So’nggi yangiliklar

22:41АПЛ. "Челси" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  1 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  3 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  7 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  19 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  5 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1

"Do'stlik" bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov: "O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi" Yangiliklar

"Do'stlik" bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov: "O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi"

O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Metallurg" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. Ozroq tajriba etishmadi. Bu narsa ayniqsa himoyada yaqqol ko'rinib qoldi. Agar tajriba etishmaganini inobatga olmasak, o'yin tomonlama teng harakat qildik. Biz ham vaziyatlar yaratdik, foydalana olmadik.

- Kubok uchrashuvlaridagi 3 ta o'yin jamoa uchun Pro-liga bahslari oldidan repeticiya vazifasini o'tab beradimi?

- Albatta, o'tgan turda "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqqandik. Bugun "Metallurg" bilan o'ynadik. Ikkisi ham Superliga klublari. Bu biz uchun katta tajriba bo'layapti.

- Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoada nimanidir o'zgartirish lozimligini ko'rsatmayaptimi?

- Ko'rib borayotgan bo'lsangiz, biz mavsum boshidagidan ko'ra o'yin uslubimizni o'zgartirdik. O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi. Yutsak ham, yutqazsak ham o'zgarishlarni doimiy amalga oshirib borishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика