiga uzatmadagi xato yo'l qo'ymadi.    

93-daqiqa. Vaaauuv! Xordi Albaning uzatmasidan keyin Xerard Morenoga bu safar endi Akanji ham halaqit qila olmasdi, ammo hujumchi mo'ljalda adashdi.   

92-daqiqa. Luis Enrike shogirdlari raqib darvozasiga o'ng qanotdan yo'l izlashmoqda va har safar Akanji xavfni bartaraf etmoqda. 

Har ikki jamoada gol urish uchun 30 daqiqa vaqt bor.

91-daqiqa. Gavranovich o'yinni boshlab berdi.  

Yan Zommer jamoadoshlarini ruhlantirishga urinmoqda. 

O'zgarish! Qo'shimcha bo'limlar oldidan Ispaniya tarkibida Ferran Torres o'rniga Mikel Oyarsabal o'yinga qo'shildi. 

Biroz tanaffus va ekstra-taymlar guvohiga aylanamiz.

90+4-daqiqa. Markos Lorente o'yinning asosiy vaqtidagi oxirgi vaziyatda raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi va shu pallada Maykl Oliverning asosiy vaqt durang bilan yakunlanganini bildiruvchi hushtagi chalindi.   

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Emerik Lyaport qo'pol harakati uchun ogohlantirildi. 

90+2-daqiqa. O'zgarish! SHveycariya ustozi ham o'yinchi alishtirishga qaror qildi. Stiven Cuber o'rniga Kristian Fassnaxt o'yinga qo'shildi.   

90+1-daqiqa. O'zgarish! Maydonga Koke o'rniga Markos Lorente tushirildi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa.Rodriges chuqur nafas olib, to'p bilan ancha oldinga harakatlandi, keyin qarama-qarshi qanotga uzatmani amalga oshirdi, ammo sherigi to'pni to'xtata olmadi.

88-daqiqa. SHveycariyaning xavfli hujumini Xordi Alba faollik ko'rsatib, qaytarib qoldi, keyin bo'yniga Gavranovichdan tirsak bilan berilgan zarbani qabul qilib olishga majbur bo'ldi.  

86-daqiqa. O'yin kartinasini tasavvur qilish uchun hozir Emerik Lyaport darvozadan taxminan 30 metrlar masofadan bemalol zarba berayotganini bilish etarlidek.   

84-daqiqa. Navbatdagi hujum, navbatdagi zarba, uning muallifi Xerard Moreno, lekin to'p to'g'ri Yan Zommer turgan nuqtaga uchib bordi.  

83-daqiqa. Ferran Torres to'p uchun kurashda Silvan Vidmerga nisbatan qo'pol o'ynadi.   

Ispaniya endi bosimni yanada kuchaytirishi va barchasini asosiy vaqtda hal qilishga urinishi turgan gap. 

82-daqiqa. O'zgarishlar! Xaris Seferovich va Jerdan SHakiri o'rnini Mario Gavranovich va Jibril Souga bo'shatib berishdi. 

80-daqiqa. SHveycariya o'ng qanotdan oldinga o'tishga va imkon qadar to'pni ko'proq vaqt davomida o'z darvozasidan uzoqroqda ushlab turishga harakat qilmoqda. 

77-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Markazda Morenoga nisbatan keskin "podkati" uchun Remo Froylerga qizil rangdagi kartochka ko'rsatildi.   

76-daqiqa. Pedrining uzatmasidan keyin Dani Olmo jarima maydoniga yorib kirdi, lekin faqatgina burchak zarbasi. 

74-daqiqa. Dani Olmo jarima maydoniga kiraverishda raqibini alday olmadi. 

72-daqiqa. Ispanlar biroz karaxt holatga tushib qolgandek... Raqib kamroq to'p bilan muomalada bo'layotganiga qaramay, ikkinchi bo'limda ayniqsa tikka darvoza tomonga harakat qilishga urinmoqda.    

Buyog'i yanada qiziqarli bo'lishi aniq. Uchrashuv yakunlanishiga 20 daqiqacha vaqt qolmoqda. Buyog'iga yo'l qo'yilgan xato jamoani uyiga ravona bo'lishiga sabab bo'lishi hech gap emas.

70-daqiqa. Goldan ruhlangan SHveycariya yana xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi, ammo SHakirining uzatmasidan keyin Unai Simon to'pga chiqib kelib, uni uzoqroqqa tepib yubordi. 



68-daqiqa. GOOOOOOOOOL! SHakiri hisobni tenglashtirmoqda! Himoyachilardan yana bir sovg'a va tajribali yarim himoyachi raqiblarini kechirmadi. 

67-daqiqa. Ogohlantirish! Silvan Vidmar maydon markazida juda keskin o'ynagani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

64-daqiqa. Unai Simon darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.   

63-daqiqa. Ispaniya burchak zarbasini amalga oshirdi. 

59-daqiqa. Ferran Torres standart vaziyatdan keyin jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, zarba berishni uddaladi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

56-daqiqa. Uxxx! Zakariyaning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Bu holatda Unai Simon ham jamoasiga yordam bera olmasdi.  

55-daqiqa. Emerik Lyaport sakragan holatda, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

54-daqiqa. O'zgarish! Alvaro Morata o'rniga Xerard Moreno maydonga tushirildi. 

50-daqiqa. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Dani Olmo qanotda himoyachini chalg'itdi va uzatmani amalga oshirdi, ammo Kokening bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

49-daqiqa. Himoyachilar to'pni Moratadan olib qo'yishdi va qarshi hujumni boshlashayotganida Sesar Aspilikueta Stiven Cuberga nisbatan qoidani buzdi. Hakam Maykl Oliver bu harakat sariq kartochkaga loyiq emas deb topdi.  

48-daqiqa. Burchak zarbasi. SHveycariya o'yindagi 8-burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo bu safar ham samara chiqara olmadi.  

Vaziyat yakuniga etgach, hakam o'yindan tashqari holatni ham qayd etdi.  

47-daqiqa. Tezkor hujum Morataning uzatmasi va aynan Dani Olmo zarba yo'lladi, Zommer o'rnida.   

O'zgarish! Ispaniya tarkibida o'zgarish bo'lganini qayd etish lozim. Dani Olmo o'yinga qo'shildi, u Pablo Sarabiyani alishtirdi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi. Uni Seferovich boshlab berdi. 

Hozircha bo'lim davomida sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Ispaniya haqli ravishda hisobda oldinda bormoqda.   

45+1-daqiqa. Akanji raqibning navbatdagi hujumini to'xtatib qoldi va Maykl Oliverning bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi yangradi.   

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. SHveycariya himoyadan chiqishga qiynalmoqda, Ispaniya pressingni ishga soldi.  

42-daqiqa. Ispanlar to'pni o'zlarida ushlab turishibdi. Buni Luis Enrike shogirdlari qoyillatishlari hech kimga sir emas. 

40-daqiqa. Unai Simonning darvozasi oldida vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo avval Pau Torres xavfni bartaraf etdi, keyin hakam Cuber o'yindan tashqari holatda bo'lganini ham qayd etdi. 

Lekin qayd etish lozim, SHveycariya yana zarba berishga imkon topdi. 

Uzatilgan to'pga Vidmer zarba berdi, ammo uning urinishi qovushmadi. 

38-daqiqa. SHveycariyaning tezkor hujumi Alba sabab burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

35-daqiqa. SHakirining faolligi va yana burchak zarbasi. Uzatmadan keyin ish yakuniy zarbagacha etib bormadi. 

34-daqiqa. SHveycariyaning javobi. Burchak zarbasidan keyin Manuel Akanji bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq.

33-daqiqa. Torres bir nechta raqibga qarshi bordi va to'pni oldinga o'tkazishni ham uddaladi hamda raqiblaridan biriga urilib, maydonga quladi... Hakam jim. 

30-daqiqa. SHveycariya yana chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo bu safar Koke bu nuqtada paydo bo'lib, xavfni bartaraf etdi.   

28-daqiqa. Har ehtimolga qarshi Dani Olmo chigalyozdi mashqlarini amalga oshirmoqda.

27-daqiqa. O'yinda pauza yuzaga keldi.

Sesar Aspilikueta bosh bilan yaxshi zarba yo'lladi, lekin darvozabon Zommer o'z o'rnida. 

25-daqiqa. Ferran Torresning uzatmasidan keyin Niko Elvedi to'p Morataga etib bormasligini taminladi.  

24-daqiqa. Ispaniya to'pni nazorat qilmoqda. 

23-daqiqa. O'zgarish! Brel Embolo jarohati sabab o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga o'yinga Ruben Vargas qo'shildi. 

21-daqiqa. Yon chiziq oldida goh u jamoa, goh bunisi to'pni oldirib qo'yaverdi va sal qolsa Seferovich birga-bir vaziyatga chiqib ketardi, ammo hujumchi to'pga eta olmadi. Qo'shimchasiga bosh hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

19-daqiqa. Himoyachilar va Unai Simon o'z repertuarida... Ispaniya muxlislari baxtiga vaziyat bor yo'g'i burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

Kokening zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

17-daqiqa. Denis Zakariya hujumchi Morataga nisbatan qo'pol harakat qildi. Standart vaziyat. 

15-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pga Emerik Lyaport eta olmadi. 

14-daqiqa. Pablo Sarabiya chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi, himoyachi qaytargan to'p maydonni tark etdi.  

11-daqiqa. Nominal mezbonlar hujumga o'tishga, o'yin borishini o'zgartirishga urinishmodqa. 

Kutilganidek, taxmin qilinganidek, Ispaniya o'yinni faolroq boshladi va hisobni ochdi. 

8-daqiqa. GOOOOOOL! To'g'rirog'i yana avtogol. Albaning zarbasidan keyin to'p himoyalanayotganlardan biriga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'riga borib tushdi. 

5-daqiqa. SHveycariyaning hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, lekin ispanlar himoyachilari bunga yo'l qo'ymadi. 

3-daqiqa. Ispaniya raqib himoyasiga bosim uyushtirmoqda.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


SHveycariya — Ispaniya

2 iyul, 21.00, «Gazprom Arena» 

SHveycariya: Zommer, Elvedi, Akandji, Rodriges, Vidmer, Froyler, Zakariya, Cuber, SHakiri, Embolo, Seferovich.

Ispaniya: Simon, Aspilikueta, Lyaport, P. Torres, Alba, Buskets, Koke, Pedri, Sarabiya, Morata, F. Torres.

Switzerland

Xherdan Shaqiri - 68', Mario Gavranovic - 121'

EURO Final Stage . 1/4-tur

02/07/2021, 21:00

4
:
2
Tugadi

Spain

Denis Zakaria - 8', Dani Olmo - 121', Gerard Moreno - 121', Mikel Oyarzabal - 121'

Stadion: Saint Petersburg Stadium, 24764 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
120'
23'  Breel Embolo (Ruben Vargas)
67'  Silvan Widmer
68'  Xherdan Shaqiri
68'  Remo Freuler
77'  Remo Freuler
81'  Xherdan Shaqiri (Djibril Sow)
81'  Haris Seferovic (Mario Gavranovic)
90'  Steven Zuber (Christian Fassnacht)
100'  Silvan Widmer (Kevin Mbabu)
100'  Denis Zakaria (Fabian Schaer)
120'  Mario Gavranovic
8'  Denis Zakaria
46'  Pablo Sarabia (Dani Olmo)
54'  Alvaro Morata (Gerard Moreno)
90'  Koke (Marcos Llorente)
90'  Aymeric Laporte
91'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
113'  Pau Torres (Thiago Alcantara)
119'  Pedri (Rodri)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика