So’nggi yangiliklar

11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  0 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0 10:40"Андижон" сафар ўйинларидаги ёқимли анънасини давом эттирадими?  4 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда қатнашади. Рақиблар маълум  2 09:40Мбаппе бўлажак жамоаси ҳақида: "Мен билмайман. Онамдан сўранг"  5 09:10"Футбол олами". Марказий ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, "Бунёдкор"да биринчи ғалаба ва 8-тур ҳақида  0 08:40ФАКТ. "Металлург" ўз майдонида "Навбаҳор"ни 5 йилдан бери юта олмаяпти   7 08:20Ҳамидулло Абдуҳамидов: "Ўйлайманки, барчаси ортда қолди. "Дўстлик" сафдан чиққани йўқ"  2 07:50Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. "Навбаҳор" Олмалиқда, "Андижон" Тошкентда меҳмон  7 07:21Про лига. Бугун Тошкентда турнинг марказий тўқнашувида ким ғолиб чиқади?  10 02:40Чехия кубоги финалидан кейин мухлислар можаро келтириб чиқарди  0 02:13"Манчестер Сити" Чемпионшип финалидан 20 млн фунт-стерлинг ишлаб олиши мумкин  2 01:56А Серия. "Кальяри" сўнгги дақиқада ўтказилган тўп эвазига "Фиорентина"га ютқазди, Шомуродов майдонга тушмади  15 01:29"Милан" янги мавсум учун мўлжалланган уй либосини тақдим этди  0

Ehsoni Panshanbe "Istiqlol"ga o'tadimi? Bekoboddagi o'yin nima uchun yopiq o'tdi? Vitaliy Levchenko bilan intervyu Yangiliklar

Ehsoni Panshanbe "Istiqlol"ga o'tadimi? Bekoboddagi o'yin nima uchun yopiq o'tdi? Vitaliy Levchenko bilan intervyu

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi kecha Toshkentda "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda jizzaxliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bundan avval Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lgan dushanbeliklar kichik 1:0 natijasida g'alabani o'ziniki qilgan edi. Biz ushbu uchrashuvlar va bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik xususida "Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Vitaliy Grigorevich dastlab tayyorgarlik jarayoni va o'tkazilgan uchrashuvlar haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...
- CHempionat bahslari yakunlangach yigitlarga bir necha kun dam olish imkonini berdik. 17 iyul sanasidan etiboran yig'inga kirishdik. 18 iyul kuni Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. O'ylaymanki, bu bahs biz uchun foydali bo'ldi. Ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng mana kecha "So'g'diyona" bilan o'ynadik. Toshkentda bitta "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvimiz qoldi. Mazkur bahsdan so'ng futbolchilarga dam beramiz va ichki chempionat, kubok musobaqasiga hozirlik ko'ramiz. Bu bizga OCHLga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Hozir biz natijaga ko'p ham etibor berayotganimiz yo'q. Muhimi futbolchilarning bosimga qay darajada dosh bera olishi. Tarkibimizda yangi futbolchilar bor. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali ularning harakatlarini ko'rib, tahlil qilib boryapmiz.

- Bekobodda "Metallurg" bilan o'yin yopiq tarzda o'tdi. Bu sizning xohishingiz bilan bo'ldimi?
- Yuqorida aytganimdek jamoamizda bir nechta yangi futbolchilar ko'rikdan o'tayotgandi. Ularni ertaroq elon qilmaslikni lozim topgandik. Ortiqcha ajiotaj bo'lmasligini istadik.



- Eshitishimizga qaraganda "Istiqlol" "Navbahor" futbolchisi Ehsoni Panshanbega qiziqayotgan ekan...
- Ehsonini "Navbahor" bilan shartnomasi bor. Agar klubi bilan buni hal qilsa, ushbu futbolchini "Istiqlol"da ko'rishdan faqat xursand bo'lamiz.

- Uzoq yo'l bosib kelingani uchunmi yoki boshqa sababmi, futbolchilarning jismoniy holati past ekandek ko'rindi...
- Futbolchilar ko'p yuklama olishgani, tetik emasligi maydonda ko'rindi. Bunday o'yinlar bizga kerak. Raqiblarimiz yaxshi saviyadagi jamoalar hisoblanadi. Mana shunday o'yinlar kuchsiz tomonlarimizni, ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarni ko'rsatib beradi.

- Bilamizki, "Istiqlol" himoyaviy taktik futbol ko'rsatadi. SHunday bo'lsada, oldingi chiziqda jamoaviy o'yinni yaxshilash kerakligi ko'rinmoqda. Futbolchilar hujumda ko'p to'p yo'qotishmoqda...
- Siz to'g'ri payqabsiz. Futbolchilar vaziyatlarda qaror chiqarishga qiynalishdi. Ikkinchi bo'limda tempni oshirishga harakat qildik. Biroq ikkita tezkor qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik. Qo'lni tushirmaymiz va ishlashda davom etamiz.

- Intervyularingizda o'zbekistonlik futbolchilarni yaxshi bilishingiz haqida aytgan edingiz. "Istiqlol" safida o'zbekistonlik ijrochilarni ko'ramizmi?
- Ayrim futbolchilar Tojikiston chempionatiga o'tishni istamaydi. Yana boshqalari bilan moliyaviy tomondan kelishish qiyin. Mazkur jarayonni o'ylab ko'rib tahlil qilamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика