Alip "Zenit" - CSKA o'yinidan keyin Toropdan kechirim so'radi
16 may 11:46
Yangiliklar
Alip "Zenit" - CSKA o'yinidan keyin Toropdan kechirim so'radi
"Zenit" himoyachisi Nurali Alip ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali CSKA darvozaboni Vladislav Toropga murojaat qildi.
Bu ikki futbolchi Rossiya Kubogi RPL yo'li final javob o'yini doirasida to'qnashib ketishgan, natijada moskvaliklar golkiperi o'yinni davom ettira olmagandi. Keyinroq "armiyachilar"ning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo darvozabon Toropning jag' qismidagi ikkita suyak cingani va miya chayqalishi tashxisi qo'yilganini malum qildi.
"Bugungi bellashuvda ko'ngilsiz vaziyat yuz berdi va men Vladislav Toropdan kechirim so'rab, unga sog'lik tilamoqchiman. Men to'pga intildim va unga nisbatan qo'pollik ishlatish niyatida emasdim. Bunday bo'lganidan qattiq afsusdaman. Vladislav, umid qilamanki, sen tezda davolanib, safga qaytasan".
Fikrlar