So’nggi yangiliklar

23:40Конференциялар лигаси. "Астон Вилла" — "Олимпиакос" ҳамда "Фиорентина" — "Брюгге" учрашувлари бошланмоқда  0 23:33Европа лигаси. "Марсель" "Аталанта"га қарши, "Рома" эса "Байер" билан куч синашади  0 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  2 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  23 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  4 22:41АПЛ. "Челси" — "Тоттенхэм" (онлайн ҳисоб)  1 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  7 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  6

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvni yodga olamiz

Sir emaski Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'zining eng yorqin damlarini mutaxassis Yuriy Sarkisyan davrida o'tkazgan.

Uning boshqaruvida klub ichki chempionatda sovrindorlar qatoridan joy olish barobarida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda ham yomon ko'rsatkich qayd etmasdi.

Farg'onadagi eski stadionning o'zgacha fayzi bor o'yingoh klublar ishtirokidagi xalqaro o'yinlarni boshqa qabul qilmadi. So'nggi marotaba stadion 2012 yil OFK kubogi doirasidagi bahsga mezbonlik qilgandi.

Unda “Neftchi” Hindistonning “Salgaokar” klubini qabul qilgandi. Farg'onaliklar 2011 yil Oliy Ligada to'rtinchi o'rinni egallab OCHLdan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Esingizda bo'lsa o'sha vaqtlarda O'zbekiston uchun OFK kubogiga ham malum bir kvotalar ajratilardi. Hozirga kelib esa faqat OCHL uchungina kvotalar taqdim qilinmoqda. U ham yildan yilga kamayib borayotganini aytish joiz.

Xullas, quraga ko'ra yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Neftchi” “D” guruhida “Al-Vihdat” (Iordaniya), “Al-Oruba” (Ummon), “Salgaokar” (Hindiston) jamoalari bilan guruhdan chiqish uchun kurashishni boshladi. Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'ngi turda g'alaba qozonish yoki durang qayd etish talab etilardi. CHunki, bu paytga kelib vakillarimizda 8 ochko to'plab navbatdagi raund masalasini deyarli ijobiy tomonga hal qilib qo'yishgandi. Oxirgi turdagi g'alaba esa ortiqcha gap so'zga, hisob-kitobga o'rin qoldirmasdi. Raqibda esa yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi.

2012 yilning 8 may kuni “Markaziy” stadionga 14 mingdan oshiq muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishgandi. Stadionda haqiqiy futbol muhiti yuzaga kelgandi. Hozirda ko'pchilik o'sha damlarni qo'msashi tabiiy. Endi Sarkisyan davridagi jamoa qaytmasa kerak.

Uchrashuvdagi birinchi gol ishqibozlarni ko'p kuttirmadi. Hakam hushtagi yangrashi bilan tezkor hujumga o'tgan mezbonlar birinchi daqiqada Pavel Smolyachenkoning tezkor goli evaziga hisobni ochishadi. Ushbu futbolchi keyinchalik ham “Neftchi”da to'p tepdi. Faoliyati davomida legioner sifatida horijda to'p tepdi, Bekobodning “Metallurg” jamoasida to'p tepdi. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Smolyachenko yana bir raqib posbonini bezovta qilishga majbur bo'ldi va ikkinchi to'pni kiritdi. O'yinda etakchilikni qo'liga olgan Sarkisyan shogirdlari 77-daqiqada uchinchi golni urib amalda o'yin taqdirini uzil-kesil hal qildi. Gol muallifi – Anvar Berdiev. Mahoratli hujumchi 2012 yil jamoadagi so'ngi mavsumini o'tkazadi. Yil yakunida 19ta gol bilan Oliy Liga to'purari bo'lgan Berdiev 2013 yil “Bunyodkor” jamoasining taklifini qabul qildi va Toshkentga yo'l oldi.

Ha, bugun biz yodga olgan OFK kubogi bahsi hozirgacha Farg'ona mezbonligida o'tgan so'ngi xalqaro bahs bo'ldi. Sababi "Neftchi" bitta uchrashuvdan iborat 1/8 finalni "Arbil"ga qarshi safarda o'tkazib mag'lub bo'lib musobaqani tark etadi. O'sha mavsumdan so'ng “Neftchi”ning ishlari ortga keta boshladi, turnir jadvalida quyi o'ringa sho'ng'idi. 2013 yil “Guliston” bilan bahsdan so'ng Sarkisyan istefoga chiqarildi. Afsuski, 2012 yil “Neftchi”ning xalqaro maydonda ishtirok etgan so'nggi mavsumi bo'ldi. Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan "buyuk chinorlar" tez orada yana xalqaro maydon nafasidan bahra olar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. 

OFK kubogi. Guruh bosqichi. 6-tur
“Neftchi” (O'zbekiston) – “Salgaokar” (Hindiston) 3:0
08.05.2012. Farg'ona Qirguli, “Markaziy” stadion. 14000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Muhtar Al Yarimi (Suriya)
Gollar: Pavel Smolyachenko 1, 50 Anvar Berdiev 77.
“Neftchi”: Hislat CHilmatov, SHavkat Nasibullaev, Muhsin Nizomiddinov, Iqbol Boboxonov, G'ayrat Jumaev, Sardor Mirzaev (Otabek Isroilov, 85), SHerzod Hakimov, Pavel Smolyachenko (Izzat G'aniev, 67), Anvar Berdiev, Fahriddin Xolmurodov, Sardor Soibov, Anvar Berdiev.
Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Videoni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting: +8   

Fikrlar

+1   
11 apr 08:27:57
Neftci&Barca
TEMUR foydalanuvchining fikriga javob berish
ha Soipovni oʻyinlarni men ham kuzatib borardim juda ajoyib reydlar qilardi
Хозир каерда ўйнаябди экан? Ёки тренер бўлиб ишлаяпдимикан?
+1   
11 apr 07:24:18
TEMUR
Neftci&Barca foydalanuvchining fikriga javob berish
Сардор Соипов нихоятда тезкор вингер эди ўша пайитлари. Кейинги фаолиятида қаерда ўйнаган экан?
ha Soipovni oʻyinlarni men ham kuzatib borardim juda ajoyib reydlar qilardi
+1   
10 apr 19:51:05
M-citi✓As Milan
Eski oliy ligamiz xozirgidan ancha yaxshi fayzliroq edi xar xolda arab futboli yoq edi futbolchilar katazang emasdi ozaro hurmat bor edi
+1   
10 apr 19:49:48
Мирзохон
Аслиддин Фахридинов foydalanuvchining fikriga javob berish
Varotada Hislat chilmatov emasku rasmda
Chilmatov, Бобохонов, Жумаев, Kholmurodov, Nasibullayev, Nizametdinov, Хакимов, Мирзаев, Saibov, Смоляченко, Бердиев
Замена
Исабоев, Эрматов, Нурбоев, Акромов, Ганиев, Йокубов, Исроилов
+1   
10 apr 19:11:53
Садриддин Тўланбойев
Эски стадиони файзи бошқача эди, раҳматли Омон булбулни овозини эшитиб бошқача хисиётлар ўтди ичимдан (Оллоҳ раҳматига олган бўлсин!)
   
13 apr 01:36:24
Uralbek Rasulov
Oyatulloxon foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu sana bir umr esimda qoladi, chunki aynan shu 2012 yil 8 may kuni yaqin dostim futbolga taklif qildi ,bordik u yerdagi atmosferani Neftchini oyini ,shiddatini ko'rib muxlislikni ko'rib osha kundan Neftchini ashaddiy muxlisi bo'lib qolgamman , oshandan beri Chempionat aziani xam kuzatishni boshlagamman , yangilikladan Neftchi digan so'zni qidirardim Neftchi nomini korishim bilan darrov ochib o'qirdim , hech esimdan chiqmedi shu o'yindan keyin mehmonlar ustozi , o'yin haqida gapirib muxlislik xaqida alohida to'xtalganidi , bunaqa muxlislikni osiyoda uchratmagamman diganidi
Neftchida G'ayrat Hasanov va Tojikistonlik jarima ustasi zo'r leganer uyinchsi bular edi
   
11 apr 00:32:15
Bek_Real
Мирзохон foydalanuvchining fikriga javob berish
Элдор Исабоев
Гайрат Хасановку. Исабоев эмас
   
10 apr 23:47:23
S M
Neftchi "buyuk chinorlar" mi yoki "yo‘lbarslar"mi. Shu yaxshiroq muxlislarga yoqimliroq ot topilsa bo‘maydimi?
   
10 apr 23:07:29
Донийор Кадиров
Бу Расим Бунйоткор Билан уйиндаги Расим
   
10 apr 22:39:15
Мирзохон
M-citi✓As Milan foydalanuvchining fikriga javob berish
Adashdimmi
Фото бу ўйинники эмас, топганини қўйган шекилли.
   
10 apr 21:36:21
Neftci&Barca
M-citi✓As Milan foydalanuvchining fikriga javob berish
Varatar adashmasam Gayrat joraev shekili
Расмда Ғайрат, видеода чилматов
   
10 apr 21:35:47
Neftci&Barca
M-citi✓As Milan foydalanuvchining fikriga javob berish
Varatar adashmasam Gayrat joraev shekili
Чилматов ку
   
10 apr 21:35:06
Neftci&Barca
Сардор Соипов нихоятда тезкор вингер эди ўша пайитлари. Кейинги фаолиятида қаерда ўйнаган экан?
   
10 apr 20:22:54
Шухратжон Муйсинович
Фотодаги таркиб бошқа экан
   
10 apr 20:10:23
Oyatulloxon
Shu sana bir umr esimda qoladi, chunki aynan shu 2012 yil 8 may kuni yaqin dostim futbolga taklif qildi ,bordik u yerdagi atmosferani Neftchini oyini ,shiddatini ko'rib muxlislikni ko'rib osha kundan Neftchini ashaddiy muxlisi bo'lib qolgamman , oshandan beri Chempionat aziani xam kuzatishni boshlagamman , yangilikladan Neftchi digan so'zni qidirardim Neftchi nomini korishim bilan darrov ochib o'qirdim , hech esimdan chiqmedi shu o'yindan keyin mehmonlar ustozi , o'yin haqida gapirib muxlislik xaqida alohida to'xtalganidi , bunaqa muxlislikni osiyoda uchratmagamman diganidi
championat.asia
Яндекс.Метрика