So’nggi yangiliklar

16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 16:15Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  1 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7

Evgeniy CHumak: "SHipilov erkakcha ish qildi. Abramovning talablari boshqacha. Futbolchilar ko'rsatmani bajara olmasa, murabbiyda nima ayb?" Yangiliklar

Evgeniy CHumak: "SHipilov erkakcha ish qildi. Abramovning talablari boshqacha. Futbolchilar ko'rsatmani bajara olmasa, murabbiyda nima ayb?"

Joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan "Dinamo" jamoasida uchinchi bor murabbiy o'zgardi.

Dastlab mavsumni Predrag Rogan murabbiyligida boshlagan samarqandliklar bir qator o'yinlarda qoniqarsiz natijalar qayd etdi. Yakunda serbiyalik murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi.  Uning o'rniga tayinlangan Andrey SHipilov ham uzoqqa borgani yo'q. Xo'sh, mag'lubiyatlarda murabbiylar qo'nimsizligiga bog'liqmi? Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda bo'lgan jamoa yarim himoyachisi Evgeniy CHumak batafsil izoh berdi. 


- Evgeniy ayni paytda jamoaning kayfiyati qanday? Oldindagi uchrashuvlarga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Jamoaning kayfiyatini juda zo'r, deb bo'lmaydi. Turnir jadvalining oxirgi o'rinida ketmoqdamiz.  Lekin imkoniyatimiz bor ekan oxirigacha kurashamiz. Vaziyatni to'g'rilash uchun bor kuchni sarf qilamiz. 

- "Dinamo" "Paxtakor" bilan ko'rsatgan o'yinining "Nasaf" bilan kechgan bahsda yarimini ham ko'rsata olgani yo'q. Toshkentdagi bellashuvda futbolchilar taktik tomondan to'g'ri harakat qilgandi. Xo'sh, nima bo'ldi?

- Siz mutlaqo haqsiz. "Paxtakor" bilan bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni namoyish qildik. O'yin suratini olib qarasangiz ham raqibdan qolishganimiz yo'q. Jarima maydonchamizga qamalib olish yoki vaqt cho'zmadik. "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda 2ta juda qo'pol xato qimmatga tushdi. Birinchi bo'limning o'zidayoq o'yinimizni yo'qotib qo'ydik, deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limga katta xohish bilan chiqdik. Afsuski, uchinchi gol o'yinga nuqta qo'ydi. Mazkur uchrashuvda Yovanovich, Baydullaev, Bikmaevning  yo'qligi bilindi. Bu katta va sezilarli yo'qotish. Bu futbolchilar maydonda bo'lgan avvalgi turda qanday o'yin ko'rsatganimizni solishtirib ko'ring. 

- Bu mag'lubiyatdan so'ng Andrey SHipilov istefoga chiqdi...

- Andrey Sergeevich joyini ushlab o'tirmadi va erkaklarga hos qaror qabul qildi. Omadsizliklarda murabbiylar shtabi yoki rahbariyatni aybdor sifatida ko'rsatish xato. Hammasi o'zimizga bog'liq. Futbolchilar maydonga chiqib murabbiyning ko'rsatmalarini bajarmasa ayb yana murabbiyda bo'lishi kerakmi?  Yana qaytaraman o'zimizga bog'liq. 

- Klubda moliyaviy jihatdan muammolar kuzatilayotgani yo'qmi? 

- Bu taraflama umuman muammo yo'q. Klub homiylariga minnatdorchilik bildiraman. Yuqorida ham aytdim muammo o'zimizda. Biz o'zimizga ishonishimiz va hech qanday raqibdan qo'rqmasligimiz zarur. Maydonga chiqib yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak. Boshqa yo'limiz qolmagan. 

- Vadim Abramov siz uchun begona emas. O'z vaqtida "Bunyodkor"da uning qo'l ostida bir davra to'p tepgansiz. Boshqalarga qaraganda sizda uni tushunish osonroq bo'ladi...

- To'g'ri aytdingiz. Vadim Abramovning mashg'ulotlardagi talablari, futbolga munosabati umuman boshqacha. Qisqa vaqt ichida murabbiyning ko'rsatmalarini o'zlashtirishimiz talab qilinadi. SHundagina biz hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkin. Barchasi o'z qo'limizda. Hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика