Brunu Fernandesh Manchester Yunayteddagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
16 may 08:51
Yangiliklar
Brunu Fernandesh Manchester Yunayteddagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
Manchester Yunayted sardori Brunu Fernandesh jamoada qolish niyatida ekanligini malum qildi.
«Men bu erda jamoaga kerak bo'lgunimga qadar qolishga tayyorman. Agar qandaydir sabablarga ko'ra men MYUga kerak bo'lmay qolsam, ketaman. Unga qadar esa mening uyim shu er», — deb fikr bildirgan Brunu Fernandesh.
Malumot uchun, Brunu Fernandesh MYU safida 2020 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U «qizil iblislar» safida jami 230 ta uchrashuvda maydonda tushgan. Uning hisobida 79 ta gol va 64 ta golli uzatma bor.
Fikrlar