So’nggi yangiliklar

15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   0 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  7 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  1 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11

"Aksariyat o'zbek futbolchilarining jismoniy holati zamonaviy futbolga javob bermaydi" - Vadim Barnich Yangiliklar

"Aksariyat o'zbek futbolchilarining jismoniy holati zamonaviy futbolga javob bermaydi" - Vadim Barnich

Superliga va Pro ligada ishtirok etayotgan aksariyat klublarimiz jismoniy tayyorgarlik borasida xorijlik mutaxassislarga yuzlanishayotganini ko'rib turibsiz.

Jori mavsumda "Turon" ham bu borada chet ellik mutaxassis ko'magiga ehtiyoj sezdi va asli kelib chiqishi Latviya davlatidan bo'lgan mutaxassis bunga qadar 5 yil davomida Germaniyaning "Fortuna Dyusseldorf" klubi murabbiylar shtabida  ishlagan Vadim Barnich bilan hamkorlik qilmoqda. U jamoada jismoniy tayyorgarlik murabbiyi lavozimida faoliyat olib boryapti. 

- "Turon"ga kelishingiz tarixi qanday bo'ldi?

- Aleksandr Azimov "Turon"da ishlash bo'yicha taklif bilan chiqdi. Klubning o'z loyihasi va maqsadlari etiborimni tortdi. Mening oldimga esa mashg'ulot jarayonidan tortib, ovqatlanishgacha tizmni yaxshilash va yangi darajaga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Mazkur omillar meni O'zbekistonga etakladi. 

- O'zbek futboli, klublarimiz yoki futbolchilarimiz haqida nimalarni bilar edingiz?

- Bunga qadar bu yurt futboliga qiziqib ko'rmagandim. Faqat "Paxtakor" haqida eshitganimni ayta olaman. 

- O'zbekiston iqlim sharoiti jismoniy tayyorgarlik ko'rishda qanchalki qulay yoki qiyinchilik tug'diradi?

- Yozda issiq iqlim sharoitida futbolchilarning tayyorgarligi Evropanikidan farq qiladi. Bu ham futbolchilarning jismoniy imkoniyatlari pasayishiga, o'yin tezligiga tasir qiladi. O'quv-mashg'ulot jarayonini rejalashtirishdan oldin bir qator ilmiy tomonlama o'rganishga to'g'ri keldi. Mahalliy mutaxassislarning maslahatlari menga bu borada biroz bo'lsa ham yordam berdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. 

- Mahalliy futbolchilar bilan bir necha oydan beri ishlab kelmoqdasiz. Xo'sh, ularning jismoniy imkoniyatlariga qanday baho berasiz?

- Aksariyat o'zbek futbolchilarining jismoniy holati bugungi zamonaviy futbolga javob bermaydi. 

- Germaniyadagi faoliyatingiz davomida qaysi mashhur futbolchilar bilan ishlagansiz?

- "Fortuna Dyuzeldorf" da qisqa vaqt ichida U-21 yosh toifasidagi Evropa chempioni, Germaniya U-21 terma jamoasi futbolchisi SHinta Appelkamp va "Uotford" futbolchisi Maduka Okoye kabi bo'lajak nomlar bilan ishladim. 

- Futbolchilarga jismoniy holatini bir meyorida ushlab turish uchun qanday tavsiya berasiz?

- Futbolchilarning jismoniy holatini saqlash va rivojlantirish ko'plab omllarga bog'liq. 1. Futbolchidagi rivojlanishga bo'lgan istak. 2. Mashg'ulotdan tashqari omillarga befarq bo'lmaslik (ovqatlanish, uyqu, stress). 3. Yangi darajaga chiqish uchun qattiq mehnat qilish. 4. Futbolchi imkoni bo'lmagan narsaga emas, hozirgi vaqtda nimani o'zgartira olishi mumkinligiga etibor berishi zarur. Natija o'z-o'zidan kelmaydi. U ongli ravishda harakatni talab qiladi. 

Mavsum davomida futbolchilarning jismoniy holatini saqlab qolish uchun ayrim yo'nalishlarda ilmiy yondashish zarur. Har bir futbolchining individual profili yaratilishi, yuklamalalarni davrlarga bo'lish, jarohatlarni oldini olish va kun tartibi. Bu metodikalarni "Turon"da qo'llashga harakat qilmoqdaman. Lekin Pro liganing past darajasi ishni murakkablashtirmoqda. Bu albatta mening fikrim.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика