So’nggi yangiliklar

12:48"Ювентус" собиқ ҳимоячиси жамоага қайтиши мумкин  0 12:25"Динамо" ва "Пахтакор" футболчилари терма жамоадан чақирув олишди  2 12:10Самарқанддаги футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати қуръа ташлаш маросимига испаниялик афсонавий футзалчи ва МЮ собиқ ҳужумчиси келади  1 12:00Улуғбек Асанбаев — "Зомин" вице-президенти  4 11:49Акбар Усмонов: "Бу даражага етиб келишимизда ота-оналаримизнинг ўрни беқиёс"  0 11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  1 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0 10:40"Андижон" сафар ўйинларидаги ёқимли анънасини давом эттирадими?  7 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда қатнашади. Рақиблар маълум  3 09:40Мбаппе бўлажак жамоаси ҳақида: "Мен билмайман. Онамдан сўранг"  8 09:10"Футбол олами". Марказий ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, "Бунёдкор"да биринчи ғалаба ва 8-тур ҳақида  0 08:40ФАКТ. "Металлург" ўз майдонида "Навбаҳор"ни 5 йилдан бери юта олмаяпти   8 08:20Ҳамидулло Абдуҳамидов: "Ўйлайманки, барчаси ортда қолди. "Дўстлик" сафдан чиққани йўқ"  2 07:50Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. "Навбаҳор" Олмалиқда, "Андижон" Тошкентда меҳмон  7

Aleksandr Glishich: "Dinamo" futbolchilari hali nimalarga qodirligini isbotlaydi" Yangiliklar

Aleksandr Glishich: "Dinamo" futbolchilari hali nimalarga qodirligini isbotlaydi"

Championat.asia saytida intervyular davom etadi.

Galdagi suhbatdoshimiz qishki transferlar oynasida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga kelib qo'shilgan bosniyalik hujumchi - Aleksandr Glishich. Futbolchi Armaniston chempionati joriy mavsumida 9 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. U 2019 yildan beri mazkur klub sharafini himoya qilib keladi.  U bilan intervyu davomida bir qator savollarga javob oldik


- Aleksandr sizni yurtimizda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Yangi jamoaga ko'nikish jarayoni qanday ketyapti? Umuman olganda "Dinamo"dan olgan birinchi taassurotingiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Dastlabki xulosalarim juda ijobiy. Klubda tashkiliy ishlar yaxshi yo'lga qo'yilganligini ko'rdim. Ular o'z ishlarini professional tarzda bajarishmoqda, deya olaman. SHaharda "Dinamo"ning ishqibozlari ko'pligini sezish qiyin emas. Ular ham, biz ham Superliga startini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Stadionga kelgan har bir muxlisga xursandchilik ulashishni maqsad qilganman. 

- Evropa Ligasi va ko'plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi bo'lgan "Alashkert" jamoasidan Superligaga chiqqan "Dinamo"ga keldingiz. Sizni bu erga kelishda nima undadi?

- Gapingiz haqiqatni o'zi. Men yangi sarguzashtlarni yaxshi ko'raman. Bu bilan birgalikda "Dinamo"ning kelajakdagi rejalari o'ziga jalb qildi. Bosh murabbiy avvaldan meni o'z jamoasida ko'rishni istagani muhim rol o'ynadi. O'zbekiston futboli haqida ko'p malumotlarni aytishdi. Yakunda Samarqandga kelishga qaror qildim. 

- "Dinamo"dan taklif tushishi bilan tasavvuringizga birinchi bo'lib nima keldi?

- Birinchi bo'lib Samarqand fikri tug'ildi. CHunki bu juda katta tarixga ega shahar hisoblanadi. Ammo bu haqida ko'p ham gapira olmayman.CHunki kelganimga bor yo'g'i 7 kun bo'ldi. Hozirda asosiy etibor mashg'ulotlarga qaratilgan. Mana shu vaqt ichida ko'plab iqtidorli futbolchilar borligiga guvoh bo'ldim. Video va rasmlar orqali stadionlar bilan tanishdim. Menimcha bir necha oydan keyin qisman xulosa qilish mumkin. Oldinda uzoq mavsum kutmoqda. Tomosha qilishga hali ulguraman. 

- Jamoada o'zingizga asosiy raqobatchi sifatida kimni ko'ryapsiz?

- Kim bilan raqobatlashishimdan qatiy nazar barchamiz birlashishimiz kerak. SHundagina natija bo'ladi. 

- Armaniston klubida bir nechta chiroyli gollar muallifiga aylangansiz. Bunda albatta jamoadoshlaringizni ham hissasi katta bo'lgan. Lekin "Alashkert" va "Dinamo" futbolchilarining darajasi turlicha. Bu erga kelib o'z darajangiz tushib ketishidan qo'rqmaysizmi?

- Yo'q, meni buni o'ylamayapman. O'yinim pasayadi, deb o'ylamaymagan bo'lardim. Ko'rdimki, "Dinamo"da yomon futbolchilar yig'ilmagan. To'g'ri yangi kelgan futbolchilar o'zlarini hali to'liq ko'rsatishga ulgurishmadi. Lekin bu yil ular nimalarga qodirligini isbotlay olishadi. Jamoa va maydon ichida barcha bitta futbolchiga aylanadi. 

- Bunday fikringizdan ko'rinib turibdiki, o'zbekistonlik futbolchilarni taniysiz?

- Masalan Eldor SHomurodov va Jasur Yaxshiboev haqida eshitganman, desam to'g'ri bo'ladi. Ular top darajadagi mahoratli ijrochilar hisoblanadi.

- Samarqandlik futbol muxlislariga nima deya olasiz?

- Futbolchilar maydonda muxlislarga zavq ulashish uchun o'ynaydi. Bu yil davomida Samarqand xalqini o'z o'yinimiz va natijalarimiz bilan quvonch ulashmoqchimiz. Aytganimdek chempionat boshlanishini bizdan ham ko'proq ular kutayotganini his qilib turibmiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика