So’nggi yangiliklar

16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  2 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0

"Dinamo Zagreb" murabbiyi Damir Krznar: "Bunyodkor" yosh futbolchilar fabrikasi ekanligi shubha qoldirmadi. Menga yoqqan futbolchi bu..." Yangiliklar

"Dinamo Zagreb" murabbiyi Damir Krznar: "Bunyodkor" yosh futbolchilar fabrikasi ekanligi shubha qoldirmadi. Menga yoqqan futbolchi bu..."

Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'rinbosarlari bugun Xorvatiya yig'ini doirasidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda maydonga chiqishdi.

"Dinamo Zagreb 2" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda hamyurtlarimiz 1:2 hisobida engilishdi. Birinchi bo'limda Abdulloh Omonalievning ajoyib va chiroyli goli bilan hisobni ochgan yosh "qaldirg'ochlar" tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yo'l olishdi. Ikkinchi bo'lim boshlarida bir necha daqiqaga diqqatni yo'qotilishi raqiblarga qo'l keldi. Mazkur uchrashuvdan so'ng zagrebliklar ustozi Damir Krznar fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Bunyodkor" asosiy jamoasi "Isloch"ni mag'lubiyatga uchratdi, klub o'rinbosarlari esa "Dinamo" Zagrebga yutqazishdi


- Janob murabbiy sizlarni g'alaba bilan tabriklayman. "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'yin haqida fikrlaringiz?

- Avvalo "Bunyodkor" jamoasini ajoyib o'yin bilan tabriklayman. Bugun imkoniyatlarga boy uchrashuv bo'ldi, ammo havo juda issiqligi o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Ikki jamoa futbolchilari ko'p yugurishdi, shunga qaramay yaxshi futbol ko'rsatishdi, deb o'ylayman. Raqib jamoa birinchi bo'limda bizdan yaxshiroq ko'rindi. CHunki ular birinchi bo'lib gol urishdi va juda yuqori pressing qilishganini ko'rdik. Ikkinchi bo'limda biz bazi o'zgarishlar qilib o'yinni o'z tomonimizga og'dirdik, deb o'ylayman. 

- Birinchi bo'lim ikkinchi bo'limga qaraganda nimasi bilan farq qildi?

- Bizda 20  nafar yaxshi darajadagi futbolchilar bor. Raqib jamoasida asosiy tarkib va zaxira o'yinchilari orasida katta farq bor. Biz buni payqadik va  unumli foydalandik.

- "Bunyodkor" jamoasining o'yin uslubi haqida nima deya olasiz?

- Menga juda manzur keldi. Ular hujumkor va pozicion futbol ko'rsatishar ekan. "Bunyodkor" yosh futbolchilar fabrikasi ekanligi shubha qoldirmadi. Boisi yoshlarga ko'p imkoniyat beriladi. SHu orqali tajribaga to'plashadi. "Bunyodkor" sizning yurtingizda etakchi jamoalardan va sizlar to'g'ri yuldasizlar.


- Raqib safidagi  eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Jamoangizda yaxshi futbolchilar ko'p. Ammo menga ko'proq jamoa sardori himoyachi (Xurshid Ubaydullaev) yoqdi. U himoyachi bo'lsa ham hujumda yaxshi o'ynar ekan. Paslar juda sifatli. Raqib yarim himoyasini yorib o'ta olishi qobiliyati yomon emas. 

- 2017 yil "Al Ayn" bilan Zoran Mamich murabbiylar shtabida tashrif buyurgan edingiz...

- "Bunyodkor" haqida bilaman. Ha, o'sha bahsda Otabek SHukurov yaxshi taassurot qoldirgandi. U so'nggi yillarni "SHarja"da o'tkazdi. Biz yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozonganmiz. Zoran Mamich bilan "Al Ayn", "Al Nasr", "Al Hilol"da birga ishladik. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика