So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  1 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  0 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Eldor SHomurodov bitta o'yin uchun qancha mukofot puli oladi? Yangiliklar

Eldor SHomurodov bitta o'yin uchun qancha mukofot puli oladi?

Rossiyaning "Biznes Onlayn" nashri Rossiya Premer-ligasida to'p tepadigan futbolchilarning mukofot puli haqida malumot elon qildi.

Unga ko'ra, g'alaba uchun eng ko'p mukofot puli beradigan klub - "Zenit" ekan. Sankt-Peterburg klubi futbolchilari har bir g'alaba uchun 9 ming evro (92 664 000 so'm) to'laydi. Qaydnomaga kiritilib, ammo maydonga tushmagan futbolchi esa 4,5 ming evro (46 332 000 so'm) ishlab oladi. Boshqa hech qaysi klub zaxiradagi futbolchiga mukofot puli ajratmaydi. Kuchli va ashaddiy raqiblarga qarshi bahslarda mukofot puli ikki baravar oshirilar ekan.


"Spartak"da esa biroz kamroq to'lashadi. G'alaba uchun 5 ming evro (51 480 000 so'm). Mavsum oxirida klub kuchli uchlikka kirsa, yigitlarni yaxshigina daromad kutib turgan bo'ladi. Masalan, "qizil-oqlar" Rossiya chempioniga aylanishsa, mukofot pulining 20 baravari miqdorida (100 ming evro= 1 029 000 000 so'm) futbolchilar hisobiga pul o'tkazib beriladi. Kumush uchun 75 ming (772 200 000 so'm), bronzaga esa 50 ming evro (514 800 000 so'm) to'lanadi.


Hamyurtimiz to'p tepadigan "Rostov"da g'alaba uchun mukofot puli 500 ming rubl (deyarli 7 ming evro=70 000 000 so'm)ni tashkil qilar ekan. Top klubga qarshi durang uchun futbolchilar hisobiga 250 ming rubl (35 000 000 so'm)dan pul o'tkazib berishadi.


Rossiya Premer-ligasi klublari g'alaba uchun bir futbolchiga to'laydigan mablag' (ming rubl)


Xavi Grasiya davrida "Rubin" futbolchilari juda katta mukofot puli olishgan ekan. Malumotlarga ko'ra, to'lanadigan mablag' uch turga bo'lingan:


- "Oltin" - "Zenit", CSKA, "Spartak", "Lokomotiv", "Krasnodar" yoki "Rostov" ustidan qozonilgan g'alaba uchun har bir futbolchiga 20 ming dollardan to'langan.


- "Kumush" - "Axmat", "Ural", "Amkar" va "Krilya Sovetov" mag'lub etilsa 15 ming dollar, durang uchun 7,5 ming dollar o'yinchilar hisobiga o'tkazib berilgan.


- "Bronza" - "Ufa", "Anji", "Orenburg", "Tom", "Arsenal" taslim etilsa, 10 ming, durang uchun 5 ming dollar to'langan.


"Krasnodar", CSKA va "Dinamo" ham mukofot puli berishadi, faqat mavsum oxirida


RPLda mavsum oxirida qo'lga kiritilgan o'rin uchun pul beradigan klublar soni oshib bormoqda. 

"Krasnodar" CHempionlar ligasida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritsa, har bir futbolchi hisobiga 1,5 mln. rubldan o'tkazib beriladi. Mukofot puli kam deysizmi? "Krasnodar" rahbarlari mukofot pulidan ko'ra, katta maosh to'lashni maqul ko'rishadi.


CSKA faqat kuchli uchlikka kirganda futbolchilarga mukofot puli beradi. Ammo hozircha to'lov borasida muammolar bor: 2015/16 mavsumdagi chempionlik uchun hali ham to'lov bo'lmagan, bazi futbolchilar xatto faoliyatini yakunlashga ulgurishdi.


"Dinamo"ning tizimi o'zgacha. Evrokuboklarning biridan joy olish uchun futbolchilar oladigan yillik maoshning yarmi to'lab beriladi.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика