So’nggi yangiliklar

21:42Суперлига. "Олимпик" – "Андижон" (0:0). Highlights  3 21:25Суперлига. "Олимпик" ва "Андижон" нурсиз дурангга имзо чекди  39 21:10Сафонов кетиши керак, лекин ПСЖга эмас...  0 21:00Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги ўриндаги "Металлург" билан дуранг ўйнади  101 20:25ПСЖ Хвича учун 100 млн евро таклиф қилди, бироқ...  1 19:58Про лига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" учрашуви нурсиз дуранг билан тугади  12 19:40VAR хатоларидан энг кўп жабр кўрган АПЛ клублари аниқланди  4 19:16"Реал" футболчиси ЕЧЛ финалини ўтказиб юборади  1 18:47"Ньюкасл" ҳужумчисини "Арсенал"га сотишни истамади  2 18:26Суперлига. "Олимпик" – "Андижон". Таркиблар маълум  6 18:20Суперлигада тоза ўйин вақти қанчани ташкил қилмоқда?  7 17:58Суперлига. "Металлург" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  14 17:35Расман: "Барселона" Хави бош мураббийликдан кетишини эълон қилди  17 17:05Бубанья, Юсупов, Исмоилов, Бабаян ва Бошкович жарима тўлайдиган бўлди  16 16:48Манба: "Барселона" Хавини ишдан бўшатади  14

Azamat Abdullaev: "Indoneziyada Birinchi liga jamoasining o'rtoqlik o'yiniga 7-8 ming tomoshabin tashrif buyuradi" Yangiliklar

Azamat Abdullaev: "Indoneziyada Birinchi liga jamoasining o'rtoqlik o'yiniga 7-8 ming tomoshabin tashrif buyuradi"

Hozirda Indoneziyaning "Perskab Bandung" klubida to'p tepayotgan o'zbekistonlik himoyachi Azamat Abdullaevning yoshlik davri, Indoneziya safari va jahon chempionati to'g'risidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Faoliyatingiz davomida O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagansiz. Hatto 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgansiz. O'smirlik davridan qanday taassurotlar qolgan?

- Albatta, yoshlik davridan unutilmas taassurotlar qolgan. Turli yoshdagi terma jamoalarda o'ynaganman. Biroq yoshlikdagi tajribasizlik tufayli keyinchalik etuk futbolchiga aylana olmadim.

- Bir vaqtlar oltin avlod vakillaridan biri hisoblangan Azamat Abdullaev keyinchalik ko'zga ko'rinmay ketishiga nima sabab bo'ldi?

- Yuqorida takidlaganimdek, yoshlikdagi bazi asoratlar bunga sabab bo'lgan. Hozir endi voyaga etayotgan yoshlar bir paytlar menda sodir bo'lgan muammolarga duch kelsa, ularga xatolarimni takrorlamasligimni aytib, o'z ustida ishlashga undayman. Yoshlikda nohaqliklarga chidolmay, murabbiylarga ko'p gap qaytarib qo'yganman. Bu ham keyingi faoliyatimga tasir o'tkazgan.

- Indoneziyaga yo'l olishingiz qanday sodir bo'ldi?

- Aleksey Evstafeev "SHo'rtan"ga kelgach, meni jamoaga taklif qildi. Unga qadar to'rt yil Qirg'iz Respublikasida to'p tepdim. Murabbiy jamoadan ketgach, men ham G'uzorni tark etdim. "SHo'rtan"dan ketganimdan so'ng, Indoneziya va Qirg'iz Respublikasidan taklif tushdi. Moliyaviy jihatdan maqul kelgani, qolaversa, yaqinda ro'zg'or tashvishi boshimga tushgani uchun SHarqiy Osiyo mamlakati variantini tanladim.

- O'zbekiston va Indoneziya futbolidagi o'xshash jihatlar va farqlar haqida gapirib bersangiz.

- Indoneziyada futbolga bo'lgan qiziqish yuqori. Bizning jamoa Birinchi ligada ishtirok etishiga qaramay, oddiy o'rtoqlik uchrashuvlariga 7-8 ming atrofida tomoshabin tashrif buyuradi. Ularda vodiylik muxlislar singari juda kuchli ishtiyoq bilan muxlislik qiladiganlar bisyor. O'zbekistonda texnik va taktik futbolga ko'proq urg'u berilsa, Indoneziyada asosiy etibor jismoniy kuchga qaratiladi. SHuningdek, bu erda qaysi liga bo'lishidan qati nazar, futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yaxshi darajaga ega. O'zbekistonda o'ynagan klublarim bilan solishtirganda bu er tiklanish va vitaminizaciya bilan taminlash borasida ancha yaxshi holatda. Yuqori ligasida sharoitlar alo darajada. O'zbekiston Superligasidagi barcha jamoalarda ham bunday imkoniyat mavjud emas. 


- Indoneziya davlati 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda? Mamlakatda futbol muhitini his qilish mumkinmi?

- Indoneziya davlati katta tayyorgarlik ko'rmoqda. Muxlislar ham turnir boshlanishini orziqib kutishmoqda. Futbolga qiziqish aholi orasida yuqori. 


- O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining mundialdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- O'ylashimcha, o'smirlarimiz guruh bosqichidan chiqib, kamida Meksikadagi musobaqada qayd etilgan natijani takrorlaydi.

- Kelgusi rejalaringiz qanday? O'zbekiston klublariga qaytish niyatingiz bormi?

- Klub bilan to'rt oylik shartnomam bor. Kelajagim haqida keyinroq o'ylab ko'raman. Hozircha O'zbekistondan takliflar yo'q. CHunki ko'p vaqt boshqa mamlakatlarda to'p tepdim. Superligada o'ynash juda qiyin. 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика