So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  22 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  1 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Madridda chiroyli gollar shousi. "Real" va "Manchester Siti" bir-biriga 3tadan gol urdi Yangiliklar

Madridda chiroyli gollar shousi. "Real" va "Manchester Siti" bir-biriga 3tadan gol urdi

Bugun Evropa CHempionlar ligasida 1/4 finalidan o'rin olgan ikkita o'yin bo'lib o'tdi.

Madridda "Real" jamoasi "Manchester Siti"ni qabul qildi. Dahshatli tarzda o'tgan uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi. Barchasi "Etixat stedium"da hal bo'ladi.

Real Madrid

Ruben Dias - 12', Rodrygo - 14', Federico Valverde - 79'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

10/04/2024, 00:00

3
:
3
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 2', Phil Foden - 66', Josko Gvardiol - 71'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 76680 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
1'  Aurelien Tchouameni
12'  Ruben Dias
14'  Rodrygo
14'  Vinicius Junior
71'  Rodrygo (Brahim Diaz)
71'  Toni Kroos (Luka Modric)
79'  Federico Valverde
79'  Vinicius Junior
81'  Daniel Carvajal
86'  Vinicius Junior (Joselu)
2'  Bernardo Silva
37'  Manuel Akanji
66'  Phil Foden
66'  John Stones
71'  Josko Gvardiol
71'  Jack Grealish
87'  Phil Foden (Julian Alvarez)
88'  Bernardo Silva

ECHL

1/4 final, 09.04.2024

"Santyago Bernabeu", Madrid

"Real Madrid" — "Manchester Siti" 3:3

Gollar: R.Diash (avtogol) 12, Rodrigo (V.Junior) 14, F.Valverde (V.Junior) 79 - B.Silva 2, F.Foden (J.Stounz) 66, Y.Gvardiol (J.Grilish) 71

Bosh hakam: Frankois Letekser

"Real Madrid": Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi, Valverde, Kroos (Luka Modrich, 72), Kamavinga, Bellingem, Vinisius Junior (Xoselu, 86), Rodrigo (Braim Dias, 71).

"Manchester Siti": Ortega, Akandji, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Xulian Alvares, 87), Xoland.

Ogohlantirishlar: O.Tchuameni 1, D.Karvaxal 81 - M.Akandji 37, B.Silva 88

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


O'yin yakunlandi. Super bellashuv uchun har ikkala jamoaga ham rahmat.

Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90 - Karvaxalning chap oyoqdagi zarbasi noaniq ketdi.

88 - Braim Diasni to'xtatib qolgani uchun Bernarduga sariq kartochka ko'rsatildi.

87 - Kichik jarohat olgan Foden o'rniga Xulian Alvares tushirildi.

86 - Vinisius o'rniga Xoselu tushdi.

81 - Hakamga keskin etiroz uchun dani karvaxal ogohlantirildi.

79 - GOOOOOLLL! Vinidan navbatdagi assist va Fede Valverdedan supergol! Bugun chiroyli gollar ko'radigan kunimiz ekan - 3:3. To'p Fedening oyog'iga tushsa darvozabonlarga havas qilib bo'lmaydi.

Bugun "Man Siti" uchchala golini ham jarima maydonchasi tashqarisidan kiritdi.

71 - GOOOOOLLL! "Man Siti" futbolchilaridan yana bir fantastik gol. Yoshko Gvardiol Gvardiolani hursand qiladigan golni urmoqda. Mehmonlar 5 daqiqa ichida mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishmoqda. Endi hujumlar qilish va gol urish navbati "Real"gami?

66 - GOOOOOLLL! Dahshatli formada bo'lib turgan va APLni yondirayotgan Fil Fodendan supergol! Barakalla! Bizga intrigali o'yin kerak. Stounzdan assist. Foden bugungi kunni bezab beradigan gol urdi - 2:2.

64 - Erling Xoland ketma-ket ikki epizodda Vinidan to'pni olib qo'ydi) Bunaqasiniyam ko'rdik bugun mana.

62 - Fede Valverdening zarbasi qo'shni hovliga ketib qoldi.


Ikki ajoyib murabbiy.


60 - Zarbaaa, Bernarduning navbatdagi kutilmagan va aniq zarbasini Lunin qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

59 - Fodenning zarbasi to'g'ri Luninning qo'llariga bordi.

57 - Kamavinga to'pni Bernarduning kichkinagina oyoqlari orasidan olib o'tdi)

56 - Zarbaaa, Rodrigoning pasidan keyin Vini zarba poziciyasiga chiqib bordi va kuchli, ammo sal noaniq zarba berdi.

55 - Grilishning jarimadan uzatgan to'piga Rodri bosh bilan zarba berdi, biroz noaniq.

53 - Zarbaaa, Rodrining qo'pol xatosidan keyin Jud Bellingem qulay poziciyaga chiqib bordi va salgina noaniq zarba berdi.

50 - Vini Grilishni yiqitdi. Siti jarima zarbasini ijro etadi.

49 - Grilishning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi.

2-bo'limga start berildi. Yana kamida 45 daqiqa futboldan zavq olamiz.


"Real" muxlislari tomonidan o'yindan oldidan tayyorlangan performans.


Dastlabki 45 daqiqalik yakunlandi. Biroz tin olamiz, choy, kofe degandek ichib olamiz, mevalarni paqqos tushiramiz va ikkinchi bo'limda qaytamiz.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42 - Zarbaa, mezbonlar bu safar ham qarshi hujumini zarba bilan tugatmoqda. Vinining urinishidan keyin Ortega to'pni ushlab oldi.

39 - Fodenning zarbasi noaniq ketdi.

37 - Sariq, Vinisiusni yiqitgani uchun Akandji ogohlantirildi.

33 - Zarbaaa, Vinisiusning pasidan keyin Rodrigo juda kuchli zarba berdi, biroz noaniq ketdi. "Real"rning deyarli har bir qarshi hujumi juda xavfli tus olmoqda.

31 - Zarba, Karvaxalning pasidan keyin Rodrigoning zarbasini Ortega ushlab oldi.


Rodrigo nozik va aqlli zarba ijro etgan vaziyat.


23 - Bernardu Vinisiusdan to'pni olib qo'ydi. Vini o'ziga o'xshamayapti, hozircha.

19 - Fede Valverdening chap oyoqda yo'llagan zarbasini Ortega ushlab oldi.

O'yindan oldin salgina uyqu bosayotgan edi, endi esa uyqularim o'chib ketdi. Sizda ham shunday bo'lgandir-a)

14 - GOOOOOLLL! "Real" nimalar qilmoqda??? 2 daqiqa ichida ikkita gol va mezbonlar endi hisobda oldinga chiqib olishdi. Rodrigodan gol, Vinisiusdan esa ajoyib assist.

12 - GOOOOOLLL! Kamavinga muvozanatni tiklamoqda. Gigantlar jangida gollar davom etadi. Kamavinganing zarbasi yo'l-yo'lakay Ruben Diashga tegib darvozadan joy oldi.

Darvoqe, oxirgi kunlarda "Barselona" yana "Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar urchidi. Mana Bernardu o'zini kataloniyaliklarga ko'z-ko'z qilmoqda.

7 - Avval Xoland, keyin Girilish zarba berdi. Zarbalar qaytarilgach "Real" qarshi hujumga qochishga urindi. O'yin tempi dahshatli darajada, mana buni futbol desa bo'ladi. Uhlab qolgan do'stingizni uyg'otib yuboring, Ertalab hayit namozigacha super o'yinni ko'rib olishadi.

6 - "Real" oldinga o'tmoqda, uyda yutqazish ularga yarashmaydida.

2 - GOOOOOLLL! Bernardu Silva jarima zarbasidan hisobni ochmoqda. Qoyil! Hamma to'p jarima maydonchasiga uzatilishini kutganda Bernardu to'pni yaqin burchakka aqlli zarba bilan joylab qo'ya qoldi. Aytdimku o'yin juda tez boshlandi deb.

1 - O'yin juda tez boshlandi. Vinisius oldinga o'tdi, javob hujumda esa Tchuameni Grilishni yiqitgani uchun 36-soniyadayoq sariq kartochka oldi.

1 - Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi. Super o'yinga tayyormisiz? Kettik.

- Bugun ikki daho murabbiy bir-biriga qarshi. Gvardiola va Anchelotti to'qnashuvi. "Real" va "Siti" bugun ECHLda ketma-ket uchinchi yil o'zaro to'qnash kelmoqda. Oldingi ikki yil har ikki tomon bir martadan ustun kelishgan. Bugun o'zbekchasiga aytganda "uchinchisi halol". Oldingi ikki mavsum bular o'rtasida ustun kelgan jamoa yakunda CHempionlar ligasini yutgan.

- O'sha mashhur ECHL gimni yangradi, jamoalar o'yinoldi rasmiy tadbirlarni o'tkazishmoqda.

- Bugun CHempionlar ligasida finaldan oldingi finalning dastlabkisi bo'lib o'tadi. Gega o'yin!

Reyting: +24   

Fikrlar

+13   
10 apr 00:17:29
Fc Milan20
Nimalar bo'lyapti. Uxlamasadan ko'rayotganiga achinmaydi odam
+11   
10 apr 00:17:07
barselona7
15 дақиқага бормасдан 3 та гол очиғи бунақа темпда ўйнайди жамоалар деб кутмагандим.
+10   
10 apr 02:03:53
VodiySoft
Doctor_Lutfullaev foydalanuvchining fikriga javob berish
CITY NIQOBIDAGI ayrim BARSACHILAR BUGUN PSJdan keyin GAPLASHAMIZ Xudo hohlasa. Lekin boru bu City bilan bunaqa o'ynash hammaga ham emas.
Nima deganingiz bu "City niqobidagi Barsa muhlislari"? 99% foiz Barselona muhlislari Sitichilar-ku, buni hech kim niqoblab ham o'tirmaydi. Men Barselona muhlisiman va Siti yutishi tarafdoriman, qani niqob bu yerda???
+8   
10 apr 01:54:51
FCB CHEL ACM
Хар икки жамоаларга дахшатли у́йин учун рахмат
Барчаси жавоб у́йинида хал булади
ИЙД РАМАЗОН ХАЙТНИ БАРЧАГА МУБОРАК БУЛСИН
+7   
10 apr 02:34:42
Liverol Motor Oil
Абу бакр foydalanuvchining fikriga javob berish
Бизни мураббийга мухлислик киладиган одатимиз йук. Нима эртага Зидан ёки Анчелотти..... бирор бир камандага тренер булса шунга мухлис булишимиз кереми? Бизга Реал мухим. Сог булинг!
Гвардиола ва Месси,булар Барселона ва унинг мухлислари учун ута мухим шахслар.
Улар как жамоанинг бир булаги.
Барса мухлислари хам Луис Энрике,Валверде ёки Рональд Куманга бошқа жамоаларда мухлислик қилишмайди.
Лекин Пеп бошқа мавзу.
Хозирги Сити у қурган Барсанинг ксерокопияси.
+7   
10 apr 00:35:20
barselona7
Буёқда Реал битта голга иккита билан жавоб берди уёқда Бавария битта голга иккита гол билан жавоб берди. Иккала ўйинда ҳам очиқ футбол. Энг ачинарлиси иккала ўйинни бир вақтга қўйилиши.
+6   
10 apr 02:02:02
Мансур
Ман тушунмадим шу Холландга Олтин тўп бериш керак эдим бугун ўйинда бормиди
+5   
10 apr 02:07:34
Real~14 ☆
Hamma Mo'min Musulmon Brodarlarimga Ramanzon Hayit Muborak Shu kunlarda uyg'oq qilgan Allohag be hisob Hamdu sanolar bo'lsin hamma endi uhlamay yana 2 saotdan so'ng Masjidlarga yo'l olamiz Erta tongdan o'z yaqinlaringiz Habar olishni ham unutmang
+5   
10 apr 01:59:59
А.Ж.Т
Реал 15 минутдан кейин ўйнамади 2-3 дан кейин уйғонди. Нима дердим раҳмат зўр ўйин бўлди. Реалчи бўлсамам тан олиш керак Сити ўйида қийин бўлади 70/30 Сити фойдасига. Вини ва Беллингем нимадир қилмаса қийин бўлади ютиш. Омад ҳаммага.
+5   
10 apr 01:44:01
Inspektor Juber
Oyini qarela daxwatligini! Real Madrid vs Manchester Sity oyinini "YEVROPA ELKILASIKOSI" Dib atawimiz mumkinakan!!!!
+5   
10 apr 01:32:15
A1981
Ситии нималар киляпсан!!!!
+5   
10 apr 01:31:57
Pedri_16
Realga bugun oddiy gol urmaymiz deyishyabdi City futbolchilari
+5   
10 apr 00:15:49
barselona7
Ман ўзимча биринчи ўйинда иккала жамоа ҳам эҳтиёткорона ўйнайди деб ўйлагандим. Адашган эканман. Булар очиқ футболни бошлаб юборишдику.
+4   
10 apr 02:10:00
VodiySoft
Doctor_Lutfullaev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ha to'g'ri aka lekin men aytib o'tdimku ayrim deb hammasi ham emasda
Buni to'g'ri tushunish kerak. Ertaga Barselona va boshqa jamoa o'ynasa, ana o'sha boshqa jamoaning murabbiyi Zidan bo'lsa, 99% muhlis o'sha jamoaga muhlislik qiladi murabbiy sabab. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Men Barselona muhlisi bo'lsam ham, Real Madridni Sitidan tashqari boshqa istalgan Angliya klublariga qarshi o'ynasa, men Realni qo'llab-quvvatlayman, Atletiko Madrid, Sevilya, Valensiya va Villareal bilan ham shundan bo'lgan ular ham Yevrokuboklarda Ispaniya nomidan qatnashishganda.
+3   
10 apr 02:51:35
Dostonbek Anvarov
Абу бакр foydalanuvchining fikriga javob berish
Бизни мураббийга мухлислик киладиган одатимиз йук. Нима эртага Зидан ёки Анчелотти..... бирор бир камандага тренер булса шунга мухлис булишимиз кереми? Бизга Реал мухим. Сог булинг!
Чунки Реалда бир услуб йокда Реалга содик шахслар йок Пеп ва Месси Барса учун кадрли Реалга базилар пул учун базилар шон шухрат учун базилар олтин топ учун келишади Реал учун емас шунга Реал хам уларни кадрламеди охирида ишлатилган резинкаде ташлаб юборади Реал
championat.asia
Яндекс.Метрика