So’nggi yangiliklar

00:55Саудия Арабистони. Роналду фаолиятидаги 902-голини урган ўйинда "Ал Насср" йирик ғалаба қайд этди  0 00:37Гвардиола "Сити"нинг чемпионликдаги асосий рақибини айтди  0 00:15Роналду "Ал Насср"да юз фоизлик натижа қайд этмоқда  1 23:58Ўзбекистон U-16 термаси Францияга мағлуб бўлди  3 23:33Александр Хомяков: “Кетма-кет мағлубиятлар гирдобида қолгандик”  1 23:17Иван Бошкович: “Гол киритганимиздан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  0 23:10"Ливерпуль"нинг асосий футболчиси "Борнмут"га қарши ўйнамаслиги мумкин  0 22:50Илҳом Ҳамроев: "Мухлислардан узр сўраймиз"   9 22:42Хосе Венансио Лопес: "Ропиевнинг қизил карточкаси барчасини ўзгартириб юборди. Мен шартномамни шу ерда якунлайман ва катта эҳтимол билан бу менинг фаолиятимдаги сўнгги учрашув бўлди"  20 22:27Саудия Арабистони. "Ал Иттифоқ" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 22:15"Навбаҳор" - "Андижон" учрашуви бошланиш вақти маълум қилинди  15 21:56Александр Крестинин: "5та 100 фоизлик имкониятимиз бўлганди"  0 21:40Футзал. Ўзбекистон Коста-Рикага мағлуб бўлди ва ЖЧдаги иштирокини якунлади   257 21:26Сергей Лушчан: "Ўйинимиз "ноль". Ҳужумга деярли ўта олмадик"  5 21:25Суперлига. "Сўғдиёна" - "Андижон" 1:1, Дарвоза тўсини ва устуни Жиззахликларни мағлубиятдан қутқариб қолди  1

ECHL. "Real Madrid" penaltilar seriyasida "Man Siti"ni mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi! Final ostonasidagi raqib - "Bavariya" Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" penaltilar seriyasida "Man Siti"ni mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi! Final ostonasidagi raqib - "Bavariya"

"Real Madrid" o'ta qiyin kechgan o'yinda iroda ko'rsatib, "Man Siti"ni engdi va ECHL yarim finaliga yo'l oldi.

ECHL. 1/4 final. Javob uchrashuvi

"Etihad"

"Manchester Siti" - "Real Madrid" 1:1 

Penaltilar seriyasi: 3:4

Gol: Rodrigo 12', Kevin de Bryuyne 76'

Dastlabki uchrashuv: 3:3

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akandji (Stounz, 112), Gvardiol, Foden, Grilish (Doku, 72), de Bryuyne (Kovachich, 112), Bernardu Silva, Rodri, Xoland (Alvares, 90).

Real Madrid – Lunin, Karvaxal (Militao, 110), Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 79), Valverde, Kamavinga, Bellingem, Vinisius Junior (Vaskes, 102), Rodrigo (Braim Dias, 84).

Ogohlantirish: Karvaxal (38), Grilish (59), Gvardiol (61), Rodri (90), Mendi (90+4).

Manchester City

Kevin De Bruyne - 76', Julian Alvarez - 121', Phil Foden - 121', Ederson Moraes - 121'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

18/04/2024, 00:00

5
:
4
Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 12', Jude Bellingham - 121', Lucas Vazquez - 121', Nacho Fernandez - 121', Antonio Ruediger - 121'

Stadion: Etihad Stadium, 52306 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
59'  Jack Grealish
61'  Josko Gvardiol
72'  Jack Grealish (Jeremy Doku)
76'  Kevin De Bruyne
90'  Rodri
91'  Erling Haaland (Julian Alvarez)
112'  Manuel Akanji (John Stones)
112'  Kevin De Bruyne (Mateo Kovacic)
12'  Rodrygo
38'  Daniel Carvajal
79'  Toni Kroos (Luka Modric)
84'  Rodrygo (Brahim Diaz)
90'  Ferland Mendy
102'  Vinicius Junior (Lucas Vazquez)
110'  Daniel Carvajal (Eder Militao)

GOOOOOOOOOOOOOL! Ryudiger! 3:4 "Real Madrid" yarim finalda!!!

"Real"da hal qiluvchi zarba

GOL! Edersondan ajoyib gol! 3:3

GOL! Nachodan aniq zarba va gol! 2:3

GOL! Foden adashmadi! 2:2

GOL! Vaskesdan gol! 1:2

Seyv! Kovachich gol ura olmadi. Lunindan yana seyv 1:1

GOL!  Bellingemdan gol! 1:1

Seyv! Bernardu Silva gol ura olmadi. Lunindan seyv 1:0

Seyv! Luka Modrich gol ura olmadi, Edersondan seyv 1:0

GOL! Xulian Alvares 1:0

Penaltilar seriyasi boshlanmoqda.

120+1. O'yin tugadi! Penaltilar seriyasi ko'ramiz! 

120+1. Ikkinchi qo'shimcha bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

120. Xulian Alvares darzabon turgan joyga zarba yo'lladi. Lunin o'z o'rnida.

118. Ikkala jamoa ham charchab qolgani sezilmoqda.

117. "Real" oxirgi daqiqalarda hujumga o'tmoqda.

114. Kovachich qanotda paydo bo'ldi va "Real" darvozasi tomon zarba berdi. Himoyachi uning zarbasini blokladi.

113. "Real" biroz jonlandi. Madridliklar oxirgi daqiqalarda bir necha hujumlar uyushtirishdi.

111. ZARBAA! Lukas Vaskes o'z omadini sinab ko'rdi. Zarba noaniq chiqdi.

110. O'ZGARISH: Karvaxal jarohati sabab maydonni tark etdi. Uning o'rniga Militao o'yinni davom ettiradi.

106. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi.

105+2. Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi.

105+2. ZARBAAAA! Ryudigeeeeeeeer! Qanday qilib??? "Real" himoyachisi o'ta qulay holatda darvozaga aniq zarba berolmadi! 

105. Birinchi qo'shimcha bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

103. O'ZGARISH: Vinisius Junior o'rniga Lukas Vaskes o'yinga qo'shildi.

100. Vinisius tezkorlik bilan raqib darvozasi tomon reyd uyushtirdi. Uoker esa Vinini shunchaki "eb tashladi".

94. SHunchaki statistika: burchak to'plari bo'yicha hisob 16:0, "Siti" foydasiga.

91. Qo'shimcha bo'limlarga start berildi.

O'ZGARISH: Erling Xoland o'rniga Xulian Alvares maydonga tushdi.

90+4. Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Jamoalar qo'shimcha vaqtlarga murojaat qilishadi!

90+4. OGOHLANTIRISH: Ferlan Mendi qo'pol o'yin sabab ogohlantirildi.

90. Uchrashuvga to'rt daqiqa qo'shib berildi.


90. OGOHLANTIRISH: Rodri Braim Diasni ochiqchasiga to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi.

85. O'yin qo'shimcha bo'limlar tomon ketmoqda.

84. O'ZGARISH: Rodrigo o'rniga Braim Dias maydonga tushdi.

82. ZARBAAAAA! Qanaqasiga?? Kevin de Bryuyne tahminan 10 metr masofadan aniq zarba bera olmadi. O'ta xavfli vaziyat.

80. O'ZGARISH: Toni Kroos o'rniga Luka Modrich maydonga tushdi.

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne Ryudigerdan qaytgan to'pni darvozaga joylab yubordi! 1:1

72. "Siti" tarkibida o'zgarish. Jek Grilish o'rniga Jeremi Doku maydonga tushdi.

71. "Real"da xavfli hujum. Vinisius qanotdan kirib bordi va to'pni jarima maydonidagi sherigiga uzatdi. Ederson esa to'pni egallab oldi.

70. ZARBAA! Grilish o'tkir burchakdan yana bir bor o'z omadini sinab ko'rdi. Lunin o'z joyida!

68. "Manchester Siti" bir necha daqiqalardan beri "Real"ni qamal qilgan. Qirollik klubi chuqur himoyalanmoqda.

60. OGOHLANTIRISH: Bu safar Gvardiol qo'pol o'yin sabab saroq kartochkaga loyiq ko'rildi.

59. OGOHLANTIRISH: Jek Grilish xavfli hujum tashkil qilayotgan Karvaxalni to'xtatib qoldi va buning uchun saroq kartochka oldi.

57. Ake esa o'z zarbasi bilan stadionning eng yuqori sektorlarini nishonga oldi.

55. "Real" "Siti"ning hujumlarini tinimsiz qaytarmoqda!

52. ZARBAA! Fodenning noqulay zarbasini Lunin yana egallab oldi. Bugun "Real" darvozaboni ishonchli o'yin ko'rsatmoqda.

51. Nachoooo! "Real" himoyachisi sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yardi, ammo uning o'zi vaziyatni o'ngladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Tanaffus! Ikkinchi bo'limda bizni "qonli jang" kutmoqda. Bu aniq.

45+1. ZARBAA! Bu safar Foden o'z omadini sinab ko'rdi. Biroz noaniq

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

44. Karvaxal raqibning xavfli uzatmasini boshi bilan qaytarib yubordi.

42. Super o'yin. Hech mubolag'asiz zamonamizning eng yuqori saviyadagi jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv. 

40. "Siti" raqib jarima maydoni yonida shturm uyushtirmoqda. Lekin "Real" istalgan soniyada qarshi hujumga chiqib ketishi mumkinligi barchamizga malum.

38. OGOHLANTIRISH: Dani Karvaxal Grilishni to'xtatib qolgani uchun jazolandi. Agarda "Real" yarim finalga yo'l olsa, Dani ilk bahsni o'tkazib yuboradi.

36. GRILISH!!! Qanday qilib? De Bryuynening pasidan so'ng o'ta qulay vaziyatga chiqib borgan Jek darvozaga zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi. "Siti" "yaqinlashmoqda"

33. ZARBAAAAA! De Bryuyne tinmayapti! Kevinning o'ta kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi. "Siti" shturm uyushtirmoqda.

32. ZARBAAA! Grilish jarima maydoniga kirib borib, zarba berdi. "Real" himoyachilariga tekkan to'p maydondan chiqib ketdi. Burchak to'pi.

27. ZARBAAAAA! De Bryuyne bu safar jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi. Lunindan super seyv! Ajoyib zarba, ajoyib seyv!

26. ZARBA! De Bryuyne havodan kelgan to'pni darvozaga yo'lladi. Aniq, ammo kuchsiz. Darvozabon o'z o'rnida. 

24. Qarshi hujumda bir necha himoyachilar orasidagi Vinisius to'pni Karvaxalga oshirdi. Dani zarba berdi, ammo himoyachilar to'p yo'liga to'g'onoq bo'lishdi.

19. ZARBAAAAAA! Xolandning boshi bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi! 

17. "Man Siti" goldan so'ng, vaziyatni tiklash harakatlarini boshlab yubordi.

15. Kevin burchakka yaqin joydan yana bir uzatma aralash zarba yo'lladi. "Real" darvozaboni o'z o'rnida!

15. De Bryuyne burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'naltirdi. Lunin esa o'z joyida.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Valverde to'pni Vinisiusga oshirdi, Vini esa Rodrigoga. Rodrigo esa ikkinchi urinishda to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

10. ZARBAA! Kamavinga jarima maydoni tashqarisidan ilk xavfli zarbani berdi. Ederson o'z o'rnida!

8. De Bryuyne qanotdan yorib kirdi va to'pni darvozabon maydonchasi tomonga xavfli tarzda uzatdi. Lunin to'pni egallab oldi.

5. O'yin o'ta ehtiyotkorlik bilan davom etmoqda. Bitta gol barchasini o'zgartirib yuboradi.

1. O'yin boshlandi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика