So’nggi yangiliklar

03:34Қосимов: "Бугунги ўйин футболнинг безаги бўлди, бир мухлис келган бўлса ҳам, у учун ўйнаймиз"  3 03:10Левченко: "Асабий якун бўлмаганда футболчиларимга максимал балл қўйган бўлардим"  2 02:38Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"ни мағлуб этди  15 00:52Хосе Венансио Лопес: "Дастлабки мақсадимиз гуруҳдан чиқиш. Гуруҳдаги рақибларимизнинг даражаси тенг"  1 00:34Forbes талқинига кўра дунёнинг энг қиммат клуби номи маълум  9 23:35Жасур Жалолиддинов: "Менга катта умид билдираётган мухлислар ишончини оқлашга ҳаракат қиламан"  22 23:07Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" сўнгги турда "Хатайспор"га мағлуб бўлди, Алиқулов эса...  0 22:58Илёс Зейтуллаев: "Бугунги мағлубиятга жисмоний чарчоқ сабаб бўлгани йўқ"  11 22:50Иван Бошкович: "Рақиб дарвозасига 4 та гол уриб ғалабага эришиш ёқимли"  4 22:41Қозоғистон Лига кубоги. "Қайрат" "Акжайик"га жавобсиз 9та тўп киритди, Йўлдошев ҳам гол уришга эришди  0 22:20Файзуллаев РПЛда "Йил кашфиёти" мукофотини қўлга киритди  14 22:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати гуруҳ босқичига қуръа ташланди  16 21:56Футзал бўйича Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди  9 21:38Суперлига. "Нефтчи" — ОКМК 1:0. Highlights  4 21:20Бир киши кам бўлиб қолган "Сўғдиёна" "Бунёдкор"га жавобсиз 4 та гол урди  23

Akbar To'raev: "Hakamlar futbol o'ynashga halaqit qilmasa, shundagina sifatli va shiddatli o'yin ko'ramiz" Yangiliklar

Akbar To'raev: "Hakamlar futbol o'ynashga halaqit qilmasa, shundagina sifatli va shiddatli o'yin ko'ramiz"

"Neftchi" jamoasi Superliganing 7-turidan so'ng turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

Farg'onaliklarning bu mavsum ishonchli o'yin bilan birgalikda natijada ham ustunlikni aks ettiryapti. Bunda albatta darvozabon Akbar To'raevning hissasi ham katta bo'layotganini takidlash joiz. Futbolda o'zgartirib bo'lmas ibora borki, u aynan "Neftchi"da o'z so'zini aytmoqda. "Darvozabon yarim jamoa". "Buxoro"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Akbar To'raevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Keling dastlab "Buxoro"ga qarshi kechgan uchrashuvni yodga olsak. So'nggi daqiqalarda belgilangan penalti hammasini o'zgartirib yubordimi yoki o'yin shu natijaga mos o'tdimi?

- Buxoroga g'alaba uchun borgan edik. SHu bois natijadan qoniqish hosil qilganimiz yo'q. So'nggi daqiqadagi penaltini muhokama qilmoqchi emasman. Nima bo'lganini hamma ko'rdi. 

- Gohida shunday o'yinlar bo'lyaptiki, hakamlarning borligi bilinmayapti, o'yinlar shiddatli o'tmoqda. Lekin ayrim uchrashuvlarda bu yaqqol sezilib qolyapti. Gap jamoalardami yoki referilarda?

- Hakamlar futbol o'ynashga halaqit qilmasa shundagina sifatli va shiddatli futbol ko'ramiz

- Umuman bu yil biz Akbar To'raevni qaytadan kashf qilyapmiz. O'zingiz ham o'yinlaringizda o'zgarish sezyapsizmi?      

- Mavsum oldidan yaxshi va sifatli yig'in o'tkazdik. Bu natijalar birgina meni emas, butun jamoaning harakati. Men shunchaki maydonga chiqib o'zimni ishimni bajarishga harakat qilmoqdaman. Bor gap shu.  Terma jamoadan taklif olish, bu murabbiyga bog'liq.

- 7ta tur o'tdi bu degani birinchi davraning yarimi. Mag'lubiyatga uchramagan faqat "Neftchi" qoldi. Jamoa davra oxirigacha shu tempni saqlab qola oladimi?

- Jamoamiz bilan bir maksadda yig'ilganmiz, xudo xohlasa oxirigacha harakat qilamiz

- Bu yil chempionlik uchun "Neftchi"ning imkoniyatlari haqida nima deya olasiz?

- "Jo'jani kuzda sanaymiz". Hali oldinda o'yinlar ko'p. Lekin biz oxirigacha kurashamiz. Farg'ona xalqini xursand qilmoqchimiz.

- Orada maoshlar bilan bog'liq muammolar haqida xabarlar chiqdi. Muammo echimini topdimi?

- Maoshlardan qarzdorlik yo'q.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика