So’nggi yangiliklar

19:53Про лига. "Дўстлик" кетма-кет 8-мағлубиятини "Арал"дан қабул қилиб олди, "Олимпик-MobiUz" мавсумдаги иккинчи ғалабасини Хоразмда қўлга киритди  2 19:28ПСЖ футболчисининг хизматларини Италиянинг 2 клубига таклиф қилди  0 19:00"Реал" Мбаппенинг тақдимотига тайёрланмоқда  3 18:33"Ливерпуль" икки футболчисининг кетишини эълон қилди  1 18:07Иско оёғи сингани сабабли Евро-2024 мусобақасини ўтказиб юбориши мумкин  0 17:40Нидерландия терма жамоаси Евро-2024 учун таркибини эълон қилди  3 17:06Финишга яқин: А Серия 37-тур превьюси. Шомуродов гол урадими?  4 16:45"Динамо" стадиони мавсумга тайёр эмас — ЎзПФЛ  6 16:15Ван Перси Нидерландия жамоаси бош мураббийига айланди  0 15:57Ўзбекистон Суперкубоги учрашуви вақти эълон қилинди  5 15:30Икки футболчи ёзда "Манчестер Юнайтед"ни тарк этади  1 15:02Эдерсон учун мавсум тугади  2 14:37Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ  18 14:08"Бавария"нинг 11 нафар футболчиси машғулотни ўтказиб юборди  0 13:43Суперлига. 8-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  10

Dilshod Rahmatov: "Tarix bilan yashash kerakmas. Osiyo kubogi kuchsiz jamoa qolmaganini ko'rsatib berdi" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Tarix bilan yashash kerakmas. Osiyo kubogi kuchsiz jamoa qolmaganini ko'rsatib berdi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov Osiyo kubogidagi natijalar va oldindagi rejalar haqida fikrlarini bildirdi.

"Men uchun oltinchi Osiyo kubogi bo'ldi. Avvalgilaridan farqli ravishda birorta o'yinda mag'lub bo'lmadik va bronza medallarini qo'lga kiritdik. Bu men uchun oltinga teng. Oddiy gap bo'lishi mumkin, ammo buning ortida katta mehnat turibdi. Yangi murabbiyimiz Xose Venansio Lopes yoshlarni ham jalb qildi. Ularning aksariyati debyut qildi. Ishlashda davom etamiz. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz. Jahon chempionatida bundan ham kuchli bo'lib qaytamiz. 

Eron bilan o'yindan so'ng ruhan tayyor emasdik. Bir tempni ushlay olmadik. Tojikiston arzimagan xatolardan foydalanib ketdi. 

Tarix bilan yashash kerak emas. Kechagi g'alaba qozongan bo'lsangiz, hech kim g'olib deb osonlikcha o'yinni berib qo'ymaydi. Afg'oniston, Tojikiston Jahon chempionatida. Yaponiya guruhdan qolib ketishi kutilmagandi. Osiyo kubogi kuchsiz jamoalar qolmaganini ko'rsatib berdi",- deydi Dilshod Rahmatov. 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика