So’nggi yangiliklar

16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  2 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0

"Ashurmatovga biz ham qiziqish bildirgan edik" - "Spartak Moskva" sobiq yulduzi Antaliyada Championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

"Ashurmatovga biz ham qiziqish bildirgan edik" - "Spartak Moskva" sobiq yulduzi Antaliyada Championat.asia saytiga intervyu berdi

FNL vakili Moskvaning "Rodina" jamoasi Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Jamoa bugun  O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi "Andijon"ga qarshi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda birinchi raqam ostida harakat qilgan "Rodina" "burgutlar" darvozasiga yo'l topa olishmadi. Jamoa bundan avval "Bunyodkor" bilan ham bellashgan va kichik 1:0 hisobida zafar quchgandi. Uchrashuvdan so'ng jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan "Spartak Moskva" va Rossiya terma jamoasi sobiq yulduzi Yuriy Kovtun saytimizga kichik intervyu berdi. 

- Yuriy Mixaylovich "Andijon" bilan uchrashuv shaxsan sizda qaysi tomonlama taassurot qoldirdi?

- Juda yaxshi sparring raqib vazifasini o'tadi. "Andijon" ijobiy taassurot qoldirdi, yosh futbolchilarda ishtiyoq kuchli ekanligi yaqqol ko'rinib turdi. Yig'inlar orasi o'yinlarda turli natijalar qayd etilishi tabiiy. Umuman ikki jamoa ham harakat qildi. Hujum qilgan jamoaga o'yinni golsiz tugatish alamli albatta. Oldinda o'yinlarimiz ko'p. Muhimi jarohatlarsiz rasmiy o'yinlarga etib olish. 

- "Andijon" bilan uchrashuvga qadar "Bunyodkor" bilan kuch sinashgan edinglar. Xo'sh, bu ikki raqib nimasi bilan bir-biridan ajralib turdi?

- "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa ekanligi bilindi. O'yini shakllangan, vaziyatlar etarlicha yaratdi. O'ziga yarasha jamoamizga muammolar tug'dira olishdi, degan bo'lardim. "Andijon" boshqacha uslubda harakat qildi. O'zbek klublari bilan nazorat o'yinlari o'tkazayotganimizdan xursandmiz. CHunki rus klublariga qaraganda uslubda farq bor. Rossiyada esa ko'proq jismoniy holatga etibor beriladi. 

- "Rubin"ga o'tgan Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov haqida nima deya olasiz? Umuman o'zbekistonlik ijrochilarga qanday tafsif bergan bo'lardingiz?

- O'zbekistonlik himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirgan edik. Ularning asosiy kuchli tomoni to'p bilan yaxshi muomalada bo'lishlari. Boisi SSSR paytidan beri o'zbek futbolida texnika va to'p nazoratiga katta urg'u beriladi. Yuqori intelektga tayanib, aqlli o'yin ko'rsatishadi.   

- Demak gap Rustam Ashurmatov haqida ketmoqda?

- Ha, Rustam Ashurmatov. 

- O'z vaqtida "Spartak Moskva" safida Mirjalol Qosimovga qarshi ko'p bor o'ynagansiz. Odatda, sizdek Rossiya futbolidagi taniqli nomlar bilan uchrashganimizda Mirjalol Qosimov haqida so'raymiz...

- Qosimov — o'zbek va rus futbolidagi katta nom. U kabi individual kuchli futbolchini yaqin yillarda uchratmadim. Standart vaziyatlardagi mohirona harakatlari yodimda. Qosimov ulkan hurmatga sazovor futbolchi va murabbiy hisoblanadi. 

- Antaliyada 10dan oshiq Superliga jamoalari o'quv-mashg'ulot yig'inlari, nazorat uchrashuvlari olib borishmoqda. Balki qaysidir futbolchini ko'z ostingizga olib qo'ygandirsiz?

- Yig'inlarda buning imkoni kam. Mashg'ulotlar va o'yinlarga, jamoani shakllantirishga ko'p vaqt sarflanadi. Yuqorida aytdim, avval ham o'zbekistonlik himoyachiga qiziqqanmiz. Nima ham derdim, vaqt ko'rsatadi.

Suratlar "Rodina" rasmiy saytidan olindi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика