So’nggi yangiliklar

15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал". Таркиблар маълум  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  2 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  20 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  20 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  5 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  8 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  3 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1

Bundesliga. "Bavariya" ilk o'yinda muxlislarga gollar-shousini taqdim etdi Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" ilk o'yinda muxlislarga gollar-shousini taqdim etdi

Germaniya chempionatining navbatdagi mavsumiga rasman start berildi.


Uchrashuv boshlanishi oldidan Germaniyada o'tgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jerom Boateng o'ziga atalgan sovrinni qabul qilib oldi.


Jerom Boateng jarohati bois ushbu bellashuvda ishtirok etolmadi.

SHundan so'ng ochilish o'yin bo'lgani uchun ko'ngil ochar dasturlar bo'lib o'tdi.


O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv kutilganidek "Bavariya"ning katta ustunligi boshlandi.
Bellashuvning 9-daqiqasida Xabi Alonso jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo'lladi va Bundesliganing 54-mavsumidagi ilk golni juda chiroyli tarzda kiritdi.

Goldan ruhlangan "Bavariya" oldinga intildi. Ikkinchi gol ham ko'p kuttirib qo'ymadi. Frank Riberining maydon markazidan ochilib borayotgan Robert Levandovskiga uzatgan zargarona uztmasini polshalik hujumchi samarali yakunladi.

Viktor Skripnik boshchiligidagi "Verder" "Alyanc Arena"da "Bavariya"ga umuman qarshilik ko'rsata olmadi. Bremenliklar safida darvozada turgan Vidvald bir necha marotaba jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Aks holda Levandovski tanaffusga poker qayd etgan holda yo'l olardi.

"Bavariya" safida yarim himoya markazida harakat qilgan "uchlik" Vidal-Alonso-Alkantara ajoyib o'ynashdi.

"Bavariya" himoya chizig'ida harakat qilgan Lam va Alaba asosan hujumda jamoadoshlariga ko'maklashishgan bo'lsa, Xummels va Martinesga raqib futbolchilari etarlicha xavf tug'dira olishmadi. Noyer esa uchrashuvning katta qismini tomoshabin sifatida kuzatdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ikkinchi bo'lim yana "Bavariya"ning hujumlar ostida boshlandi. Alkantara shu kuni "tozalovchi" rolida ancha faol o'ynadi va uchinchi golda aynan Tyagoning xizmati katta bo'ldi. Alkantara maydon markazi oldida raqibdan to'pni olib qo'ydi va Alonso Myullerni o'ng qanotdan hujumga chorladi. Tomas esa jarima maydonchasida turgan sherigi Robert Levandovskini aniq ko'ra oldi va to'pni Levandovskiga oshirdi. Robert esa birinchi bo'limda bir qator vaziyatlarda ikkinchi golni kiritishda qiyinchilikka duch kelgan bo'lsa, bu safar osongina darvozani nishonga oldi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0.

"Bavariya"ning to'rtinchi goliga jamoa sardori Filip Lam mualliflik qildi. Tomas Myuller bilan ajoyib kombinaciya tashkil qilgan Lam Tomasdan qabul qilib olgan to'pni kuchli zarba bilan darvozaning uzoq burchagiga yo'naltirdi va chiroyli gol bilan hisobni yanada yiriklashtirdi - 4:0.

Beshinchi golni esa Frank Riberi yana o'sha tinib-tinchimas Tomas Myullerning to'p uzatmasidan so'ng kiritdi va tablodagi hisobni chiroyli ko'rinishga keltirdi - 5:0.

Bahsdagi oxirgi gol Robert Levandovski hisobiga yozildi. Zaxiradan maydonga tushgan Rafinyaga qarshi jarima maydonchasi ichida qoida buzildi. Hakam esa ikkilanmay 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltidan esa Robert Levandovski uchrashuvdagi o'z xet-trigini rasmiylashtirdi va o'yinga nuqta qo'ydi - 6:0.

Karlo Anchelotti Bundesligadagi debyut bahsini haqiqiy bayramga aylantirib yubordi va myunxenlik muxlislarga ochilish o'yinida chiroyli g'alabani taqdim etdi.

Fakt: Robert Levandovski chempionatdagi birinchi o'yinda xet-trik qayd etdi.


Fakt: Tomas Myuller "Verder"ga qarshi uchrashuvda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.


Fakt: "Verder" so'nggi marta Germaniya jahon chempioni bo'lishdan oldin "Bavariya" darvozasini ishg'ol etgandi.

SHuni qayd etib o'tish lozimki, "Verder" muxlislari o'yin boshlanishidan oldinoq jamoa bosh murabbiyi Viktor Skripnikni istefoga chishini talab qilishgandi.

"Verder" "Bavariya"ga qarshi bahs oldidan Germaniya kubogining dastlabki raundida quyi liga vakilidan mag'lubiyatga uchrab turnirni erta tark etgandi.

Bundesliganing 1-turidan o'rin olgan qolgan o'yinlar ertaga davom ettiriladi.



Bundesliga, 1-tur. Turnir jadvali.

Bavariya – Verder 6:0 (2:0, 4:0)

Alyanc-Arena

Gollar
: 1:0 – 9 Xabi Alonso, 2:0 – 13 Levandovski, 3:0 – 46 Levandovski, 4:0 – 66 Lam, 5:0 – 73 Riberi, 6:0 – 77, penalti Levandovski.

Bavariya
– Noyer, Lam (Rafinya, 74), Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 78), Alkantara, Xabi Alonso (Kimmix, 64), Vidal, Myuller, Levandovski, Riberi.

Verder
– Vidvald, Gebre Selassi, Sane, Diane, Kaldirola, Grillich (Eggeshtayn, 74), Yatabare, Fritc, Bauer, Bartels (Ti, 88), Yuxannsson (SHternberg, 64).

Ogohlantirish
: SHternberg (87).

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика