So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  5 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

"Kosonsoy": Birinchi durang va yana so'nggi daqiqadagi gol Yangiliklar

"Kosonsoy": Birinchi durang va yana so'nggi daqiqadagi gol

Kecha O'zbekiston birinchiligining 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda vakillarimiz Toshkentning "Oq-Tepa" jamoasini o'z maydonida qabul qilishdi. Dastlab, uchrashuv jamoalarning tengma-tengliklari bilan o'tdi. Xujum uyushtirgan "Kosonsoy" uchrashuvning 31 daqiqasida hisobni ochdi. Burchak to'pidan qaytgan to'pni jamoamiz himoyachisi Aziz Qurbonov uzoq masofadan darvozaga yo'lladi. Goldan keyin futbolchilarimiz o'yini salbiy tomonga o'zgardi va bundan raqib hujumchisi Temur Hakimov unumli foydalanib oradan 10daqiqa o'tgandan so'ng hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'limga qo'shilgan 2daqiqa davomida yarim himoyachimiz Sardor Sotivoldiev chamasi 35 metrlardan raqib darvozasini ojiz qoldirdi. Takidlab o'tish joiz, birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng stadionda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Kosonsoy faxriylari Namangan viloyatida Xotira va qadrlash kuniga atab o'tkazilgan futbol turnirida faxrli birinchi o'rinni olganlari uchun munosib taqdirlanishdi va muhlislarning olqishlariga sazovor bo'lishdi. Ikkinchi bo'lim ham birinchisidan farqli o'laroq ancha keskinlig bilan boshlandi. Xar ikkala jamoa ham bugun chinakamiga g'alaba uchun maydonda to'p surishdi. Raqib jamoa ko'plab hujum uyushtirdi va bu hujumlar samarasi 54-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Mirjamol Jamolov raqib futbolchisiga 11 metrlik jarima maydonida qo'pollik ishlatdi, buni ko'rgan Temur To'xtasinov darvozamizga penalti belgiladi. 11metrlik jarima zarbasini Temur Hakimov osonlig bilan darvozaga kiritdi. Hisob tenglashdi 2:2. Maydonda qo'polliklar deyarli ko'p bo'ldi bugun hakam 4 marotaba sariq kartochka ko'rsatdi. O'yin qizg'in pallaga kirganda futbolchilarimiz hisobda oldinga chiqib olishdi. Jamoamiz to'purarlaridan biri Sardor Sotivoldievning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasini raqiblar qaytarishdi va yuzaga kelgan pala-partishlikdan birinchi liga to'purari Davroni Isoqov foydalanib qoldi. Jamoamiz futbolchisi Boburmirzo Karimovga bugun omad kulib boqmadi. Darvozabon bilan yolg'iz qolgan Boburning yo'llagan zarbasi darvoza ustunidan yuqorilab ketdi. O'yinga qo'shib berilgan 4daqiqa ichida "Oq-Tepa" futbolchilari hisobni durangga etkazishdi. Amirxxon Ibragimov raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi va bundan Toshkentlik futbolchilar unumli foydalanishdi. Darvozamizga uchinchi golni "Oq-Tepa"ning 50-raqamli futbolchisi Anvar Rahimov kiritdi. Bugungi uchrashuv birinchi liganing markaziy uchrashuvi edi. SHu kuni Kosonsoy stadioniga yig'ilgan 1723 nafar muhlislar haqiqiy futbol o'yinini tomosha qilishdi. Qo'polliklar, xavfli vaziyatlar, sariq kartochka, burchak zarbalari. Ha, bugungi o'yin chinakamiga jangovar tarzda o'tdi. "Kosonsoy" durang natijadan so'ng 19 ochko to'plab turnir jadvalida bir pog'ona yuqoriladi (ikkinchi o'rin). "Oq-Tepa" esa turnir jadvalida 22 ochko to'plab peshqadam bo'lib turibdi. Birinchi liga "SHarq mintaqasi"da jamoamiz azolari Davron Isakov (7ta) va Sardor Sotivoldievlar (6ta) to'purar bo'lib turishibdi. "Kosonsoy" keyingi turda Toshkentga safar uyushtirib "Paxtakor-2" jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 1-iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Endi siz jamoamiz haqidagi yangiliklarni rasmiy saytimiz va internetdagi Tvitter sahifasi orqali ham tanishib borasiz. "Kosonsoy"ning Tviiterdagi rasmiy saxifasi bilan tanishish uchun: bu erga bosing. Bugungi o'yinning qisqacha tahlili (video)si va fotogalereyasini tez orada saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

"Kosonsoy" - "Oq-tepa" 3:3 (2:1)
 
Gollar
:  A.Qurbonov (31), S.Sotvoldiev (45+2), D.Isoqov (78) - T.Hakimov (41, 62-pen.), A.Rahimov (90+4).
 
Kosonsoy: Dilmurod Mamayusupov, Mirjamol Jamolov, Azizjon Qurbonov, Sardor Sotvoldiev, Boburmirzo Karimov, Davron Isoqov, Abdug'ofur Abdulboqiev, Abdulaziz Yusupov, Amirxon Ibragimov, Komiljon Qo'chqorov, Davlatbek Yorbekov.
Zaxira: Kamoliddin Usmonov, Zuhriddin Abdumo'minov, SHohrux Razzoqov, Nodirjon Odamxonov, Fozil Dehqonov, Isroil Tursunov, Dilmurod SHodiev.
 
Oq-tepa: Rustam Dadaboev, Temur Yafarov, Muhamadali Fayzullaev, Izzatilla Abdullaev, Jo'rabek Sobirov, Zafarjon Qoraqulov, Anvar Rahimov, Ildar Magdeev, Sobir Usmonxo'jaev, Temur Hakimov, Farhod Miraahmatov.
Zaxira: Islom Yoqubov, Sergey Rekun, Berumiy Abdunabiev, Oybek Erkinov, Maruf Ahmadjonov, Konstantin Petrov, Abdujalil Hasanov.
 
Ogohlantirishlar
:  M.Jamolov (54), A. Abdulboqiev (90+2) – T. Yafarov (27), A. Hasanov (81).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика