So’nggi yangiliklar

18:36Бу жамоа 22 йил ўтиб АПЛга қайтди  2 18:29АПЛ. "Арсенал" ВАР қарорлари туфайли ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  7 18:15Суперлига. "Андижон" - "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  18 17:31Куртуа қайтди. "Реал" асосий таркиби эълон қилинди  3 17:06Рюдигер Роналдуни "Реал"нинг энг буюк футболчиси деб атади. Криштиану тезда "коммент" ёзди  11 16:45Мартино Ди Мариянинг "Интер Майами"га ўтиши ҳақидаги миш-мишларга фикр билдирди  0 15:53Финалдаги ҳиссиётлар. Япония - Ўзбекистон ўйинидаги суратлар жамланмаси  5 15:24Суперлиганинг 6-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:19АПЛда "Олтин қўлқоп" кимга насиб этиши маълум бўлди  6 14:43"Бавария" Эрик тен Хаг номзодини кўриб чиқяпти  9 14:14Кассано: "Аллегрини матбуотда 4-5 нафар дўсти бор, улар мураббий айтганини ёзади"  0 13:42Ҳеч нарса қилмаган одам хатога йўл қўймайди  25 13:21Ройсга МЛС клублари қизиқиш билдирмоқда, аммо...  3 13:13U-23 Осиё Кубоги. Финалдан кейинги кадрлар ва тақдирлаш маросими ГАЛЕРЕЯ  12 12:51"Реал" бугун чемпион бўлиши мумкин, агар...  0

"SHo'rtan" G'uzorda "Metallurg"ga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

"SHo'rtan" G'uzorda "Metallurg"ga yirik hisobda yutqazdi

Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
G'uzordagi o'yin boshlanishi 30 daqiqaga qoldirildi. Bunga havoning juda ham issiqligi sabab bo'ldi. O'yinni boshqarib boradigan hakamlar etib kelishmagani malum qilindi. Bahs hamon boshlangani yo'q.

O'yin soat 20:20da boshlandi. 4-daqiqada Saidjon Abdujabborov Eldor Tojiboev bilan birga-bir vaziyatga chiqib oldi va zarba berdi ammo uning zarbasini Tojiboev ushlab oldi.

18-daqiqada Viktor Klishin himoyachidan o'zib ketib to'pga zarba berdi ammo to'p darvozabonga tepasidan oshib o'tib o'z yo'nalishini o'zgartirdi Klishin esa boshlagan ishini yakunlay olmadi.

25-daqiqada Ruslan Vagapov to'pni Nomanovga etkazib berdi. Darvoza tagida turgan Ayubxon to'pga biroz noaniq zarba berdi.

39-daqiqada SHerzod SHaripovning qo'pol o'yini sababli Oq bo'rilar darvozasiga jarima to'pi belgilandi. Himoyachilar aniq harakat qilishdi.

45-daqiqada Ruslan Vagapovning chiroyli pasini SHahzodbek Nurmatov ajoyib tarzda Tojiboev darvozasiga joylashtirdi qo'ydi - 0:1.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

50-daqiqada Murodjon Toshmatov SHo'rtan himoyachilaridan uzib ketishga erishdi ammo Asror Aliqulov uni to'xtatishga muyassar bo'ldi.

53-daqiqada Suhrob Berdiev to'pni jamodoshlaridan qabul qilib oldi va Taranga uzatdi ammo Igor yana etiborni yo'qotdi.

57-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. SHahzodbek Nurmatov raqib jarima maydoni ichida yiqitilgandi. Ayubxon No'monov 11 metrli jarima to'pini aniq amalga oshirdi - 0:2.

61-daqiqada Doniyor Odilov uzoqdan SHo'rtan darvozasi tomno zarba yo'lladi ammo darvoza to'sini mezbonlar joniga oro kirdi.

74-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan G'ulom-Haydar G'ulomov ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

84-daqiqada Viktor Karpenko Zafar Safoevni yaxshigina ter to'kishga majbur qildi. Ajoyib seyv.

Zafar Polvonov ikki daqiqa ichida ikki marta qulay imkoniyatni boy berdi.

90+2-daqiqada Dilmurod Karimov hisobni yiriklashtirdi - 0:3.

Bahs mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.

SHo'rtan (G'uzor) – Metallurg (Bekobod) 0:3
30 iyun 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 20:20
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: SHaxzodbek Nurmatov 45, - 0:1 (Ruslan Vagapov). Ayubxon No'monov 58 penalti, - 0:2 (SHaxzodbek Nurmatov). Dilmurod Karimov 90+2, - 0:3. 
“SHo'rtan”: 1.Eldor Tojiboev, 5.Asror Aliqulov, 9.Igor Taran, 10.Viktor Klishin (7.Viktor Karpenko, 35),  14.Umar Eshmurodov, 17.Mirzokamol Kamolov, 18.Eldor Boymatov, 19.Suhrob Berdiev (11.Zafar Polvonov, 65), 22.Laziz Ubaydullaev, 28.Murod Rajabov (21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 60), 29.SHerzod SHaripov.
Zaxira: 30.Timur Jo'raev, 4.Jamol Otaqulov, 16.Elyor Intizomov, 27.Olim Karimov.

“Metalllurg”:  91.Zafar Safoev, 4.Hikmat Hoshimov, 7.Doniyor Odilov (6.Dilmurod Karimov, 83), 8.Ayubxon No'monov, 9.SHahzodbek Nurmatov, 14.Davron Karimqulov, 19.Ruslan Vagapov (21.Sardor Rasulov, 80), 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 77.Saidjon Abdujabbarov (15.Alisher Ziyovuddinov, 90+3), 88.Javlon Mirabdullaev.
Zaxira: 32.Suxrobjon Sultonov, 10.SHohnazar Norbekov, 17.Nozimjon Esonov, 55.Zohid Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Saidjon Abdujabborov 12, Mirg'iyos Sulaymonov 22, Eldor Tojiboev 58, Mirzokamol Kamolov 58, Laziz Ubaydullaev 82.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика