So’nggi yangiliklar

22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  1 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  0 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  2 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  11 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  7 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1

“Bunyodkor” FK vakillari paxta yig'im-terimida ishtirok etishdi Yangiliklar

“Bunyodkor” FK vakillari paxta yig'im-terimida ishtirok etishdi

Teglar :  Bunyodkorpaxta
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi murabbiylari va futbolchilari 2015 yilgi paxta yig'im-terimi jarayonida bevosita ishtirok etishdi.

Milliy terma jamoamizning Baxraynga qarshi JCH-2018 va Osiyo Kubogi-2019 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvi tufayli chempionat bahslarida tanaffus elon qilingan edi.



Ushbu oraliqda “qaldirg'ochlar” paxta yig'im-terimida bevosita ishtirok etishdi. “Bunyodkor” FK murabbiylari va futbolchilari 2 oktyabr kuni Toshkent viloyati, “CHinoz” tumanidagi “Do'stlik” fermer-xo'jaligiga qarashli maydonda etishtirilgan oq-oltinni sifatli tarzda terish jarayonida qatnashishdi. Qayd etish kerakki, klub vakillarining ushbu tashabbusi fermer-xo'jaligi xodimlarini xursand qildi. Bepoyon dalada sport sohasi va qishloq xo'jaligi xodimlari yonma-yon mehnat qilishib, yurtimizning paxta xirmoniga o'z ulushlarini qo'shishdi.



Akbar TO'RAEV (“Bunyodkor” darvozaboni):
- O'zbekiston istiqboli uchun shu yurtda tug'ilgan har bir inson qo'lidan kelganicha o'z ulushini qo'shishi kerak, deb bilaman. Vatan menga nima berdi emas, balki men Vatanga nima berdim, deb yashamog'imiz kerak. CHempionatda yuzaga kelgan tatildan foydalanib, jamoadoshlarim bilan birgalikda dalaga chiqdik va qishloq xo'jaligida mehnat qilayotgan insonlarga ko'maklashdik. Paxta – bu yurtimiz boyligi. Mashaqqatli va sharafli ishda ishtirok etganimdan xursandman.



Rustamjon ASHURMATOV (“Bunyodkor” himoyachisi):
- Xalqimizda yigit kishiga qirq xunar ham oz, degan gap bor. Paxta yig'im-terimida birinchi bor ishtirok etishim. Yurtimizning paxta xirmoni boyligiga o'z ulushimni qo'shganimdan juda-juda baxtiyorman. SHu yurtda sog'-salomat o'sib-ulg'ayyapmiz. SHunday ekan, tinch va farovon zaminimiz uchun har qancha xizmat qilsak oz, deb o'ylayman.



Minori SATO (“Bunyodkor” yarim himoyachisi):
- Bugun futbolchi ekanligimni bir kunga unutib, o'zimni qishloq xo'jaligida sinab ko'rdim. Ochig'ini aytsam, yoshligimda ko'p bora dalaga chiqardim. CHunki oilamiz vakillari dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Mashg'ulotlardan bo'sh vaqtimda ularga ko'maklashar edim. SHu boisdan ham bugun men yana eski xotiralarimni yodga oldim. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, paxta yig'im-terimi menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.



Ivan MILOSHEVICH (“Bunyodkor” yarim himoyachisi):
- O'zbekistonda ikki yildan beri istiqomat qilib kelyapman. Jannatmakon yurtingizni o'zimning ikkinchi uyim deb bilaman. Bu zaminni etiborga molik juda ko'p joylarida bo'lganman. Mana bugun jamoadoshlarimiz bilan paxta terimida ishtirok etdim. Bu jarayonda ilk bor ishtirok etgan bo'lsam-da, sheriklarimning ko'magida terimni osonlik bilan o'zlashtirib oldim. Ushbu fermer xo'jaligiga tashrifimiz bu erdagi insonlarni ham xursand qildi. Tushlik paytida ular bilan bir dasturxon atrofida o'tirib, yaqindan tanishib ham oldik. Yangi do'stlarga ega bo'ldim.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика