So’nggi yangiliklar

20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  0 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  20 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  5 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон 0:4 (матнли трансляция)  4 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  25 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2

Ayollar futboli. “Sevinch” jamoasi “Buxoro W”ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” jamoasi “Buxoro W”ni yirik hisobda taslim qildi

Kecha Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida XXI O'zbekiston chempionati, 4-turida “Sevinch” jamoasi Buxoro shahrining “Buxoro W” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumi bilan boshlandi. Jamoamiz ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. SHunday hujumlarning birida o'ng qanotdan Tanzila Zarbieva to'pni jarima maydonida turgan Zebo Jo'raevaga oshirib berdi. Zebo qiynchiliksiz to'pni darvozaga yo'llab, tezkor goli bilan oradagi hisobni ochdi – 1:0. Ushbu gol uning mavsumdagi 6-goli bo'lib yoziladigan bo'ldi.

Goldan so'ng ham jamoamiz hujumlarga zo'r berdi. Uchrashuv 11-daqiqasida maydon markazidan boshlangan hujum gol bilan yakunlandi. Bunda Feruza Turdiboeva jarima maydoni ichida bir necha himoyachilar to'sig'idan o'tib, darvozaga zarba yo'lladi, darvozabon to'p yo'nalishini to'g'ri topgan bo'lsada, qaytarishga ojizlik qildi – 2:0.

“Sevinch”ning navbatdagi hujumida darvoza oldida pala-partishlik vujudga keldi va bu vaziyatdan unumli foydalangan jamoamizning mohir hujumchisi darvoza tomon zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 3:0.

Uchrashuvdagi to'rtinchi golga Mahliyo Sarikova mualliflik qildi, mehmonlar o'zlarining jarima maydoniga yaqin joyda o'yin qoidasini bo'zishdi, uchrashuv hakami “Buxoro W” darvozasi tomon jarima to'pi tepishni ko'rsatdi. Jarimani Feruza Turdiboeva amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Mahliyo Sarikova engil zarba bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi -4:0.

Uchrashuvning 25-daqiqasida maydon egalari yana bir jarima to'pi tepishga muyassar bo'lishdi. Bu safar ham jarima to'pini tepish Feruza Turdiboevaga topshirildi, chamasi 40 metrlardan berilgan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni yana Turdiboevaning o'zi darvozaga yo'lladi, ammo bu zarba noaniq bo'ldi.

O'yindagi beshinchi gol Kamola Risqieva tomonidan kiritildi. 39-daqiqada Feruza Turdiboeva tomonidan bu safar to'p o'yinga maydon burchagidan kiritildi, to'pga hammadan baland sakragan Kamola Risqieva boshi bilan darvozaga zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi – 5:0.

Oradan uch daqiqa o'tib, jamoamiz raqib darvozasiga yana bir gol kiritishdi, bu safar maydonning o'ng tomonidan uyushtirilgan hujumda Zumrat Nazarova to'pni jarima maydon ichiga oshirib berdi, bu vaziyatdan jamoamiz sardori darvozaga aniq zarba yo'llab, uchrashuvdagi uchinchi golini kiritdi – 6:0. Ushbu gol Jo'raevaning uchrashuvdagi xet-triki sifatida qayd etiladigan bo'ldi.

Navbatdagi 7-golni ham Zebo Jo'raeva kiritdi, bu safar markazdan uyushtirilgan hujumda, himoyachilar bilan bir chiziqda turgan Zebo Jo'raevaga to'p oshirildi, Jo'raeva esa bir harakat bilan himoyachilarni chalg'itib, darvozaga aniq zarba yo'lladi, uning zarbasini darvozabon qaytarishga ojizlik qildi – 7:0. Ushbu gol orvali Zebo Jo'raeva o'z hisobiga uchrashuvdagi va mavsumdagi pokerini yozib qo'yishga erishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim ham maydon egalarining hujumi bilan boshlandi. O'yin taqdiri birinchi bo'limdayoq hal qilingan bo'lsada, eamoamiz o'z hisobidagi gollar sonini oshirishi kerak edi. SHu maqsadda jamoamiz ikkinchi bo'limni ham hujumkorlik ruhda boshladi. SHunday tashkil qilingan hujumlarning birida Zebo Jo'raeva bir necha himoyachilarni aldab o'tib darvozaga aniq zarba berdi va uchrashuvdagi o'zining beshinchi golini kiritdi – 8:0.

Uchrashuv 69-daqiqasida har ikkala jamoadan bittadan o'yinchilar chetlatildi. Bu vaziyatda raqib himoyachilari Feruzaga qo'pollik ishlatib, yiqitishdi. Maydonda yiqilib yotgan Turdiboevaga mezbonlar etiroz bildirishdi va uni yotgan joyida to'rtib ham yuborishdi, bunga uchrashuv bosh hakami Anna Sidorova etibor bermadi va o'yinchilarni tinchlantirishga harakat qildi va avval Feruza Turdiboevaga keyin raqib jamoa sardori Ekaterina Langaevaga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlashtirdi.

Alamzada Ekaterina Langaeva birinchi bo'lib maydonni tark etgan Feruza Turdiboevaning orqasidan yugurib kelib tepdi va “Sevinch” o'yinchisi yiqilib tushdi. O'ylaymizki, Langaevaning futbolchiga xos bo'lmagan bu hatti-harakati tartib – intizom qo'mitasi tomonidan tegishli ravishda jazolanadi.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Nilufar Qudratova o'z jamoasining uchrashuvdagi 9-goliga mualliflik qildi. U raqib jarima maydoni ichida himoyailarni chiroyli tarzda chalg'itib, darvozaga zarba yo'lladi va to'p darvoza to'ridan joy oldi – 9:0. Bu gol uchrashuvdagi so'nggi gol sifatida qayd etildi.

SHunday qilib, jamoamiz uchrashuvda har tomonlama ustunlikka erishdi va mavsumdagi ilk marta yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Jamoamiz keyingi 5-turda “SHo'rtan Lady” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 29 may kuni o'tkaziladi.

XXI O'zbekiston chempionati 4-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Buxoro W” (Buxoro) 9:0 (7:0)

26.05.2015. “Geolog” stadioni. 17:00

Bosh hakam
: Anna Sidorova (Toshkent sh.)
Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro sh.), Dilfuza Ro'zieva (Qarshi sh.)
Zahira hakami: Zilola Rahmatova (Qarshi sh.)
Nazoratchi: Viloyat Najafaliev (Toshkent sh.)
O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

Gollar
: Zebo Jo'raeva, 5-1:0, Feruza Turdiboeva, 11-2:0, Zebo Jo'raeva, 12-3:0, Mahliyo Sarikova, 18-4:0, Kamola Risqieva, 36-5:0, Zebo Jo'raeva, 39-6:0, Zebo Jo'raeva, 43-7:0, Zebo Jo'raeva, 52-8:0, Nilufar Qudratova, 86-9:0.

“SEVINCH”
: 1.Olga Kaxarova (16. Matluba Abdirasulova 29), 5. Mahliyo Yusupova, 25. Zumrat Nazarova, 18. Kamola Risqieva (3.Maftuna SHoyimova 58), 11. SHaxzoda Jamolova (2. SHoxida Tojiddinova 60), 4. Saida Xandamova (23. Nilufar Qudratova 54), 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva, 9. Mahliyo Sarikova (6. Fayoza Samandarova 72), 7. Feruza Turdiboeva, 10. Zebo Jo'raeva (s).
ZAXIRADAGILAR
: 12. Laylo Tilavova.

“BUXORO W”
: 1.Akramova Oliya, 5.Hakimova Dildora, 6. Norova Aziza, 7.Hayitova Vazira, 4.SHmanova Kaldrgash, 10.Langaeva Ekaterina (s), 11.Jumaeva Sabina (23.CHorieva Munisa 86), 14.Haydarova Nigina, 15.Jo'raeva Muhayyo, 17.Mavlanova Zebiniso(18. Niyozova Dilshoda 89), 19.Uraeva Gokkajon (9.Ochilova Maftuna 25, 8.Xo'jaeva Setora 42).
ZAXIRADAGILAR: 16.Niyozova Dilnoza.

Ogohlantirish: Norova Aziza 74.

CHetlatishlar: Feruza Turdiboeva 69, Ekaterina Langaeva 69.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика