So’nggi yangiliklar

00:29Ўртоқлик ўйинлари. Холанднинг хет-триги Норвегияга ғалаба тақдим этди. Дания Швецияни енгди  2 00:23Жозе Моуринью: "Рома"нинг бирорта ҳам ўйинчисига қизиқиш билдирмаяпман"  2 23:58Тимур Кападзе: "Малига қарши ўйинлар Олимпиада иштирокчиларининг қандай даражада эканини чамалаб олишга ёрдам беради"  2 23:22Ўзбекистон ОТЖ Мали билан ўйинга тайёрланмоқда + Кападзе, Жалолиддинов ва Норчаевдан интервью  0 22:59ЎФА Туркманистонга қарши ўйин олдидан майдонга югуриб чиқувчи мухлисларга жазо муқаррар эканини эслатди  3 22:3535:0! Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида шундай ҳисоб қайд этилди  5 22:08Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  3 21:49Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Туркманистонга қарши ўйин олдидан ўтказган расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:17Алишер Узоқов ЗўрТВ телеканалида "Евро"ни шарҳлаб боради  33 20:47Аббосбек Файзуллаев Туркманистонга қарши ўйин ва ЦСКАдаги ўзгариш ҳақида гапирди  6 20:21Туркия терма жамоаси аъзоси "Ал Шабаб"га ўтиши мумкин  0 20:00"Тоттенхэм"ни 4 нафар футболчи тарк этди  0 19:43Ўзбекистон МТЖ Туркманистонга қарши баҳсдан олдинги расмий машғулотни ўтказди. Аббос Файзуллаев интервью берди  0 19:15АПЛда VAR бекор қилинмайди  2 18:56Ўзбекистон олимпия терма жамоаси посбони йиғинга жароҳат билан келган. Унинг ўрнига бошқа футболчи чақирилди  6

Abdug'ani Kamolov: "Neftchi" yozgi transferlarda faol bo'lishi mumkin. Xudo xohlasa "Turon" shu yili Superligaga qaytadi" Yangiliklar

Abdug'ani Kamolov: "Neftchi" yozgi transferlarda faol bo'lishi mumkin. Xudo xohlasa "Turon" shu yili Superligaga qaytadi"

"Turon" jamoasi ayni paytda Tojikistonda o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

Pro ligada peshqadam bo'lib turgan yaypanliklar keyingi bahslarga puxta hozirlik ko'rmoqda. Jamoa 16 iyul kuni "Lokomotiv"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu jarayonlar xususida jarohatdan so'ng tiklanish bosqichini o'tkazayotgan Abdug'ani Kamolovning fikrlari bilan qiziqdik.  Futbolchi dastlab mavsum  startidagi o'yinlari va jarohati haqida to'xtalib o'tdi. 

- Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni qurbon xayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Joriy mavsum jamoam, qolaversa o'zim uchun ham yomon boshlanmadi. SHukurki, tanaffusga birinchi o'rin bilan yo'l oldik. Jarohatga kelsak, 7-turda "Yangier" bilan uchrashuvda jarohat orttirdim. Jarohatim bundan yomon bo'lgani yo'q. Ayni paytda tiklanish mashqlarini olib boryapman. O'ylaymanki, tez orada maydonga qaytaman. 

Suhbat davomida "Turon" tomonidan qanday amaliy yordam ko'rsatilgani va davolanishda klubning o'rni haqida ham so'radik. Nima uchun jarohatdan qaytayotgan futbolchilardan bu haqida so'rayapmiz, zero mazkur jarayonda o'yinchisini etiborsiz qoldiradigan klublar ham yo'q emas...

- Buning uchun "Turon" klubi rahbarlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bir hafta davomida Toshkentdagi travmatalogiya insitutida jarrohlik amaliyotini o'tkazdim. Klub barcha kerakli narsani etkazib berdi. Moddiy tomondan ham Harajatlarni o'zlari qoplashdi. 


Tiklanish vaqtida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislarning o'rni kattadir. Bunday pallada Birgina noto'g'ri qilingan harakat keyinchalik qimmatga tushishi mumkin. "Turon"da faoliyat olib borayotgan asli kelib chiqishi latviyalik bo'lgan Vadim Barnich borasida Abdug'ani Kamolovning fikrlari quyidagicha bo'ldi. 

- U o'z ishining ustasi desam mubolag'a bo'lmaydi. Hozirda ham mashg'ulotlarni Vadim Barnich qo'l ostida o'tamoqdaman. U jamoaga kelgan ilk kundanoq ovqatlanishga alohida etibor bera boshladi. Pavloni esa haftada bir marotaba istemol qilamiz. 


Suhbatdoshimiz turnir jadvali haqida gapirar ekan bundan buyon bo'shashmaslikni takidladi. 

- Hali mavsum oldinda. Har bir o'yinga finalga chiqqandek munosabatda bo'lishimiz kerak. "Turon"da juda yaxshi jamoa shakllangan. Barcha aka-ukadek. Xudo xohlasa "Turon" shu yil Superligaga qaytadi, degan umiddaman. Oldinda yanada qiyin o'yinlar kutib turibdi. Yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish maqsadida Tojikistonning "Bahoriston" bazasida shug'ullanyapmiz. Barcha sharoitlar yaratilgan. Barchaning kayfiyati alo darajada. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib boryapmiz. 

"Turon"da bir nechta gollarga assistentlik qilgan Abdug'ani Kamolov avvalgi jamoalarida nima etishmagani va yozgi transferlar  borasida shunday javob qaytardi.

- O'yin amaliyoti etarli bo'lmagan. Deylik "Andijon"da 8-turga qadar o'yin qaydnomasiga kiritilmagandim. Yorqin Nazarov bosh murabbiy bo'lgach barqaror o'ynashni boshladim. SHu inson tufayli katta futbolga kirib kelganman. Ularga katta rahmat aytaman. Yozgi transferlar oynasi vaqtida katta xaridlar ko'rmaymiz, deb o'ylayman. "Neftchi" bu borada faol bo'lishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика