So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   3 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  6 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Aren Robben: “Bavariya” uchun yirik sovrin – CHempionlar ligasi” Yangiliklar

Aren Robben: “Bavariya” uchun yirik sovrin – CHempionlar ligasi”

“Bavariya” yarim himoyachisi Aren Robben “Football Daily”ga bergan intervyusida muxlislarning yangi murabbiy, “Borussiya”ga qarshi CHempionlar ligasi finali va jamoadoshlari haqida savollarga javob berishiga to'g'ri keldi.


Sizga Anchelotti bilan ishlash yoqyaptimi?

– Anchelotti haqida ko'p gapirish shart emas – uning tajribasi hammasini aytib turibdi. U jahon darajasidagi murabbiy. O'ylashimcha, u biz qilayotgan narsalarni davom ettirishimizga yordam beradi. Oxirgi bir necha yilda yuqori saviyada o'ynab kelyapmiz. Balki, Anchelotti bizga yirik sovrinlarni yutishda etishmagan bir juft narsalarni qo'shar.

Bundesliga – oddiy sovrinmi?

– Albatta, yo'q, ammo yirik sovrin – bu CHempionlar ligasi.

– Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachi kim bo'lgan?

– Hamisha biror kishini tanlash qiyin. Har bir kuchli jamoada ajoyib himoyachilar bor, lekin hammaning kuchsiz tomoni ham bor va ishim ularni topishdir.

– Tomas Myuller doim jamoadoshlari bilan hazillashadimi?

– Ha, u quvnoq yigit. Jamoada bunday kuladigan insonning bo'lishi yaxshi. CHunki kulish foydalidir.

– Siz Evropaning boshqa katta klublarida o'ynagansiz, ammo “Bavariya” siz o'ynashga to'g'ri kelgan klublar orasida eng yirigimi?

– Menga bu erda bo'lish yoqadi va u jahonning eng buyuk jamoalaridan biri. Lekin “Real” yoki “CHelsi” haqida ham shunday deyish mumkin. Dunyodagi eng yaxshi uch klub sharafini himoya qilganim men uchun faxrdir. “Bavariya”da esa o'zimni uydagidek his qilaman.

Bir jamoada o'ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi kim?

– Bir nafarini tanlay olmayman. Bu adolatdan bo'lmaydi.

Evropadagi uch kuchli chempionatda o'ynagansiz: Bundesliga, Premer-liga va La Liga. Qay biri yaxshiroq?

– Har bir chempionat o'ziga xos taraflari bilan ajoyib. Angliya va Ispaniyada o'ynash ham menga yoqqan. La Ligada futbolchidan yuqori texnika talab etiladi, Germaniyada Angliya singari jismoniy holatga katta urg'u berilmaydi. Premer-ligada futbol ancha teng va stadionlar har bir uchrashuvda to'ladi. Har bir o'yin o'ziga xos sinovga teng.

– Hamma sovrinlarga ega chiqqan holda qay birini ular orasida eng muhimi deb o'ylaysiz?

– Albatta, CHempionlar ligasini. Biz treblga erishgan mavsum faoliyatimning cho'qqisidir.

Futbolda sizga nima eng ko'p yoqadi?

– Hamma narsa: mashq qilish, o'ynashva maydonda o'tkazgan har soniyadan zavq olaman. “AlyancArena”dagi har o'yin haqiqiy bayram deganidir.

“Borussiya” darvozasiga CHempionlar ligasi finalida g'alaba golini urganda nimalarni his qilgansiz?

– Juda quvonchli bo'lgandi. Ayniqsa, bir yil oldin finalda yutqazgandik va keyingisida maqsadimizga erishgandik. O'ylashimcha, har bir bola CHempionlar ligasi finalida to'p kiritishni orzu qiladi. Qolaversa, oxirgi daqiqalarda.

Siz juda tezkor futbolchisiz. “Bavariya”da sizdan tezroq futbolchi bormi?

– Ha, bizda Kingsli Koman, Duglas Kosta va Frank Riberi bor, ularning tezligi ajoyib.

Kiyinish xonasida eng aqlli kim?

–Filipp Lam – shu sababli u sardorimiz.

Kim hammadan yomonroq kiyinadi?

– Bizda barcha yaxshi kiyinadi, didimiz yaxshi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика