So’nggi yangiliklar

02:28Жамшид Саидов: "Менда ҳам "Олимпик"га қарши ўйин борасида ҳакамларга саволларим бор, аммо уларни таҳлил қилиш — менинг ишим эмас"   3 02:16Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди!  1 02:07Ла Лига. "Реал" Крооснинг "Бернабеу"даги хайрлашув учрашувида "Бетис" билан дуранг ўйнади  5 01:55"Байер" Германия кубоги финалида "Кайзерслаутерн"ни мағлубиятга учратиб, яна бир совринни ўзиники қилди!  0 00:58"Барселона" пул билан муаммолар сабаб Фликдан камроқ маошга рози бўлишни сўради  3 00:04Максим Шацких: "Бош ҳомийимиз ўз ҳисобидан ҳакамларга техника ва камера олиб бериш истагини билдирди, аммо таклиф рад этилди"  24 23:16"Ал Айн" — ОЧЛ ғолиби!  30 23:05Рўзиқул Бердиев: "Бугун биз кўп куч йўқотдик"  17 23:03Вадим Абрамов: "Насаф" яхши жамоа, аммо биз бу ўйинни очко йўқотдик деб ҳисоблаймиз"  15 22:57Туркия Суперлигаси. Турғунбоев ва Шукуров жамоалари ўртасидаги ўзаро баҳсда учта тўп киритилди  0 22:36"Ювентус" ҳимоячиси мавсум сўнггида клубдан кетади  1 21:58Бугун афсона охирги ўйинини ўтказади...  11 21:28Коутиньо "Ал Дуҳайл"дан кетди, у фаолиятини қаерда давом эттиради?  4 21:01Суперлига. Камчиликда қолиб кетган ва кўплаб вазиятларни кўкка совурган "Пахтакор" "Қизилқум" билан дуранг қайд этди  42 21:00Суперлига. 10 киши бўлиб қолган "Насаф" ўз уйида "Динамо" билан дуранг ўйнади  75

"Eldor SHomurodovning "Roma"dagi o'yinlarini kuzatib kelaman" - "Beyjing Goan" bosh murabbiyi Zoran Yankovich bilan eksklyuziv intervyu Yangiliklar

"Eldor SHomurodovning "Roma"dagi o'yinlarini kuzatib kelaman" - "Beyjing Goan" bosh murabbiyi Zoran Yankovich bilan eksklyuziv intervyu

Kecha saytimiz orqali Xitoyning "Beyjing Goan" klubi Toshkentda o'tgan OCHL bahslaridan so'ng poytaxtda malum vaqt qolgani va ayni paytdagi holat haqida malumot bergan edik.

Musobaqaga yoshlar jamoasi bilan kelgan pekin jamoasi 2 oyga yaqin vaqt davomida poytaxtdagi mehmonxonada istiqomat qilishdi. Ular pandemiya va Xitoydagi cheklovlar sabab qaytib keta olishmadi. Kecha malum qilganimizdek biz jamoa bosh murabbiyi Zoran Yankovich bilan bog'lanib suhbat tashkil qilishga qaror qildik. Tabiiyki mutaxassisda qandaydir taassurotlar qolgan. 

OCHLdan so'ng Toshkentda qolib ketgan "Beyjing Goan"ning taqdiri nima bo'ldi?

- Salom janob Zoran Yankovich. "Beyjing Goan" karatin sababli 2 oyga yaqin Toshkentda qolib ketgani haqida xabarimiz bor. Kechagi suhbatimizda hozir 9 kishi qolganini, o'zingiz esa ikki oydan beri Pekinda ekanligingizni takidladingiz. Keling dastlab mana shu vaziyatga batafsil izoh berib o'tsangiz...

Toshkentda tashkillashtirilgan va markazlashgan tartibda o'tgan OCHL bahslarida ishtirok etdik. Bu yoshlarimiz uchun juda katta tajriba bo'ldi. Ayrim futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Albatta musobaqadan keyin Xitoyga qaytishimiz uchun muammolar yuzaga keldi. Barchasi koronavirus bilan bog'liq.  Xitoyda uyga qaytadiganlar uchun tartib juda kuchli. Hozir ham qayta olmayotgan odamlar bor. 

- Toshkentdagi tashkilotchilik borasida sizni qoniqtirgan yoki qoniqtirmagan jihatlar bo'ldimi? Poytaxt borasidagi taassurotlaringiz qanday? Sizga nima ko'proq yoqdi?

Tashkilotchilik yaxshi bo'ldi, deya olaman. Barcha odamlar erkin kirib-chiqib yuradigan mehmonxonada istiqomat qildik. OCHLda ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirgan Filippin klubi bilan birga yashadik.Toshkent ajoyib shahar. Yashil istirohat bog'lari va ulardagi zilol suvlarni ko'rib ochig'i xayratlandim. 

- "Beyjing Goan" jamoasining kuni faqat mehmonxonada o'tdimi? Mashg'ulotlar o'tkazish, sayr qilishga imkoniyat yuzaga keldimi?

Ha, infekciya ko'p yuqtirib olmaslik uchun jamoamiz faqat mehmonxonada qoldi. Mashg'ulotlar o'tkazmadik. 

- Ikki oyga yaqin vaqt yashagan bo'lsangiz demak O'zbekiston chempionati o'yinlarini kuzatishga ulgurgansiz...

Ha, do'stim Dragan CHeranning taklifiga ko'ra "Paxtakor"ning bitta o'yinini tomosha qildim. 

- O'zbekistonlik futbolchilar haqida nimalarni bilasiz? Bu boradagi fikringizni bildira olasizmi?

Men o'zbekistonlik futbolchilarni allaqachon bilib bo'lganman. Tailand olimpiya terma jamoasida ishlaganimda ular bilan to'qnash kelganmiz. 2018 yil Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida olimpiyachilaringiz bosh sovringa ega chiqqandi. Ayni paytda "Roma"da o'ynayotgan Eldor SHomurodovning o'yinlarini kuzatib kelaman. 

- Pandemiya tasirida Xitoyda ko'pgina futbol klublari moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Aksariyat jamoalar faoliyati yakunlandi. Ayni paytdagi holat haqida...

Ha, hozirda Xitoyda muammolar juda ko'p. Pandemiya zararini etkazmay qolmadi. Ko'p klublarda homiylari yo'q. SHu bois jamoalar o'ynashni to'xtatmoqda. 

- Ijtimoyi tarmoqlarda Toshkentda Ivan Boshkovich bilan uchrashganingizni ko'rdim. "Nasaf" sobiq futbolchisi bilan qanday aloqalaringiz bor?

- Ivan Boshkovich bilan Tailandda tanishganmiz. U meni do'stim hisoblanadi. Bir-birimizni yaxshi taniymiz. 


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика