So’nggi yangiliklar

22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  15 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  3 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  0 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   3 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  26 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  4 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   2 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  5 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  23

“Nasaf”- “Mashal”: o'zaro o'yinlar Yangiliklar

“Nasaf”- “Mashal”: o'zaro o'yinlar

Birinchi davraning so'nggi turida vohaning ikki jamoasi – “Nasaf” va “Mashal” o'zaro hisob kitob qilishadi.

Umuman o'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlasak, “voha derbi”si maqomini olgan mazkur qarama-qarshilik har doim muxlislar diqqat markazida bo'lib kelgan.

 “Mashal” hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro o'yinlar tarixiga ko'z tashlasak, o'tkazilgan 24 ta o'yinning 12 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mashal" vakillari esa 6 bor g'alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 41-25.
Qarshiliklar oxirgi marta Muborakdan 2005 yili g'alaba bilan qaytishgan (2:0). O'shanda ayni paytda “Nasaf” o'rinbosarlarini boshqarayotgan Zafar Xolmurodovning “dubl”i “Nasaf”ga uch ochko keltirgan edi. Umuman ushbu “derbi”da “Nasaf” futbolchilari tomonidan kiritilgan 33 ta golning sakkiztasiga Xolmurodov mualliflik qilgan. “Mashal” esa 2007 va 2008 yilgi mavsumda Qarshidan g'alaba bilan qaytgan.

 “Nasaf” - “Mashal”  uchrashuvida eng yirik hisob 2007 yilda qayd etilgan. O'shanda muboraklilar 4:1 hisobida g'olib chiqishgan. 2004 yilgi aynan Muborakda o'tgan o'yinda darvozalarga 7 ta gol kiritilgan (4:3).

Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan. Joriy mavsumda Qarshida o'tkazilgan birinchi davra o'yinida “Nasaf”ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan bahsda, jamoamizning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan uch marta “Mashal” darvoazsini aniq nishonga olishga erishdi.
Qiziqarli statistikaga nazar tashlasak, jamoalar tarkibida to'p surgan ikki futbolchi Zafar Xolmurodov va Jasur Boboev “Nasaf” va “Mashal” tarkibida to'p tepib, “derbi”da gol urishning uddasidan chiqishgan.

2004 yili Jasur Boboev “Mashal” safida harakat qilib “Nasaf” darvozasini ikki marta ishg'ol etgan bo'lsa, 2009 yilda esa u qarshiliklar safida “Mashal”darvozasiga gol urishning uddasidan chiqqan edi.

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida eng ko'p, besh marotaba  qayd etilgan hisob bu: 2:0. Bu jamoalar o'zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo'lishgan.
Ayni payda “Nasaf” futbolchilari 29 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasida borayotgan borayotgan bo'lishsa, “Mashal” futbolchilari Oliy ligada so'nggi uch turda ketma-ket imkoniyatni boy berib, jadvalning 10-pog'onasini egallab turishibdi.


O'zaro o'yinlar:

2002 yil 20 aprel

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar
: No'mon Hasanov 20, Oybek Usmonxo'jaev 72.

 

2002 yil 26 oktyabr

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar
: Vali Keldiev 23, Botir Qoraev 49.


2003 yil 27 aprel

Mashal - Nasaf - 0:0


2003 yil 27 sentyabr

Nasaf - Mashal - 3:1


 

2004 yil 4 mart

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar
: Zafar Xolmurodov 16, 31 – Qudrat Madaminov 20.

 

2004 yil 20 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:3

Gollar
: Rustam Qodirov 51, Jasur Boboev 73, 74 – Zafar Xolmurodov 45, 84, 89 pen.

 

 2005 yil 27 iyun

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar
: Zafar Xolmurodov 77, 84.


2005 yil 10 avgust

Nasaf - Mashal - 1:0

Gol
: Botir Qoraev 3 pen.
 

2006 yil 24 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar
: Botir Qodirqulov 4 – Davron Fayziev 75.

 
2006 yil 28 iyun

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar
: Ilyos Qurbonov 13, Konstantin Boev 26, 82 – Viktor Klishin 70.

 

2007 yil 21 aprel

Nasaf - Mashal - 0:1

Gol
: Botir Qodirqulov 19.
 

2007 yil 1 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:1

Gollar
: Viktor Klishin 5, 32, 49 – Ro'ziqul Berdiev 66.

 

2008 yil 5 aprel

Mashal - Nasaf - 2:1

Gollar
: Rustam Qodirov 90 – Yaroslav Krushelnickiy 15 (avtogol), Zafar Xolmurodov 67.


2008 yil 8 noyabr

Nasaf - Mashal - 2:3

Gollar
: Bahodir Murtazoev 28, SHerbek Yo'ldoshev 83 – Ilhom SHomurodov 12, Viktor Klishin 36, Rustam Qodirov 59.


2009 yil 20 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar
: Zafar Xolmurodov 64 – Kamoliddin Murzoev 60.

 
2009 yil 19 avgust

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar
: Bahodir Pardaev 51 pen., Jasur Boboev 61.

 

2010 yil 21 may

Nasaf - Mashal - 3:1

 

2010 yil 21 avgust

Mashal - Nasaf - 1:0

Gol
: Rindyuk 86.

 

2011 yil 15 may

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar
: 1:0 - Artur Gevorkyan, 45+2, 2:0 – Nosir Otaqo'ziev, 56

 

2011 yil 9 sentyabr

“Mashal” – “Nasaf” - 1:1 (0:1)

Gollar
: 0:1 - To'raev Lutfulla, 44, 1:1 - Petkovich Igor, 54

 
2012 yil 26 aprel

“Mashal” –“Nasaf” – 0:0

2012 yil 27 sentyabr

“Nasaf” – “Mashal” 3:0

Gollar
: K.To'raev (41), A.Petrovich (46), V.SHishelov (72)

 

2014 yil 14 iyun

“Nasaf” – “Mashal” 4:2

Gollar
: Alisher Yusupov (28), Artur Gevorkyan (32,54,58) – Mo'ydin Mamazulunov (42), Jahongir Abdumo'minov (45).

 

2014 yil 2 noyabr

“Mashal” – “Nasaf” 1:1

Gollar
: M.G'ofurov (90+1) – A.Gevorkyan (86, penaltidan).

 

“Nasaf” PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика