Ronaldino: Koutino Barselonaga juda mos tushardi
27 may 2015 06:52
Yangiliklar
Ronaldino: Koutino Barselonaga juda mos tushardi
Barselonaning sobiq futbolchisi Ronaldinoning fikricha, Filippe Koutino kataloniyaliklarning o'yin falsafasiga juda to'g'ri keladi.
"Koutino fantastik mavsumni o'tkazdi. Koutino evropadagi markazda o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. Koutino o'ynagan jamoa u qadar yaxshi o'yin ko'rsata olmaganini hisobga olsak, unda uning ko'rsatgan o'yini yanada qadrliroq bo'ladi.
Meni Koutino nomidan yoki "Barselona" nomidan gapirishga haqqim yo'q. Lekin men "Barselona" qanday futbolchilarni izlayotganini bilaman. Felippe Koutinoda ular istagan barcha xislatlar mavjud.
Qachonki sen buyuk va mahoratli futbolchilar bilan birga o'ynasang, o'yining yanada kuchayadi va yanada o'sishga erishasan. Buni men yaxshi bilaman. Koutino "Barselona"ga kelsa nafaqat sovrin yutadi, balki futbolchi sifatida ham katta o'sishga erishadi. Neymar, Messi, Suarez va Inesta kabi futbolchilar bilan o'ynash unga katta foyda bo'lardi", - deydi Ronaldino.
Fikrlar