So’nggi yangiliklar

18:40"Тоттенхэм" Доминик Соланкени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:21Смирнов спорт юристи: "Сафонов трансфери деярли ҳал бўлган"  0 17:53Рамзан Қодировнинг 18 ёшли ўғли "Ахмат" президентига айланди  2 17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  1 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  1 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  3 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  4 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  2 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  7 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  9 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3

"Energetik-BGU" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov - olmos" Yangiliklar

"Energetik-BGU" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov - olmos"

"Energetik-BGU" bosh murabbiyi Pavel Rodnyonok intervyu football.by saytiga intervyu berdi.

- Husanovning qanday o'yin namoyish etayotganini barcha guvohi bo'lib turibdi. Ko'rinib turibdiki, yaxshi o'ynamoqda. Uning aynan qaysi fazilatlari liganing nomdor markaziy himoyachisiga aylantirdi?

- Uning potencial imkoniyatlari nihoyatda yuqori. O'ylashimcha, biz uning taxminan 50 foiz qirrasini ochib bera oldik. U Evropa darajasidagi o'yinchi va jismoniy jihatdan o'sishga erishdi. SHuningdek, u portlaydigan darajadagi tezlikka ega. Husanov maydondagi sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hodisani oldindan his qila oladi — bu uning eng yuqori darajasi. Bundan tashqari, u aql bilan kurashga kirishadi. Unda metin xarakter mujassam. Darvozani goldan saqlash uchun ochiq qolgan nuqtani berkitishgacha boradi. Ruhan bardoshli yigitcha. U diqqatini futbolga qaratgan — bu uning aniq maqsad sari harakatdagi yo'li. Abduqodir hormas-tolmas yigit. Biz himoyachi bajaradigan ishni tarkibiy qismlarga yo'naltiradigan katta hajmdagi individual harakatlarni amalga oshira oldik. Men Husanov bilan ikki yil ishlaganim uchun uni Belarus chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb ayta olaman.

- Bu fazilatlarning barchasi 19 yoshli yigitchada mujassam ekanligi ajablanarli emasmi?

- Sizningcha, u yoshiga nisbatan rivojlanib ketganga o'xshaydi. Eslatib o'taman, Abduqodir 2021 yil butun mavsum davomida "Energetik" bilan shunchaki mashg'ulotda ishtirok etdi, chunki u hali 18 ga ham to'lmagandi va chempionatda ishtirok eta olmasdi. Unda faqat xohish va salomatlik, yani ona tabiat tomonidan nima berilgan va otasidan qanday qobiliyat o'tgan bo'lsa, barchasi mavjud edi. Qolgan barchasi — texnik, taktik bilimlar va boshqa jihatlarni biz orqali o'zlashtirdi.

- Yani uning istedod nishonalarini rivojlantirish talab etilardi...

- Xuddi shunday. Biz hamisha futbolchilarning salohiyatini boshidanoq tekshiramiz. Takror aytaman, Abduqodirdagi istedod poyonsiz. Husanovning qanday darajada bo'lishi murabbiylar shtabining unga nisbatan qanday munosabatda bo'lishiga bog'liq. 

- U ilk mashg'ulotidayoq unutilmas taassurot qoldirgani rostmi?

- Ha, barchasi yaqqol ayon bo'lgandi. O'sha yig'inda himoyachilar bilan ishladim. Bizda aniqlikka asoslangan mashqlar bor edi. U darhol meni savollarga ko'mib tashladi. Ular chuqur mulohazali va aniq edi. Sezdimki, u himoyachi harakatlarining tafsilotini anglamoqchi. "Nega bu erga yugurishim kerak? Nega bu erga ochilishim kerak? Nega bu nuqtaga chiqishim kerak?" Savollar talay edi, ularni tushuntirish esa sobitqadamlikka qaratilgandi.

- Mashg'ulot jarayonidagi qiyinchiliklarga qanday bardosh berdi?

- Matonat bilan. U bilan ishlash yoqimli.

- Husanovda asosiy funkcionallikdan tashqari jarima zarbalari ham noodatiy...

- Darhaqiqat, u zarbalarni yaxshi etkazib berish qobiliyatiga ega. Umuman olganda, u o'z vatanida tayanch yarim himoyachisi sifatida to'p tepganini aytish joiz. Biz uni markaziy himoyada munosib ko'rdik. Mana, oxir-oqibat nima bo'lganini ko'rib turibsiz.

- Futbolchi bahorda yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogi va jahon chempionatiga jo'nab ketdi. Ushbu turnirlardan qanday qaytdi?

- CHarchagan holda qaytdi. Birinchidan, juda kuchli psixologik stress mavjud edi. SHu bois, uning tiklanishi uchun ikki hafta kerak bo'ldi.

- U hozirgi va sobiq himoyachilardan kimni eslatadi?

- Hech kimni. Uning o'ziga xos o'yin uslubi bor. U noyob o'yinchi. SHu bois men unga o'xshashini topa olmayapman. Unda barcha yuqori darajadagi fazilatlar mujassam. Husanov hech kimga o'xshamaydi.

- "Lans" varianti qanday paydo bo'ldi?

- Bu haqda bilmayman. Balki yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bunga turtki bo'lgandir. Bir narsani aniq ayta olaman: yil davomida klublardan qo'ng'iroqlar bo'ldi. Evropa, Osiyo, Rossiyadan aloqaga chiqib, "Himoyachi haqida malumot bering" deyishdi.

- Husanov Umarov singari quvnoq xarakterga egami yoki Yaxshiboev va Abdixoliqov kabi kamtarinmi?

- U Bobir kabi kamtarin va juda tarbiyali. Ota-onasiga rahmat.

- Yaqinda Ramazon oyi edi. Husanov ro'za tutdimi?

- Ha. U ro'zaga amal qiladi. Albatta, unga qiyin bo'ldi — buni ko'rdim. Ammo metin xarakteri va qatiyatligi tufayli buni uddaladi.

- Til borasida muammo bormi? Bu O'zbekistondagi keksa avlodga qaraganda yoshlar orasida ko'proq uchraydi.

- Avvaliga shunday edi. Hozir esa hammasi joyida. U Rus tilida yaxshi gapiradi va tushunadi.

- Uning "Lans" bilan ehtimoliy shartnomasi "Energetik" murabbiylar shtabining mohirona ish faoliyati tasdig'i deyishimiz mumkinmi?

- Biz uning salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berdik. Agarda Abduqodir "Energetik" futbolchisi bo'lmaganida, ehtimol, hozirgidek yorqin o'yinchiga aylanmagan bo'lardi. Murabbiylar shtabi esa o'z zimmasidagi vazifani bajardi. Uning yuqori darajadagi futbolchi ekanligi boshidanoq malum edi. Husanov — barcha qirrasi kashf etilmagan olmos. Biz faqat unga ishlov berishiz kerak edi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика