Frimpong: Meni haqorat qilishgani uchun jazolashdi, yana Rossiyada JCH o'tkazilarmush
18 iyu 2015 09:05
Yangiliklar
Frimpong: Meni haqorat qilishgani uchun jazolashdi, yana Rossiyada JCH o'tkazilarmush
Ufa yarim himoyachisi Emmanuel Frimpong Rossiya chempionati 1-turida Spartakka qarshi o'yindan (2:2) so'ng olgan qizil kartochkasiga izoh berdi.
CHetlatish uchun uzr so'ramoqchiman. Meni majbur qilishdi. O'yin vaqtida irqchilikka doir haqoratlar bo'lmasligi kerak.
Spartak bilan durang – bu fantastik natija. Jamoam bilan faxrlanaman.
Meni haqorat qilishgani uchun meni jazolashadi. Yana bu davlatda Jahon chempionati o'tkazilarmush, mundialga Afrikadan ko'plab futbolchilar kelishadi.
Spartak muxlislariga qoyilman, ajoyib muhit yaratishdi. Barchasini barbod qilgan inson esa haqiqiy sharmanda, – deb yozadi Frimpong o'z tvitterida.
Fikrlar