So’nggi yangiliklar

00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  3 23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  6 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  4 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  6

Brendomaniya. El-Klassiko qaysi yo'l bilan LaLigaga bo'lgan qiziqishni orttiryapti (to'liq) Yangiliklar

Brendomaniya. El-Klassiko qaysi yo'l bilan LaLigaga bo'lgan qiziqishni orttiryapti (to'liq)

Bugun Evropa chempionatlarining eng yirik o'yinini tomoshabin emas, balki brend sifatida ko'rib chiqamiz.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi bahs paytida dunyo bo'ylab millonlab muxlislar 2 soat televizor qarshisidan qimirlamasliklari aniq. Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan bahsni juda qiziq deb bo'lmaydi. Manchesterda "El-Klassiko" boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida fantastik kurash bo'ldi, hayron qolarli xatolar, avtogol. Barselonada odamlar biroz zerikarliroq uchrashuv guvohi bo'lishdi.

APL ajoyib mahsulot yaratib, televizon huquqlardan rekord mablag' ishlashi mumkin, ammo LaLiga piarchilari butun chempionatni bo'lmasada, o'zining kuchli tomonlarini qanday taqdim etishni ko'rsatib qo'yishdi.


Uchrashuvdan oldin bahsni yarim milliard muxlis tomosha qilishi kutilgandi, bu ishqibozlar orasidagi bazilar o'yinni stadiondan ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo hozir gap ular haqida emas. Liga rahbarlari translyaciya qiluvchi kompaniyalar bilan jahonning eng yirik 5 ta shahrida katta ekranlar o'rnatib, uchrashuvni ko'rishga imkon yaratishdi.

Liga vakillarining so'zlariga ko'ra, bu dunyoning eng chekkasidagi odamlar ham bu ajoyib bahs guvohi bo'lishi uchun bajarilgan. "El-Klassiko" butun dunyoda katta etibor tortuvchi hodisa va ko'pchilik ushbu uchrashuvni uyda emas, do'stlari bilan bar yoki boshqa joyda ko'rishni istaydi. Bunday bahsni katta ekranlarda ko'rish, unutilmas onlarni bahshida etadi.

Ushbu imkoniyat 5 ta shaharda taqdim etildi: Pekin, SHanxay (Xitoy), Nyu Deli, Mumbai (Hindiston) va Yoxannesburg (Janubiy Afrika). Uchrashuvni ko'rish uchun kelgan ko'p sonli muxlislar bu o'yinni tomosha qilishdan tashqari virtual, stol va oddiy futbol o'ynashga muvaffaq bo'lishdi. Bundan tashqari ishqibozlar tanasiga turli suratlar chizildi, bahsdan oldin va keyin ajoyib musiqa yangradi.


Liga rahbarlarining g'oyasi shundan iborat ediki, bazi muxlislar bu kun Barselonaga borib futbolni stadiondan ko'ra olmas ekan, "El-Klassiko" ularnikiga boradi.

Bu ishqibozlar o'z sevimlilarini stadiondan ko'ra olmas ekan, nega endi futbolchilar ular qarshisiga kelmaydi? Bu shaharlarda muxlislarni LaLiganing rasmiy elchilari xursand qildi: Fernando Morientes Pekinga, Gaiska Mendeta SHanxayga, Luis Garsiy Nyu-Deliga, Frederik Kanute Mumbayga, Kristian Karambyo Yoxannesburgga bordi. Har bir yulduz o'z joylariga "El-Klassiko"dan bir hafta oldin borib, reklama kompaniyasi tomonidan muxlislar uchun uyushtirilgan bayramda faol ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlar o'n minglab insonlarni Ispaniya chempionatiga bo'lgan qiziqishini orttiradi, shu bilan birga televizion kompaniyalar va ularning foydalanuvchilari o'rtasidagi aloqalarni yaqinlashtirish.

Bunday voqealar yilda faqat bir marotaba bo'ladi deb o'ylasangiz xato qilasiz. Nyu-York, Dubay, Yoxannesburg, Pekin va Nigeriya poytaxti Abujada LaLigani ommalashtirish bo'yicha bir necha yildan beri ofislar ishlab keladi. Liganing 50 dan ortiq teletranslyaciya kompaniyalari bilan shartnomasi bor: "El-Klassiko" translyaciyasi 180 ta mamlakatda efirga uzatildi va uni 500 mln.dan ortiq muxlis tomosha qildi.

Solishtirish uchun: Yilning eng muhim siyosiy voqeasi - Donald Tramp va Xillari Klinton o'rtasidagi debatlarni 100 mln. kishi tomosha qilgan: Dunyoning eng mashhur shoularidan biri "Evrovidenie"ni 200 mln. odam ko'rdi: Evro-2016 o'yinlarini esa 300 mln.dan ortiq ishqiboz kuzatdi.

Mahalliy vaqt bo'yicha 16:15 tanlanishiga sabab - ushbu uchrashuv barchaga qulay vaqtda bo'lishiga intilishdi. "Real" va "Barselona"ning jahon bo'ylab yuz millionlab muxlislari bor, shu sababli ular yashaydigan joylarda o'yin qulay vaqtda efirga uzatilishi kerak.


Eng kulgilisi, Angliyada muxlislar "El-Klassiko"ni ko'rish imkoniyatidan mosuvo bo'lishgan. Angliya qonunchiligiga ko'ra, mahalliy vaqt bilan soat 14:45 dan 17:15 gacha futbol televideniya orqali ko'rsatilmaydi. Hukumat bu qonun bilan mahallif futbolga bo'lgan qiziqishni orttirmoqchi. Ispaniya ligasi rahbariyatining so'zlariga ko'ra, ular 3 ta vaqtdan birini tanlashi kerak bo'lgan: 13:00, 16:15 va 18:30. So'nggi variant Osiyo uchun juda kech, birinchisi esa Amerika uchun juda erta. Natijada britaniyalik muxlislardan voz kechildi. Rahbarlarning aytishicha, so'nggi yillarda xalqaro translyaciyalardan keladigan foyda 3 marta oshgan.

Ha, APL hozircha bu borada etakchi, ammo ispanlarning butun dunyo bo'ylab muxlislar bilan ishlashi ularga bo'lgan hurmatimizni oshiradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика