So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  5 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  5 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  30 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

APL da eng yaxshi debyut qilgan 6 futbolchi Yangiliklar

APL da eng yaxshi debyut qilgan 6 futbolchi

"Manchester Yunayted"ning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshfordning Angliya chempionatidagi debyuti qoyilmaqom tarzda bo'ldi.

U "Arsenal"ga qarshi kechgan 27-tur uchrashuvida raqib darvozasiga ikkita to'p kiritdi va bitta golga hammualliflik qildi. Bugun Premer ligadagi debyut o'yinini Reshford kabi ajoyib tarzda o'tkazgan 6 nafar futbolchini keltirib o'tamiz.

Angliya chempionati Premer liga deb yuritila boshlangandan keyingi muvaffaqiyatli debyutlarga to'xtalamiz. Yani, 1992/1993 yilgi mavsumdan to hozirgi kunga qadar bo'lgan davr.

15.09.1992. Alan SHirer ("Blekbern Rovers")

Muxlislar Premer liga tarixidagi birinchi superdebyutni ilk mavsumning dastlabki turidayoq ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Alan "Sautgempton"dan "Blekbern"ga o'tishi bilan asosiy tarkibdan joy oldi. "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan mehmondagi o'yinda hujumchi dubl qayd etdi, jamoalar esa triller janriga mos tarzda o'tgan bahsda murosa ko'chasini tanlashdi - 3:3.
Mavsum yakunida SHirerning hisobidagi gollar 16 tani tashkil etdi.

"Kristal Pelas" - "Blekbern Rovers" 3:3
Gollar
: Brayt 37, Sautgeyt 63, Osborn 90 - Ripli 42, SHirer 66, SHirer 81


20.08.1994. Yurgen Klinsmann ("Tottenxem Xotspur")

Klinsmann Angliyaga superyulduz maqomida tashrif buyurdi. U bu maqomni "shporlar" tarkibidagi birinchi o'yinidayoq oqladi. "SHeffild Uensdey"ga qarshi kechgan aqlbovar qilmas uchrashuvda g'alaba to'pini kiritdi.

Mavsum yakunida nemis futbolchisi o'z hisobiga 21 ta to'p yozdirib qo'ygan edi.

"SHeffild Uensdey" - "Tottenxem Xotspur" 3:4
Gollar
: Petresku 54, Koldervud (avt.) 66, Xirst 83 -
SHeringem 19, Anderton 30, Barmbi 71, Klinsmann 82


17.09.1996. Fabricio Ravanelli ("Midlsbro")

1996 yil yozgi mavsum oralig'ida italiyalik etakchi kutilmaganda ECHL amaldagi sohibi "Yuventus"ni kamtargina "Midlsbro"ga almashtirdi. Taxminan uch oy avval Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi finalida gol urgan Ravanelli "Boro" uchun birinchi o'yindayoq "Liverpul" darvozasini 3 bor ishg'ol qiladi.

Mavsum italiyalik hujumchi uchun omadli o'tdi, lekin jamoa uchun emas. "Kumush tulki"ning 16 goliga qaramay, "Boro" yakuniy jadvalda 19-pog'onani band etgan holda APLni tark etdi.

"Midlsbro" - "Liverpul" 3:3
Gollar
: Ravanelli (pen.) 26, 36, 81 - Byornebyu 4, Barns 29, Fauler 65


19.08.2001. Ruud van Nistelroy ("Manchester Yunayted")

PSVdan xarid qilingan gollandiyalik to'purarga to'langan 19 million funt sterling o'sha paytda "Yunayted" uchun rekord edi. To'g'ri, bu rekord 11 kundan keyin yangilanadi, MYU Xuan Sebastyan Veron transferiga 29,1 million funt sarflaydi. Ruud birinchi o'yindanoq o'zi uchun sarflangan pullarni oqlashni boshlab yuboradi. Van Nistelroy Premer ligadagi faoliyatini "Fulxem"ga qarshi kechgan o'yindagi dubli bilan boshlaydi.

O'sha mavsum Ruud raqib darvozabonlarini 23 bor ranjitadi va to'purar bo'lgan Terri Anridan bor yo'g'i bitta golga qolib ketadi.

"Manchester Yunayted" - "Fulxem" 3:2
Gollar
: Bekxem 35, van Nistelroy 51, 53 - Saa 4, 48


15.08.2011. Serxio Aguero ("Manchester Siti")

Yulduz hujumchi "Siti"ga Madridning "Atletiko"sidan 2011 yilning yozida ko'chib o'tadi va darhol o'zining to'purarlik qobiliyati evaziga klub muxlislari mexrini qozonadi. CHempionatning Kun ishtirok etgan birinchi o'yinida "Suonsi" taslim etiladi. Jamoa debyutanti ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushadi va to'qqiz daqiqa o'tib APLdagi ilk golini uradi. Uch daqiqadan keyin u David Silvaga golli pas beradi, o'yinning so'nggi daqiqasida esa familiyasini tabloga ikkinchi marta yozdirib qo'yadi.

Mavsum yakunida Agueroning to'purarlik "qop"ida 23 ta aniq zarba bor edi, o'z navbatida bu gollar "shaharliklar"ga 40 yildan ko'proq kutilgan Angliya chempioni unvonini qo'lga kiritishda munosib hissa qo'shdi.

"Manchester Siti" - "Suonsi Siti" 4:0
Gollar
: Jeko 57, Aguero 68, 90, David Silva, 70


06.05.2014. Jeyms Uilson ("Manchester Yunayted")

18 yoshli hujumchi Premer liga doirasida ilk bor mavsum yakunida "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushdi va dubl qayd etdi.

Uilson bugungi ro'yxatdagi o'z iqtidorini to'laqonli namoyish qila olmagan yagona futbolchi, hozircha albatta. Bu o'yin 2013-2014 yilgi mavsumda yagona bo'lib qoldi. Keyingi yil Jeyms maydonga ko'proq tushdi, lekin o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. 2014-2015 yilgi mavsumda umumiy hisobda 348 daqiqani maydonda o'tkazdi va bor yo'g'i bir marta nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

"Manchester Yunayted" - "Xall Siti" 3:1
Gollar
: Uilson 31, 61, van Persi 86 - Frayatt 63


Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика