So’nggi yangiliklar

23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  2 23:06"Сассуоло" — "Интер". Мхитарян, Алексис ва Лаутаро асосий таракибда  0 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  2 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  3 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:30Ла Лига. "Барселона" "Жирона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  41 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  5 20:35Суперлига. "Сўғдиёна" пешқадам "Андижон"ни "Бобур Арена"да мағлубиятга учратди  91 20:30АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0

"CAFA Nations Cup-2023"ning eng mahoratli futbolchilari. Musobaqada Evropadan ko'plab o'yinchilar ishtirok etadi Yangiliklar

"CAFA Nations Cup-2023"ning eng mahoratli futbolchilari. Musobaqada Evropadan ko'plab o'yinchilar ishtirok etadi

Ularning aksariyati Turkiya bilan bog'langan.

Tez orada CAFA Nations Cup-2023 start oladi. Turnir arafasida biz futboldagi taqdiri eng qiziqarli bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzishga qaror qildik.

Guljigit Aliqulov (Qirg'iz Respublikasi, erkin agent)

O'zbekistonlik futbol muxlislari Aliqulovni Qirg'iziston milliy terma jamoasi va Olmaotaning "Qayrat" jamoasidagi o'yinlaridan bilishi mumkin. Aliqulov 2023 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Paxtakor"ga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun Toshkentga kelgandi. Guljigit bir necha yil "Antalyaspor" akademiyasida o'ynab, keyin Belarusga, so'ngra esa Qozog'istonga yo'l oldi. Aliqulov yaqinda "Qayrat"ni tark etdi va endi erkin agent.


Beknaz Almazbekov (Qirg'iz Respublikasi, "Galatasaroy")

Turkiyadan yana bir qirg'izistonlik futbolchi. Beknaz 17 yoshda, u "Galatasaroy" yoshlar jamoasida o'ynaydi va hali asosiy jamoada debyut o'tkazmagan. Biroq Almazbekovga hali ham etibor qaratish lozim: Britaniyaning "The Guardian" nashri uni dunyoning 60 nafar eng yaxshi yosh futbolchisi ro'yxatiga kiritgan. "Beknaz "Galatasaroy"ning asosiy jamoasida o'ynash sari intilib bormoqda", – deyiladi xabarda.

Anton Zemlyanuxin (Qirg'iz Respublikasi, "Alga")

Qirg'iziston terma jamoasining 34 yoshli yarim himoyachisi sermahsul faoliyat olib borgan. Zemlyanuxin Turkiyada "Giresunspor", Qozog'istonda "Qayrat", "Atirau" va "Kaysar", Serbiyada esa "Radnichki" jamoasida o'ynagan. Juda yaxshi ro'yxat, shunday emasmi?

Anton Kochenkov (Qirg'iz Respublikasi, "Arsenal" Tula)

Kochenkov Bishkekda tug'ilgan, lekin yoshligida Rossiyaga ko'chib ketgan. U erda Anton juda ko'p klublarda o'ynagan: "Lokomotiv" Moskva, "Mordoviya", "Nijniy Novgorod", "Spartak-Nalchik", "Rostov", "Tom" va "Krasnodar". O'tgan yildan beri Kochenkov Tulaning "Arsenal" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda va yaqinda u Qirg'iz Respublikasi terma jamoasidan chaqiruv oldi. "CAFA Nations Cup-2023"da Anton o'z mamlakati terma jamoasida naqd 36 yoshida debyut qilishi mumkin.

Valeriy Kichin (Qirg'iz Respublikasi, "Enisey")

Valeriy Kichin bilan ham xuddi shunday holat. U ham erta yoshida Rossiyaga ko'chib o'tgan va u erda faoliyatining asosiy qismini o'tkazgan. Ammo Kochenkovdan farqli o'laroq, Kichin 2011 yildan beri Qirg'iz Respublikasi terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Valeriy "Enisey"da o'ynaydi, o'tgan mavsum uning uchun klubdagi oltinchi mavsum edi. Kichinning rekordi, shuningdek, "Tyumen", "Dinamo" Minsk, "Anji", "Ufa", "Torpedo" va "Volga" Nijniy Novgorod.


Erbol Atabaev (Qirg'iz Respublikasi, "Dinamo" Maxachqala)

Erbol avgust oyida 22 yoshga to'ladi, lekin u allaqachon futbol olamini kezib chiqib bo'lgan. U Qozonning "Rubin", "Barselona" va Ispaniyaning boshqa klublari akademiyalarida tahsil olgan. O'tgan yildan beri Atabaev MFLning "Dinamo" Maxachqala klubida to'p tepmoqda. Uning hisobida mavsumdagi 31 ta o'yin va 3 ta golli uzatma mavjud.

Kay Merk (Qirg'iz Respublikasi, "Petanj")

Merk – Germaniyada tug'ilgan etnik nemis, ammo uning kelib chiqishi qirg'izistonliklarga borib taqaladi. SHu bois, 2023 yilning mart oyida Kay Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga chaqirildi. Merk 2021 yildan beri Evropa futbolini biluvchilar uchun ekzotik sanalgan Lyuksemburg chempionati vakili "Petanj" tarkibida o'ynamoqda. Qizig'i shundaki, Kayning ukasi Kimi ham futbolchi: u Qirg'iz Respublikasi U-20 terma jamoasida o'ynaydi va "Kayzerslautern" yoshlar jamoasi sharafini himoya qiladi.

Alisher Jalilov (Tojikiston, "Istiqlol")

Jalilov o'tgan yili OKMK safida to'p tepgan bo'lsa-da, mavsum yakunida vataniga qaytishga qaror qildi. Alisher "Istiqlol" va Tojikiston terma jamoasi etakchilaridan biri. Bungacha Rossiya yoshlar terma jamoalari va Rossiyaning bir qator klublari ("Rubin", "Nefteximik" va "Baltika")da o'ynagan.


Mehrubon Karimov (Tojikiston, "Samgurali")

19 yoshli himoyachi Mehrubon Karimov o'tgan yili Moldovaning "Dinamo-Avto" jamoasida to'p tepgan bo'lsa, hozirda Gruziyaning "Samgurali" klubida harakat qilmoqda. Hozircha Karimov yangi mamlakatga moslashib bormoqda va kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, ammo unda "Samgurali"da o'ynash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Parvizjon Umarboev (Tojikiston, "CSKA 1948")

Parvizjon Umarboev 15 yoshida Rossiyaga ko'chib o'tdi va "Rubin" akademiyasiga kirdi. 2012 yilda u hatto Rossiya yoshlar terma jamoasida bir necha o'yin o'tkazdi, biroq raqobatda mag'lub bo'ldi va oxir-oqibat o'z ona vatani uchun o'ynashga qaror qildi. Umarboevning rekordi "Nefteximik", "Ximik-Zerjinsk", "Istiqlol" hamda Bolgariyaning ikki klubi – "Lokomotiv" (Plovdiv) va "CSKA 1948". Umarboev Bolgariya "armiyachilar"i uchun hozir ham o'ynamoqda. U Bolgariya chempionati va Kubogida deyarli 250 ta o'yinda (15 ta gol, 35 ta golli uzatma) va Tojikiston terma jamoasi safida 34 ta o'yinda (7 ta gol, 3 ta golli pas) harakatlangan.

Murodali Aknazarov (Tojikiston, "Antalyaspor")

Aknazarov 16 yoshidanoq "Antalyaspor" tizimida to'p tepadi. U hali asosiy tarkibda maydonga tushmagan, lekin Murodali uchun hali hammasi oldinda. Aknazarov 2022/2023 yilgi mavsum "Antalyaspor" yoshlar jamoasi safida 15 ta o'yin o'tkazdi.

Xusrav Toirov (Tojikiston, "SHaxtyor")

Xusrav Toirovning faoliyati jadal rivojlanmoqda. Ikki yil oldin u o'z vatanida Dushanbening "Dinamo" jamoasida to'p tepgan bo'lsa, endilikda allaqachon "SHaxtyor" futbolchisiga aylangan. Toirov Doneck klubiga Qozog'istonning "Atirau" jamoasi orqali tranzit yo'li bilan o'tgan. Xusrav o'tgan mavsum "SHaxtyor" tarkibida 2 ta o'yin o'tkazdi, ammo klub kelajakda unga umid bog'lamoqda, chunki u endigina 18 yoshda.

Ehson Hojisafi (Eron, AEK)

Eron terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2023" uchun eng optimal tarkibda keladi. Biz Mehdi Taremi, Serdar Azmun, Alirizo Jahonbaxsh kabi futbolchilar bilan bir qatorda yangi nomlarni ham ko'ramiz. Ko'rish mumkinki, eronliklar orasida hamon mahoratli o'yinchilar bor. Ulardan biri Greciyaning AEK jamoasida to'p tepayotgan – Ehson Hojisafi (suratda 3-raqam). U 2017-2018 yillarda Greciya klublarida ("Panionios", "Olimpiakos") ham to'p tepgan. 2015/2016 yilgi mavsumda esa Germaniyaning "Frankfurt" klubi sharafini himoya qilgan ("Ayntraxt" bilan adashtirmaslik kerak).


Amirhusayn Husaynzoda (Eron, "SHarlerua")

Belgiyada o'ynaydigan yana bir eronlik. Amirhusayn 2022 yildan beri "SHarlerua" sharafini himoya qilib keladi. Husaynzoda 2022/2023 yilgi mavsum 23 ta o'yinda 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali 22 yoshli yarim himoyachini 800 ming evroga baholamoqda.

SHahob Zohidi (Eron, "Pushkash" akademiyasi)

SHahob Zohidi qiziqarli faoliyatga ega. 22 yoshiga qadar u o'z vatanida harakat qildi, shundan so'ng Islandiya (IBV klubi)ga jo'nadi. 2019 yilda Zohidi Koreyaning "Suvon" jamoasida o'ynagan, keyin esa Ukrainaga ko'chib o'tgan. SHahob "Zarya" safida 39 ta o'yinda (12 ta gol, 5 ta golli uzatma) va "Olimpik" tarkibida 36 ta o'yinda (14 ta gol, 3 ta golli uzatma) maydonga tushgan. Eronlik futbolchi o'tgan mavsumni "Pushkash" akademiyasida o'tkazgan – 41 ta o'yin, 14 ta gol, 5 ta golli uzatma.

Sadig Muharrami (Eron, "Dinamo" Zagreb)

Sadig Muharrami ham yaxshi saviyada o'ynayapti. 2018 yildan buyon u Xorvatiyaning eng yaxshi klublaridan biri Zagrebning "Dinamo" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Muharrami joriy mavsum "Dinamo" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushdi, shu jumladan, UEFA CHempionlar Ligasi guruh bosqichidagi 6 ta o'yinda. Transfermarkt 27 yoshli eronlik futbolchini 2 million evroga baholamoqda.


"CAFA Nations Cup-2023" haqidagi barcha malumotlarni "Championat.asia" saytida topishingiz mumkin. Eng qiziqarli futbol yangiliklarini o'tkazib yubormaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика