So’nggi yangiliklar

10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  5 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  2 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  1 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   5 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2

El-Klasiko, Siti – CHelsi va haftaning yana 3 to'qnashuvi Yangiliklar

El-Klasiko, Siti – CHelsi va haftaning yana 3 to'qnashuvi

Ceziy, saxaroza, qo'rg'oshin, alyuminiy va oltinni eritishga qodir haroratdagi besh to'qnashuvni tomosha qilishni tavsiya etadi:


+28,64◦S match: 2 dekabr (juma)

“Napoli” – “Inter”

(Ceziy moddasi eriydi)

O'zaro uchrashuvlar:

43 G'ALABA 35 DURANG 64 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Napoli” – “Inter” 2:1 va 0:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Napoli” – “Inter”

319,38 million evro VS 337,80 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

To'g'risini aytganda, “Inter” qog'ozda risoladagidek jamoa: to'p nazoratida A Seriyaning ikkinchi klubi (56,9 foiz), raqib darvozasiga o'rtacha zarba yo'llashda faqat “Roma”dan ortda qolmoqda (17,8 zarba), aniq uzatmalar bo'yicha esa to'rtinchi bo'lib turibdi (84 foiz). Ko'rsatkichlarni faqat turnir jadvalidagi o'rin buzmoqda. “Oltin o'rtalik”dagi jamoa murabbiylar shtabida allaqachon o'zgarish ro'y berdi. Endilikda mutaxassis Stefano Pioli otlar kechuvda almashmaydi degan fikrni noto'g'ri ekanligini isbotlashi zarur. Turgan gapki, sharti ketib, parti qolayotgandek taassurot uyg'otayotgan Mauricio Sarrining “Napoli”si bunga rozi bo'lmaydi. Ustiga-ustak, neapolliklar yuqoridagi ko'rsatkichlarda “Nerazzurilar”dan ustun. Eng asosiysi, tomonlarning ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Maydon egalari mag'lubiyatga uchrasa, Evrokuboklarga yo'llanma taqdim etuvchi “zona”dan uzoqlashadi. Mabodo bu holat mehmonlarda kuzatilsa, “ekvator”dagi o'rnidan ham ayriladi.

 

+185◦S match: 3 dekabr (shanba)

“Manchester Siti” – “CHelsi”


(Saxaroza moddasi eriydi)

O'zaro uchrashuvlar:

42 G'ALABA 38 DURANG 54 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Manchester Siti” – “CHelsi” 3:0 va 3:0

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Manchester Siti” – “CHelsi”

524,25 million evro VS 522,30 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

SHuni aytish kerakki, so'nggi to'rt matchda “quyosh “SHaharliklar” tomonidan chiqyapti”. Qiziq, mazkur anana Pep Gvardiola tomonidan davom ettiriladimi? To'g'ri, “Siti” joriy mavsumda o'z uyida mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan Premer liganing to'rt jamoasidan biri. Biroq Manchester klubi to'rt o'yinda ochko yo'qotgan bo'lsa, shularning uchtasi aynan o'z uyida sodir bo'lgan. O'z navbatida, bu “CHelsi” foydasiga ishlaydi. Birinchidan, ishtaha ovqat mahal keladi. Ayniqsa, ketma-ket olti bahsda darvoza daxlsizlini saqlab qolayotganda. Boshqacha aytganda, turnir jadvalida o'n beshinchi, o'n birinchi va ettinchi pog'onani egallab turgan jamoalar bajargan ishni karvonboshi ham uddalashi talab etiladi. Ikkinchidan, Kurtuaning tabiri bilan aytganda, “Aristokratlar”ning yangi taktikasiga bas kelish tobora qiyinlashmoqda. Bundan chiqdi, kutilayotgan uchrashuv kutilmagan epizodlarga boy bo'ladi.

 

+327,5◦S match: 7 dekabr (chorshanba)

“Real” Madrid – “Borussiya” Dortmund


(Qo'rg'oshin moddasi eriydi)

O'zaro uchrashuvlar:

4 G'ALABA 4 DURANG 3 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Real” Madrid – “Borussiya” Dortmund 0:2 va 2:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Real” Madrid – “Borussiya” Dortmund

775,80 million evro VS 351,50 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:


Qarama-qarshilik ishtirokchilari o'rtasidagi bellashuvda “Real” turgan tarozi pallasi og'irroq tosh bosyapti. Misol uchun, Zidan shogirdlari Tuxel ustozligidagi jamoadan ikki barobar qimmatroq. Boz ustiga shu kunga qadar “Tukli arilar” Madriddagi beshta bahsda bor yo'g'i uchta to'p kiritgan. Biroq bugungi “Borussiya” boshqa. Dortmundliklar ustozi tegirmon navbati bilan aylanishini isbotlash tarafdori. O'yin “El-klassiko”dan keyin o'tkazilishi mehmonlarga ustunlik taqdim qiladi, deyish mumkin. Bundan tashqari, mazkur match orqali jamoalar guruhdagi vaziyatga uzil-kesil nuqta qo'yadi. “Qirollik klubi” g'alaba qozongan taqdirda guruh etakchisiga aylanadi. Dortmundliklarni durang ham qoniqtiradi. Ammo aslida qanday kuchga egaligini namoyish qilish imkoniyatini qo'ldan chiqarmasa kerak. Natijada, tomoshabinlar qo'rg'oshin moddasini-da eritib yuborishga qodir haroratdagi uchrashuvni guvohi bo'ladi.

+660,1◦S match: 6 dekabr (seshanba)

 “Bavariya” – “Atletiko” Madrid

(Alyuminiy moddasi eriydi)

O'zaro uchrashuvlar:


1 G'ALABA 0 DURANG 2 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Bavariya” – “Atletiko” Madrid 2:1 va 0:1

Imkoniyat
: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Bavariya” – “Atletiko” Madrid

582,25 million evro VS 775,80 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

Tan olaylik, na “Matraschilar”, na “Nemis mashinasi” o'ziga o'xshayapti. Mutaxassis Diego Simeone qo'l ostidagi futbolchilar Primerada oltinchi o'ringa tushib ketdi, “Karlo ota”ning “bolalari” peshqadamlikni “qaerdagi” “Leypcig”ga topshirdi. Qolaversa, CHempionlar ligasi doirasida “Rostov” ham “Bavariya” ustidan muzdek suv quyib yubordi. SHu tariqa, guruh bosqichidagi etakchilik ham qo'ldan ketdi. Dastlabki bellashuv “Atletiko”ning g'alabasi bilan tugagan bo'lsa-da, javob uchrashuvida madridliklar shunchaki himoyada “yotib”, natijaga erishishi qiyin. Myunxenliklar o'z uyida atigi bitta gol o'tkazib yuborgan, bu statistikani “Matraschilar” o'zgartirishga urinib ko'radi. Xullas, futbol ishqibozlariga qizg'in, shu bilan birga kurashlarga boy matchni ko'rishni tavsiya etamiz.

+1063◦S match: 3 dekabr (shanba)

“Barselona” – “Real” Madrid


(Oltin moddasi eriydi)

O'zaro uchrashuvlar:

68 G'ALABA 32 DURANG 72 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Barselona” – “Real” Madrid 4:0 va 1:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Barselona” – “Real” Madrid


764,50 million evro VS 373,50 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

Mavsum starti ideal qaralgan “Barsa”da ham bartaraf etilishi zarur muammolar mavjudligini ko'rsatdi. Eng qizig'i, muxlislari ko'z o'ngida, albatta, mehmon jamoa bilan ochkolarni bo'lishib olyapti. “Real” Madridda esa buning teskarisi. Oltmish foiz ochkoni mehmonda qo'lga kiritgan. “Deserti”ga “Qirollik klubi” La ligada mag'lubiyat ko'chasiga kirmagan. Bu murabbiy Luis Enrikening kun tartibidagi masalalarni yanada murakkablashtiradi. Boshqa tomondan, har ikki tomon o'zaro uchrashuvdan unumli foydalanish payida. “Real” ustozi yaqin taqibchisidan sezilarli darajada o'zib ketib, etakchilikni mustahkamlashga intilsa, “Barsa” koachi o'rtadagi tavofutni maksimal qisqartirish ilinjida. Boshqa tomondan, maydonda yigirma ikki futbolchi emas, yigirma ikki yulduz to'qnashadi. Xo'sh, madridliklar Enrike jamoasidan ochko tortib olgan klublar qatoriga kiradimi yoki kataloniyaliklar Zidan boshchiligidagi o'yinchilarni mag'lubiyatga uchratgan ilk raqibga aylanadi?

Ulug'bek RAHMONQULOV

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика