So’nggi yangiliklar

18:01Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» таркиблари маълум  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  0 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  3 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  1 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  31 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1

Andrey SHevchenko: Men uchun yulduz yoki daxlsiz futbolchi yo'q Yangiliklar

Andrey SHevchenko: Men uchun yulduz yoki daxlsiz futbolchi yo'q

Vaqtning to'xtovsiz o'tishiga qarang: kechagina goleadorlik qobiliyati bilan evrofutbolni zir titratgan And­rey SHevchenko endi murabbiy sifatida yo'lga kirishdi.

Tabiiyki, u yangi sohada ham muvaffaqiyat qozonishni ko'ngliga tugib qo'ygan. SHevaning Ukraina milliy jamoasi bosh murabbiyi rolidagi rasmiy debyu­ti ikki xil taassurot qoldirdi. Bir tomondan, mashhur sobiq hujumchining shogirdlari JCH-2018 saralashi 1-turidan o'rin olgan o'yinda Islandiya termasi darvozasini bir martagina ishg'ol qilishdi va durang natija bilan cheklanishdi. Ikkinchi tomondan qarasak, ular Evro-2016da chinakam shov-shuv ko'targan islandlardan engilishmadi, har holda. Buyuk SHeva shu o'yindan keyin ham Football.ua saytiga eksklyuziv intervyu berib,  milliy jamoadagi ishi haqida to'xtaldi. SHuning barobarida Milanning ayni holati kabi boshqa mavzular bo'yicha ham fikr almashdi.

- Andrey, Ukraina termasini boshqarish masalasida qanchalik ko'p bosh qotirdingiz?

- Ochig'i, menda mamlakat bosh jamoasiga ustozlik qilish orzusi ancha oldin tug'ilgandi. Deylik, jamoani boshqarish bo'yicha tushgan ilk taklif (Ukraina futbol federaciyasi Evro-2012dan so'ng boshqaruvni aynan SHevchenkoga topshirishni xohlagandi)ga rad javobi berishim juda qiyin bo'lgandi. Lekin o'shanda bunday ishga qo'l urish payti hali kelmaganini yaxshi tushunganman. Ortda qolgan 4 yilda o'z ustimda tinimsiz ishladim - o'qidim, bilimimni oshirdim, tahlillarga zo'r berdim.  Mana, nihoyat, endi terma jamoani boshqarishga to'liq tayyorman, deya olaman. Xullas, nomzodlardan biri bo'lish taklifini o'ylamay qabul qildim. Aynan meni bosh murabbiy sifatida tasdiqlashganida esa, behad quvondim.

- Lekin ko'plab muxlislarda xavotir bor. Ularning fikrlariga ko'ra, tajribangiz yo'qligi sabab, bu ishni yaxshi uddalay olmasligingiz mumkin ekan. O'zingiz nimadandir cho'chimayapsizmi?


- Yo'q, qo'rqishimga asos yo'q. Tajriba masalasiga kelsak, terma jamoada etarli muddat o'ynaganman. O'ylaymanki, eng katta va muhim tajribam aynan shu. Boshqacha aytsam, Ukraina termasi faoliyatimdagi bosh jamoa hisoblanardi. Aytaylik, milliy termamizning shakllanish davri, uning evolyuciyasi va bazaviy jamoa modelidan voz kechib, zamonaviy tizim bo'yicha ish boshlaganiga bevosita guvoh bo'lganman. Qolaversa, avvalgi murabbiylar nimaning hisobiga natijaga erishganlariyu, qanday kamchiliklar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashganini ko'rganman. O'yinchilik faoliyatimning oxirgi yillari maydonda eng yoshi katta futbolchidek edim va zimmamga jamoani boshqarish funkciyasi ham yuklatilgan. Xullas, futbolchilar harakatiga boshchilik qilardim. SHunday ekan, qanday ish tutishni ham, ijobiy natija taminlash yo'llarini ham bilaman.

- Murabbiylik tajribasi haqida so'z ochilganida, bir necha oy aynan milliy jamoada Mixail Fomenkoga assistentlik qilganingizni ham aytish mumkin. Sizningcha, o'sha vaqtdagi muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi nima edi?

- Doimgidek, sabablar ko'p. Men yakuniy qaror qabul qiluvchi emas, balki yordamchi edim. Aytishim joiz, zimmamga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarganman. Biroq barchasini faqat Fomenko nazorat qilardi. Binobarin, u ko'rsatkichlarni chuqur tahlil etib, futbolchilar bilan individual suhbatlar olib borardi. SHtabdagi yordamchi murabbiylar funk­ciyasi aniq ko'rsatib qo'yilgan va hech kim undan ortig'iga jazm etolmaydi. CHunki yakuniy natijaga bir kishi - bosh murabbiy masul. SHunday ekan, uning ishiga jiddiy aralashish yaramaydi. O'z o'rnida, alohida takidlashim kerak, o'shanda Ukraina termasi o'ta noshud ko'ringani yo'q. Misol uchun, Germaniya va Polsha termalariga qarshi uchrashuvlarda qiziqarli va o'ylangan uslub vaziyat­lari ko'zga tashlangandi. Biroq o'sha ish hech qanday natija keltirmagan ekan, barchasini obdon o'ylab ko'rish va xatolar ildizini topish zarur.

- Bild nashri Ukraina termasining nemislarga qarshi o'yinidan so'ng bitta suratni chop etgandi. U go'yoki, ukrainlar kiyinish xonasida olingan bo'lib, pol  sigareta qoldiqlariga to'la edi. Nima, jamoa futbolchilari o'yinlardan so'ng darhaqiqat, tamaki tutatishadimi?


- Yo'q, aslo. Boz ustiga, kiyinish xonasida chekish mutlaqo aqlga sig'maydi. Xullas, matbuot sensaciya o'ylab topishga usta.

 - Aytgancha, yana bir latifanamo hikoya bor. Unga ko'ra, turklar bilan o'yinda Aleksandr Rikun sizga zargarona to'p uzatgan va tanaffus chog'i kim pas berganiga qiziqqansiz. SHunda atrofdagilar Rikunni ko'rsatib, unga tarif bera boshlashgan: Ajoyib futbolchi, biroq yomon tarafi - spirtli ichimliklarga suyagi yo'q. Siz esa kulib, agar shunday uzatmalarni amalga oshirib tursa, unga o'zingiz quyib berishingizni aytgan ekansiz. Bunda haqiqat ulushi qancha?


- Ishoning, faoliyatim davomida terma jamoada men bilan birga o'ynagan har bir futbolchini yaxshi bilganman. Boshqacha bo'lishi mumkinmi? SHevchenko o'z jamoadoshini tanimasa-ya... Qisqasi, Sasha Rikunni ham oldindan yaxshi taniyman. U o'ta iqtidorli yigit, uzatmalariga esa darhaqiqat, gap yo'q. Uning ichish-ichmasligi esa meni o'sha vaqtda ham zarracha qiziqtirmagan, hozir ham shunday.

- Endi savolni boshqacha qo'yamiz - maboda terma jamoa futbolchilaridan biri bazaga mast holda kelsa, uni qanday qabul qilasiz?


- Bizda bitta bosh qoida bor - bu tartib-intizom. O'ylaymanki, yigitlar hozirdan ichki tartib-intizomga rioya qilish qatiy talab ekanligini tushunib ulgurishdi. Demakki, mast holda kelish haqida gapirish ham ortiqcha. Zero, tartib, yig'inchoqlik, o'zini yaxshi tutish va ishga jiddiy yondashishni jiddiy talab sifatida belgilab qo'yganmiz. Yigitlar terma jamoa ixtiyoriga kelishgach, xuddi men o'ynagandek harakat qilishlari shart. Tabiiyki, qoidani buzganlar qatiy jazolanishadi. SHu joyda bitta gapni alohida takidlayman: men uchun jamoa­da na yulduz va na daxlsiz futbolchi bor, hammaga bir xil yondashaman.

- Deylik, Konkordiyada chakki o'ynamasligini qayta isbotlagan Artyom Milevskiy avvalgi saviyasini tiklasa, uni terma jamoaga chaqirishingiz mumkinmi?


- Jamoaga ayni paytdagi eng kuchli ijrochilarni chorlayapmiz. Bu shundan dalolat beradiki, terma eshiklari barchaga ochiq. Faqat, milliy jamoa libosini kiyishni xohlagan futbolchi munosib o'yin or­qali o'zini namoyon etsa, bas. SHunda mamlakat shanini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Islandiya terma jamoasiga qarshi o'yin uchun birov kutmagan holatda Dneprdan hujumchilar dueti - Balanyuk-Dovbikni chaqirdingiz. Bu hoynahoy istiqbolni o'ylab qilinayotgan ish bo'lsa kerak. Yoki ular chindan ham, yaqin orada samara keltirishga qodirmilar?


- Nomzodlar safi qancha kengaysa, shuncha yaxshi. SHaxsan men shunday yondashuvni maqul ko'raman. Tabiiyki, yigitlarni yig'inga chaqirishdan maqsad ularning  holati bilan yaqindan tanishishgina emas. Bu istiqbol uchun katta ishning boshlanishi, xolos. Yig'inlar chog'i yosh futbolchilarga terma jamoa muhiti, kuchli masuliyat, murabbiylar talabi va tayyorgarlik jarayoni dinamikasiga moslashish imkonini beramiz. SHuning barobarida kelajakda ulardan umidimiz katta ekanligiga shama qilamiz. Menimcha, bunday yondashuv yoshlarning tezroq o'sishlariga turtki beradi. Qolaversa, terma jamoaga nomzod futbolchini bosqichma-bos­qich tayyorlab borish kerak. Zero, xohlagan futbolchini birdaniga terma jamoaga qo'shsangiz, u qandaydir noqulaylikni his qiladi, bosim tufayli o'zini ko'rsatolmasligi mumkin.

- Marko Devichning jamoaga chaqirilmayotganini nima bilan izohlaysiz?


- Qaytaraman, ayni holat bo'yicha eng kuchli ko'ringan yigitlarni jalb qildik. Bu gap birgina Devich emas, barchaga taalluqli.

- Ko'pchilik rosa gapirgan Tayson Braziliya milliy jamoasidan chaqiruv olgani hamono Ukraina termasi sharafini himoya qilish ishtiyoqini unutgan ekan, futbolchilarni mahalliylashtirishdan qanday mano bor?


- Mahalliylashtirish bilan hukumat shug'ullanadi. Bizning vazifamiz esa, Ukraina pasportiga ega o'yin­chilar bilan ishlash. SHunday ekan, ularning o'zlari masuliyat va tavakkallik darajasini aniqlashtirishlari zarur. Bizdagi qoida oddiy: Ukraina fuqaroligiga ega va ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilarga etibor qaratamiz. Xullas, hech kim - xoh ukrain bo'lsin, xoh mahalliylashtirilgan boshqa millat vakili - uning kelajagiga kafolat yo'q.

- Umuman, Ukraina chempionatida xorijliklarga cheklov qo'yilishiga munosabatingiz qanday?


- CHet eldan kelgan futbolchilarga limit joriy etish-etmaslik - liga rahbariyating ishi. Tabiiyki, bunda turli-tuman faktorlar inobatga olinadi. Terma jamoada esa limit yo'q - barcha yigitlar ukrainalik.

- Oxirgi yillarda ukrainaliklar xorijga chiqishga ko'proq oshiqishmoqda. Bu terma jamoa foydasiga xizmat qilishi mumkinmi?


- Bitta narsa aniq - futbolchilarning o'zlariga doimo o'yin amaliyoti foyda beradi. Yigitlarimiz aynan shu maqsadda ketayotgan bo'lsalar, ularni faqat olqishlayman.

- Sizningcha, Ukraina futboli vakillariga top-chempionatlarda o'ynab ketish uchun avvalo, nima etishmayapti?


- Har bir muayyan holatda o'ziga xos tomonlari bor. Ko'pincha, barchasi futbolchining o'zi yoki uning iqtidorigagina bog'liq bo'lmaydi. Biroq bitta umumiy qoida borki, u doimo yordam beradi. Demoqchimanki, futbolchi nima bo'lishidan qatiy nazar, o'z oldiga yuqori maqsad qo'yishi va unga intilishi kerak. Yakunda muvaffaqiyat albatta, keladi.

- Aytingchi, vaziyat taqozo etsa, sobiq murabbiylaringizdan maslahat-yordam so'rashingiz mumkinmi?


- Ko'plab ustozlarim va jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolganman. Biz tez-tez ko'rishib turamiz, o'zaro qo'ng'iroqlashamiz. Biroq murabbiylar doim ham bir-birlarini qo'llab-quvvatlashmaydi. Mohiyatan olganda, ular o'zaro raqobatchi sanalishadi. Demak, kimdandir bevosita yordam so'rash o'rniga, uning kuchli jihatlarini zimdan o'rganish maqul.

- SHaxsiy murabbiylik qarashlaringizga kimlar ko'proq tasir o'tkazishganini ayta olasizmi?


- Ha, Valeriy Lobanovskiy va Karlo Anchelotti. Lobanovskiydan barcha masalalarga tizimli yondashishni o'rganganman. U hattoki, arzimasdek tuyulgan holatga ham etiborsiz qaramasdi. Anchelotti bilan ish jarayonida esa taktik bilimlarimni oshirdim. Axir hech qaerda taktikaga Italiyadagi kabi jiddiy yondashmasalar kerak.

- Sobiq klubingiz - Milan oxirgi yillarda obro'sini ancha yo'qotdi. Sizningcha, xitoylik sarmoyadorlar jamoani avvalgi cho'qqilarga etaklay olisharmikin?


- Milan doimo qalbim to'rida. Afsuski, hattoki, eng buyuk klublar hayoti ham faqat zafarlardan iborat emas. SHubha yo'q, Milan hali yana yuqoriga ko'tariladi va millionlab muxlislarni ohanrabodek o'ziga tortadi.

- Milan rahbariyati Karlo Anchelotti ketganidan buyon klubning bir qator sobiq futbolchilaridan top-murabbiy kashf etishga urindi - Leonardo, Klarens Zeedorf, Filippo Inzagi, Kristian Brokki... Siz ham vaqti kelib, rossonerlar­ga ustozlik qilishni xohlarmidingiz?


Intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика