So’nggi yangiliklar

15:29Жиру Евродан сўнг Франция терма жамоасидаги фаолиятини якунлашини эълон қилди  0 15:00"Севилья" янги бош мураббий борасида бир қарорга келди  0 14:39Франция терма жамоаси дарвозабони Евро-2024ни ўтказиб юбориши мумкин  1 14:19Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар 25 май куни сотувга чиқади  5 13:57Суперлиганинг 9-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 13:38Пиоли "Милан" бош мураббийи лавозимини тарк этиши аниқ бўлди  0 13:13"Бенфика" ижарага олинган "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олди  0 12:48"Ювентус" собиқ ҳимоячиси жамоага қайтиши мумкин  0 12:25"Динамо" ва "Пахтакор" футболчилари терма жамоадан чақирув олишди  9 12:10Самарқанддаги футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати қуръа ташлаш маросимига испаниялик афсонавий футзалчи ва МЮ собиқ ҳужумчиси келади  3 12:00Улуғбек Асанбаев — "Зомин" вице-президенти  6 11:49Акбар Усмонов: "Бу даражага етиб келишимизда ота-оналаримизнинг ўрни беқиёс"  0 11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  2 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0

"Andijon"ning g'alabalari tasodif emas" - yoxud Bubanya qaysi savolga javob berishni istamadi? Yangiliklar

"Andijon"ning g'alabalari tasodif emas" - yoxud Bubanya qaysi savolga javob berishni istamadi?

"Andijon" jamoasi Pro liganing so'nggi turlarini ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda.

Qiziq fakt shuki, Viktor Kumikov shogirdlari oxirgi 3ta o'yinning barchasida hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib yutuqni o'z tomoniga og'dirib ketdi. Bunda tarkibdagi bo'ydor va jismonan baquvvat futbolchilar katta hissa qo'shishdi, deya olamiz. Ular Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, SHahboz Erkinov. Avvallari "Manchester Yunayted"ga Fergi-taym iborasi ishlatilardi va bu hozir ham ommalashgan. Endilikda esa o'zimizda ham bunday nom bor - "Andijon" - taym. Bu jamoaning jismoniy holati yaxshi ekanligidan dalolat",- deydi Kumikov "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvdan so'ng. Suhbatdoshimiz Vladimir Bubanya ham murabbiyining gapiga qo'shilgan holda bir nechta savollarimizga javob berdi. 

- Dastlab kechagi uchrashuv haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz? "SHo'rtan" o'z maydonida o'ynayotgan, birinchi raqamli jamoa bo'lishi kutilgan edi. Mazkur bellashuvda taktika samara berdimi yoki mahorat?

- Bugungi kunda O'zbekistonda oson o'yinlar qolmagan. Hech bir jamoa o'yinlarni oson yutganini ko'rmadim. G'uzorda ham shunday bo'lishini kutgandik. Muhimi oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik va g'alaba qozondik. Uzoq masofa yo'l bosib kelgan ishqibozlar uchun haqiqiy xursandchilik ulasha oldik.

- "Andijon"ning ketma-ket bahslarda so'nggi daqiqalarda uch ochkoga ega chiqayotganini omadga qiyoslash mumkinmi? Qizig'i omad ham har doim emas, 1-2ta o'yinda keladi...

- Viktor Bolyutovich aytganlaridek hozirga kelib jismoniy sport formamiz yaxshi holatga kirib bormoqda. Savolingizga javob shu. "Andijon"ning g'alabalari tasodif emas. G'alaba yo'lida barcha birgalikda mehnat qilyapti. 

- Klubda malum vaqt muammolar yuzaga keldi. Hattoki, jamoa safar o'yiniga bora olmay qoldi. Bugungi kunda vaziyat o'nglanganmi? G'uzorga borib kelishda ortiqcha qiyinchiliklar kuzatilmadimi?

- O'sha payt qandaydir tushunmovchiliklar bo'ldi. Hozir hammasi joyida. Jamoaning kayfiyati alo darajada. G'alabalar futbolchilarga qo'shimcha ishonch beryapti. Bo'shashmasligimiz va to'xtab qolmasligimiz kerak. 

- "Andijon" jamoasining muxlislari har o'yinda turlich tarzda oxirigacha qo'llab-quvvatlamoqda. Klub ularga mavsum so'nggida Superliga yo'llanmasini sovg'a tariqasida taqdim qilishga qodirmi?

- SHu zayilda kerakli ochkolarni qo'lga kiritishda davom etsak albatta maqsadimizga erishamiz. Har bir bellashuvga jangovar ruhda va hurmat bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. 

- "Surxon" bilan bog'liq voqealarga batafsil javob bera olasizmi? So'nggi yillarda nima uchundir aynan siz bilan muammolar chiqib kelmoqda...

- Kechirasiz, bu haqida hech narsa deya olmayman. Ularga faqat omad tilayman.


 Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика