So’nggi yangiliklar

18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:27Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 18:01Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» таркиблари маълум  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  3 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  3 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  1 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2

Futboldagi “karate” Yangiliklar

Futboldagi “karate”

Kecha Qarshi shahridagi “Geolog” stadioniga ayollar o'rtasida Oliy liga to'rtinchi tur doirasida bo'lib o'tgan “Sevinch”-“Buxoro W” uchrashuvini bevosita maydondan kuzatish uchun tashrif buyurdim.

Malumki, “Geolog” stadioni “SHo'rtangaz” kimyo majmuasi tasarrufidagi sport sog'lomlashtirish markazining bir qismi hisoblanadi. U erda yosh o'g'il qizlar futboldan tashqari bir necha sport turlari bilan shug'ullanishadi.

Stadionga tashrifimning boisi faqatgina futbol tomosha qilish edi. Karatega doir “ko'rgazmali chiqish”ning guvohi bo'lishim esa xayolimga ham kelmasdi.

Gap shundaki, mehmonlarning 10-raqamli futbolchisi Ekaterina Langaeva “Buxoro W” tarkibida futbol musobaqalarida ishtirok etsa-da, uni bemalol murabbiylarga sharq yakkakurashlari bo'yicha ham sinab ko'rishni tavsiya qilgan bo'lardim. Boisi…

Keling, voqea tafsilotlariga batafsil to'xtalamiz. 8:0 hisobida ortda qolayotgan “Buxoro W” futbolchilari o'z jarima maydonchasi yaqinida 69-daqiqada Feruza Turdiboevaga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Uchrashuv bosh hakami Anna Sidorova noto'g'ri poziciya tanlagani bois ushbu holatni ko'rmay qoldi. To'p “Sevinch” himoyachilaridan biriga kelib tushgach, u to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Maydonda yotgan Feruza tomon mehmon jamoa sardori Langaeva yugurib kelib, “atayin yotib o'yinni cho'zmasligi” kerakligini uqtirgan ko'yi turtib, po'pisa qila boshladi. Qizig'i, o'yinni cho'zish “Sevinch” futbolchilari uchun yot holat hisoblanishini muxlislar juda yaxshi bilishadi. O'ziga nisbatan harkatdan jahli chiqqan Turdiboeva esa Langaevaga nisbatan hakamning fikricha, “qo'pol so'zlar” bilan javob qaytardi. Uchrashuv bosh hakami Sidorova har ikki futbolchiga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi. Turdiboeva maydonni tezda tark etdi. Ekaterina esa hakamning nohaqligini isbotlashga tushib ketdi. Biroz o'tib maydon tashqarisidagi raqibi Feruza tomon vajohat bilan yugura ketdi. Ziddiyatni tinchlantirish uchun yugurgan zahira hakami Zilola Rahmatova va boshqa futbolchilar Langaevani tinchlantirguncha stadionga yig'ilgan muxlislar uning karatedan ham etarlicha mahorati borligiga guvoh bo'lishdi. Oyoqda berilgan qattiq zarba doim sport bilan shug'ullanib yurgan Feruzaga uncha tasir qilmaganini uning tik oyoqda zahira o'rindig'ini tark etganidan bilish mumkin. Agar Turdiboeva jismoniy baquvvat bo'lmaganida Ekaterinaning zarbasidan qaytib o'rnidan tura olmasligi ham mumkin edi. O'ylaymizki, ayollar futboli associaciyasi mutasaddilari ushbu holatni o'rganib chiqishadi.

Ayollar futboli garchi erkaklar futbolichalik ommaviy bo'lmasa-da, unga oddiy holatlardan boshlab etiborni oshirib borish kerak. Uchrashuvda etiborga molik holatlar ko'plab uchradi. Bu haqda batafsil to'xtalmoqchi emasman.

SHunchaki quruq gap bo'lib qolmasligi uchun, stadionga tez yordam mashinasining kechikib kelishi, mehmon jamoa futbolchisi Feruza CHorieva qaydnomada 23-raqamda ko'rsatilib, maydonda 13-raqamda harakat qilishi yoki murabbiy Obid Rajabovning goh zahira o'rindig'idan, gohida nazoratchi tomondan ko'rsatilgan tomoshabinlar o'rindig'idan ko'rsatma berishi biz uchun javobsiz savol bo'lib qolaverishini aytib o'tishimiz mumkin.

Nima ham derdik, ish bor joyda kamchilik bor. Hamma gap xatolarni takrorlamay, undan tegishli xulosa chiqarishda!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика