Lyov Germaniya tarkibini elon qildi
27 may 2015 07:00
Yangiliklar
Lyov Germaniya tarkibini elon qildi
Tarkibda Manuel Noyer yo'q. "Bavariya" darvozaboni kichik jarohati sabab terma jamoaning bu galgi bellashuvlarida yordam bera olmaydi. Lyov uni kuzga qadar terma jamoaga jalb etmasligi mumkin. SHuningdek, Toni Kroos, Marko Roys va Tomas Myullerga ham Lyov dam berishga qaror qilgan. O'tgan mavsumda Toni Kroos (69), Tomas Myuller (62) uchrashuvda ishtirok etgani bois Lyov ularni bezovta qilmaganini takidlab o'tdi.
Darvozabonlar: Roman Vaydenfeller (Borussiya, Dortmund), Ron-Robert Ciler (Gannover).
Himoyachilar: Jerom Boateng (Bavariya), Erik Durm, Mats Xummels (ikkalasi - Borussiya, Dortmund), Yonas Xektor (Keln), SHkodran Mustafi (Valensiya), Sebastyan Rudi (Xoffenxaym), Antonio Ryudiger (SHtutgart).
Yarim himoyachilar: Karim Bellarabi (Bayer), Mario Getce, Bastian SHvaynshtayger (ikkalasi - Bavariya), Ilkay Gyundogan (Borussiya, Dortmund), Patrik Xerrmann, Kristof Kramer (ikkalasi - Borussiya, Menxengladbax), Sami Xedira (Real), Mesut Ozil (Arsenal).
Hujumchilar: Maks Kruze (Borussiya, Menxengladbax), Lukas Podolski (Inter), Andre SHyurrle (Volfsburg).
Fikrlar