So’nggi yangiliklar

16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  1 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  6 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  5 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  1 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  1 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  9 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  13 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  3 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7

Azim Ahmedov: Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa… Yangiliklar

Azim Ahmedov: Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa…

Ketma-ket beshta g'alabasiz seriyadan so'ng, nihoyat, Toshkentning Paxtakor jamoasi zafar quchdi.

Amaldagi mamlakat chempionlari Poytaxt derbisida g'oliblik uchun kurashayotgan Bunyodkorni mag'lub etishdi (2:1). Mavsumni o'ta omadsiz o'tkazayotgan sherlarning ushbu g'alabasi muxlislarda yana umid uyg'otdi. Biz Bunyodkorga qarshi kechgan o'yindan so'ng Paxtakor yarim himoyachisi Azim Ahmedovdan intervyu oldik.

-  Paxtakor Bunyodkorga qarshi o'yinda nimaning evaziga g'alaba qozondi, deb o'ylaysiz?


- O'yinning qiyin kechishini bilgan edik. SHunga yarasha tayyorgarlik ham bo'ldi. Birinchi galda uchrashuvga ruhiy tomondan tayyorlana oldik, deb o'ylayman. Bizga ochko suv va havodek zarur edi. SHularni inobatga olgan holda faqat g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Yakunda vazifani bajardik.

- O'yindan oldin futbolchilarda bosim bormidi?


- Albatta, bor edi. Muxlislar oldida uyatda qolayotgandik. Bu mavsum ishlarimiz yurishmayapti. SHularni o'ylab, o'yinga ruhiy tomonlama tayyorlana oldik. Kutilgan bosimni ham engib o'tdik. Aytib o'tganimdek, bu g'alaba juda ham muhim edi. CHunki beshta o'yindan beri yuta olmayotgandik.

- Bunday yoqimsiz seriyaga nima sabab bo'ldi?


- Umuman olganda, o'yinimiz yomon chiqmayapti. Faqat aksariyat holatlarda bizga omad etishmayapti. Aksiga olib, darvoza tomon tepayotgan zarbalarimiz ham golga aylanmayapti. Bo'lmasa, tarkibdagi barcha futbolchilar o'ziga yarasha xalqaro tajribaga egalar. Aslida, bunday pasayishlar katta-katta klublarda ham uchrab turadi. Angliya premer-ligasidagi grandlar holati fikrimga isbot bo'ladi. Manchester Yunayted ketma-ket uchta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayapti.

- Paxtakor amaldagi chempion hisoblanadi, lekin bu yil chempionga xos o'yin ko'rsatmayapti. Jamoaning ichida buni tahlil qilib ko'rdinglarmi?


- Bilasizmi, oyning o'n beshi yorug' bo'lsa, o'n beshi qorong'u. Bu maqol bevosita futbolga ham qo'llasa bo'ladi. Hamisha bir maromda o'ynashning iloji yo'q.

- Zaxira o'rindig'ining torligi ham omadsizliklarga sabab bo'layotgandir?


- Bo'lishi mumkin. Haqiqatan ham, zaxira o'rindig'imiz bilan maqtana olmaymiz. O'yinni kuchaytiradigan futbolchi deyarli yo'q. Nasib qilsa, kelasi yili yana avvalgi Paxtakorni ko'rasizlar. Klub rahbariyati tomonidan mavsumlar oralig'ida tarkib kuchaytirilsa kerak.

- Jamoaning moliyaviy holati barqaror, deb eshitdik. Menimcha, bu omil omadsizlikka sabab emasdir, to'g'rimi?


- Ha, to'g'ri. Moliyaviy tomondan deyarli muammolar yo'q. Maoshlarimizni vaqtida olyapmiz.

- Igor Sergeevning jamoadan ketishi hujum chizig'ini kuchsizlantirdi...


- Darhaqiqat, Igorning ketishi jamoamiz uchun katta yo'qotish bo'ldi, uning o'rni bilinyapti. Hujumlarimizning yakunlanmay qolayotganiga ham shu omilni sabab sifatida ko'rsatsa bo'ladi.

- CHempionatning qolgan o'yinlarida vaziyatni o'nglay olasizlarmi?


- Bunga astoydil harakat qilamiz. Boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Bunyodkor ustidan qozonilgan g'alaba futbolchilarga yana o'sha umidni qaytarib berganiga ishonaman.

- Jamoadagi murabbiylar almashinuvi ham natijaga tasir qilyaptimi?


- Bunday deb o'ylamayman. Murabbiylar almashinuvidan keyin jamoa o'yinida, tarkib borasida katta o'zgarishlar ro'y bermadi. CHetdan hech kim kelgani yo'q. O'zimizning murabbiylar shtabidagi mutaxassislar ishlash-yapti.

- O'z poziciyangizda o'ynayapsizmi yoki boshqa chiziqlarda ham harakat qilishga to'g'ri kelyaptimi?


- To'rtta uchrashuvdan beri o'z poziciyam, yani markaziy yarim himoya chizig'ida o'ynayapman. Bazi uchrashuvlarda himoya, tayanch yarim himoyachi poziciyalarida ham harakat qildim.

- Akangiz  bilan Paxtakorning bugungi holati haqida gaplashdingizmi? Aniqrog'i, Odil Ahmedov o'zi bu haqda so'rab turadimi?


- SHubhasiz. Akam, tabiiyki, jamoaga befarq emaslar. Ular bilan har bir o'yindan keyin gaplashib turamiz. Nega bunday bo'lyapti, deb so'raydilar. Keyin mehnat qilishdan to'xtamanglar, hammasi yaxshi bo'ladi, deb aytadilar. Eng ko'p aytadigan so'zlari ham aynan shu - Mehnatdan qochmanglar!

- Odil Ahmedovning ukasi bo'lish yaxshi. Lekin o'ziga yarasha masuliyat ham bor. To'g'rimi?


- Gapingizga yuz foiz qo'shilaman. Akam ham hamisha o'zingga ishon, har bir cho'qqiga o'z kuchingga tayangan holda chiqqin, deb takidlaydilar. Men uchun katta masuliyat, o'ziga yarasha bosim ham yuklaydi. Akamga munosib uka bo'lishga, ularning obro'larini to'kib qo'ymaslikka astoydil harakat qilaman.

- Milliy termaga ham taklif etildingiz. Guruhdagi dastlabki ikki o'yin haqida nima deya olasiz?


- Milliy terma jamoamizga ko'z tegmasin. Yigitlar bir jamoa bo'lib, juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. SHu paytgacha JCHning so'nggi saralash bosqichini muvaffaqiyatli boshlamagan edik. Futbolchilar ham buni bilib turishgandi. Barcha yagona maqsad yo'lida birlashib, maydonga faqat g'alaba uchun tushildi. Qo'lga kiritilgan ikki yutuqdan so'ng guruhda peshqadam bo'lib turibmiz. Ishoning, hozir juda ham ahil jamoa jamlangan. Murabbiylar shtabi futbolchilarni qanday ruhlantirishni juda yaxshi bilishadi. Termadagi ichki muhit alo darajada. Menimcha, muvaffaqiyatlarning omili ham shunda.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика