So’nggi yangiliklar

12:17Де Брюйненинг "Манчестер Сити"даги келажаки маълум бўлди  1 11:50Тиагу Алькантара "Барселона"га қайтиши мумкин?  1 11:21"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди?  0 10:52ОКМКнинг "Нефтчи" билан ўйин учун қайдномаси маълум  0 10:04ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион  9 09:45"Пахтакор" ва "Қизилқум" муроса кўчасини танлаган учрашувдан галерея  1 09:09Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади   5 08:48"Нефтчи" Фарғонада 8 йилдан бери ОКМКни мағлуб эта олмаяпти. Левченко Қосимовни сўнгги бор қачон ютган?  6 08:10"Қизилқум" 14 йилдан сўнг "Пахтакор"дан Тошкентда очко олди   9 07:45Франция кубоги финал. "Лион" - ПСЖ 1:2   0 07:40Англия кубоги финал. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:2   2 07:32Суперлига. "Бунёдкор" "Сўғдиёна"га қарши. Фарғонада ёнадиган ўйин бор   4 07:25ОФК Чемпионлар лигаси финал. "Ал Айн" - "Йокогама Маринос" 5:1   4 07:20УЕФА аёллар Чемпионлар лигаси финали. "Барселона" - "Лион" 2:0   13 07:15Германия кубоги финал. "Кайзерслаутерн" - "Байер" 0:1   0

Andrey Mishchenko: "Mirjalol Qosimov bilan erkakcha xayrlashdik. "Neftchi"ning o'rni pastda emasligini ko'rsatishimiz kerak" Yangiliklar

Andrey Mishchenko: "Mirjalol Qosimov bilan erkakcha xayrlashdik. "Neftchi"ning o'rni pastda emasligini ko'rsatishimiz kerak"

Ayni paytda "Neftchi" jamoasining mudofaa chizig'ida Aleksey Larin va Andrey Mishchenko juftligi harakat qilmoqda.

 Birinchi davrada AGMK sharafini himoya qilgan Mishchenko yozgi transferlar oynasi vaqtida farg'onaliklar tarkibiga kelib qo'shildi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov "Paxtakor"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdi. 


- Andrey AGMKdan "Neftchi"ga o'tish qarori qanday yuzaga keldi? 

- Har bir futbolchi singari men ham o'ynashni istayman. AGMKda imkoniyatlarimni to'liq ko'rsatishim uchun o'yin amaliyoti etishmadi. Bu pallada menga Vitaliy Grigorevichdan qo'ng'iroq bo'ldi. Bilasiz ushbu mutaxassis bilan "Istiqlol"da birga faoliyat yuritganmiz. O'zaro suhbatdan so'ng "Neftchi"ga o'tishim haqida kelishib oldik. Vaziyatni to'g'ri tushunib qo'yib yuborgani uchun AGMK klubiga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa Mirjalol Qo'shoqovich bilan gaplashib bir qarorga keldim. Yakunda ikkimiz erkaklarcha qo'l berib xayrlashdik. 

- AGMKda qolib sovrinli o'rinlar uchun kurashishingiz mumkin edi. "Neftchi"da esa maqsadlar boshqacha. Tavakkal qaror qabul qildim, deb o'ylaysizmi?

- Men uchun eng muhimi o'yin amaliyotiga ega bo'lish. "Neftchi"ning o'rni pastda emasligini hali ko'rsatishimiz kerak. 

- Birinchi davrada Superligada debyut qildingiz. Yangi chempionatda yangicha xulosalar bo'lishi tabiiy..

- Maydonga chiqib o'z ishimni qilaman. Baholash yoki xulosa qilish mening vakolatimga kirmaydi. Faqat futbol va g'alaba haqida o'ylashim zarur. 

- Startdagi ikki o'yin "Neftchi"ning kuchiga baho berish uchun etarlimi?

- Ikkita o'yinda bir kishi kam o'ynadik. Bu o'z-o'zidan o'yin rejasiga tasir qiladi. 

- Demak qoniqadigan jihat ko'zga tashlanmadi...

- Natija kelishi uchun hali ko'p ishlashimiz kerak. O'yinimizga yana qo'sha olamiz. Bu qo'limizdan keladi, deya olaman. 

- "Paxtakor" bilan o'yinda penalti amalga oshirilganda hammasi o'zgarib ketishi mumkin edi...

- Yutqazganimizdan keyin yana nima deyish mumkin. 45-daqiqada penaltidan gol ura olmadik. Uchrashuvning qolgan qismi qanday davom etgani tushunarsiz. "Paxtakor" tajribali jamoa. Ular xotirjam tarzda bahsga yakun yasashdi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика