So’nggi yangiliklar

14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  0 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  0 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  3 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  5 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  8 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  5 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:15"Барселона" Араухони трансферга қўйди  7 10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  20 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  14 09:46«Ливерпуль» «отмен». Аморим музокара ўтказиш учун Лондонга учиб келди  1 09:20Акинфеев Файзуллаевга «Ахмат»га қарши учрашувдан сўнг кескин гапирган  35 08:52«Интер» «Милан»дан ўтиб кетди  10

KECHA, BUGUN, ERTAGA: LOYIHA MEHMONI – “LOKOMOTIV”! Yangiliklar

KECHA, BUGUN, ERTAGA: LOYIHA MEHMONI – “LOKOMOTIV”!

“Lokomotiv”ni Angliya birinchi divizioni (Premer liga va chempionshipdan keyingi liga) ishtirkochisi "Flitvud Taun" jamoasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yayotganligi haqida o'zbek va jahon matbuoti orqali xabardor bo'ldingiz.
Bu voqeani dunyo OAVda o'z o'rniga ega “BBS” va “Sky Sports” kanallari ham yoritganligidan, uni nechog'lik jiddiy tus olganligini bilishingiz mukmin.
 
Avvallari ham shunday kelishuvlar haqida ko'p gap so'z bo'lgan. Xo'sh, bu qanchalik haqiqat va real? Bu haqda aniq malumot olish maqsadida, klub menedjeri To'labek Akramov va mana shu loyihaga bosh qosh bo'layotgan jamoaning marketing bo'limi boshlig'i Davron Azizovni intervyuga taklif qildik.

– To'labek, keling avval barchasini boshidan boshlasak. Hozir jamoangiz "Flitvud Taun" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Buning uchun esa tabiiyki sizlarda, ularning talablariga javob beradigan futbol maktabi bo'lishi kerak. O'z paytida “Mashal” ham akademiyasini tashkil etganida, chet eldan mutaxassislarni jalb etgan. “Bunyodkor” esa katta sarmoya kiritdi. “Paxtakor”ni aytmasak ham bo'laveradi. Bu yo'lda “Lokomotiv”ning rejasi qanday?
To'labek Akramov:
– Klub qoshida akademiya ochishni rejalashtiryapmiz. Uni barpo etish yo'lida joy ham topdik. Bazi hujjatli masalalarni hal qilsak bo'lgani. Hozircha bizning klubimizda futbol maktabi faoliyat yurityapti. Niyatimiz mana shu maktabni akademiyaga aylantirish. Bugungi kunda 260 nafar yosh futbolchi “Lokomotiv” bilan shartnomaga ega. Ammo ular maydonlarimiz soni chegaralanganligi bois turli joylarda mashg'ulotlarni o'tkazib turishga majbur bo'lyaptilar. Maqsad esa barchalarini bir erga to'plash. Maktab darsliklari asosida talim berish, mashg'ulot maydonlari va hokazo.
Davron Azizov: – Angliyaga qilgan safarim davomida ko'p narsalarni o'rganib qaytdim. Markazlashgan maktabni yaratish borasida klubimiz ish olib boryapti. Xudo xohlasa angliyalik hamkasblarimiz bilan birgalikda yaxshi loyihaga qo'l urdik. Ayni paytdagi sharoitdan kelib chiqib futbol maktabimiz murabbiylaridan katta natijalarni talab qila olmaymiz. Sababi oddiy, hali biz tomondan ularga etarlicha sharoit yaratib berilmagan. Qachonki, biz ularga zamonaviy sharoit yaratib beramiz, shundagina ularga nisbatan talabimizni oshira olamiz. SHunda Aliboevdaka futbolchilarimiz ko'payishi aniq.





– Rahbar sifatida bugungi maktabingizga qaday baho berasiz?
T.A:
– O'zim yoshligimda “Traktor” jamoasida shug'ullangan edim. Afsuski jarohat tufayli futbolni erta tark etganman. U paytlardagi sharoit bilan bugungisining o'rtasida katta farq mavjud. To'g'risini aytaman, klubni qo'lga olganimizdan keyin maktabda jiddiy o'zgarishlarni qilishga majbur bo'ldik. Ko'pchilikni ishdan oldik, sababi ular maktabni o'z maqsadlari yo'lida ishlatayotganliklari malum bo'ldi. Maktabimiz rahbari Erkin aka Saidov bilan maxsus dastur asosida ishlayapmiz. SHu kungacha “Lokomotiv”ning birorta yosh toifasidagi jamoasi xorijda bo'ladigan musobaqada qatnashmagan ekan. Agar murabbiylar to'g'ri ishlasalar biz ularga sharoit yaratib beramiz. Mana Turkiyada bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib qaytishdi, natijalar chakki emas. SHundan keyin “Verder”, “Beshiktosh”, “Lokomotiv” (Moskva) kabi klublar futbolchilarimizga xaridor bo'lishdi.
 
– Ammo 16 yoshgacha futbolchini sotib bo'lmaydi...
T.A: – Ha, buning uchun klub olayotgan o'smirining ota-onasini ish bilan taminlashi kerak bo'ladi. Klub rasmiy shartnoma imzolay olmasada, ijara asosida futbolchini tayyorlashi mumkin. Balki ular bilan keyinchalik hamkorlik qilarmiz.

– Akademiyani barpo etish va uni yil davomida mablag' bilan taminlashga temir yo'l vazirligi tayyormi? Bu kichik pul degani emas, hozirda Respublikamizda temir yo'l qurilishlari jadallik bilan ketayotgan bir paytda, klubga bo'lgan etibor shunday davom etishiga ishonsak bo'ladimi?

T.A: – Loyihamizni temir yo'l vazirligi qo'llab-quvvatladi. Yurtimizda bolalar sportiga berilayotgan etibor katta va biz sog'lom turmush tarzini oshirish maqsadida, bolalar sportiga o'zimizning ulushimizni qo'shmoqchimiz. Qolaversa maktabimizdagi natijalarni ijobiy tomonga o'zgarishi ham ularga maqul kelyapti. Agar maktabimiz shunchaki emas, to'g'ri yo'lda ishlasa unga bo'lgan etibor ham oshib boraveradi. Masalan, Ravshan Bozorov haqida ular bila boshladilar. “Mashal”, “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublariga bu borada havas qilish mumkin.

– Siz oliy liga klublari ichidagi eng yosh rahbar bo'lasiz. Tabiiyki, raqobatdosh jamoalarning rahbarlari sizdan ko'ra ancha tajribaliroq sanaladilar. Masalan, siz bugun yo'l qo'yishingiz mumkin bo'lgan xatoni, ular bundan bir necha yil avval qilgan bo'lishlari mumkin. SHundan kelib chiqib, o'z oldingizga tajribaliroq mutaxassisni jalb qilish haqida o'ylamayapsizmi? Oddiy misol, mana uch yildirki klub yaxshi homiyga ega bo'lishiga qaramay chempion bo'la olmayapti. Yaxshi futbolchilarga ega bo'lyapsizlar, gap yo'q. Ammo mutaxassislar kam. Uzoq tanqidlardan keyin, bu yil 2-3ta bo'limni kuchaytirib oldingizlar.
T.A:
– To'g'ri aytasiz, klubda struktura to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lsada, undagi mutaxassislarning tajribasi ozroq. Bizdagi muammo, haddan tashqari chempionlikka intilayotganligimiz bo'lyapti deb o'ylayman. CHempionlik yo'lida uzoq mehnat qilinishi kerak, aniq vazifa asosida ish yuritish kerak. Kerak bo'lsa, murabbiyimizning ham ishidan qoniqmayman. “Al Sadd”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishimiz ham mumkin, ammo borib oliy ligada ochko yo'qotishimiz mumkin. Tarkibimizni zo'r deb aytgan bo'lardim, bazan murabbiy ularni urishyapti, urishishdan avval aslida unga to'g'ri o'ynashni o'rgatish kerak. SHundan keyin ham murabbiyni aytganini qilmasa futbolchini zaxiraga o'tkazish mumkin.


– Bu muammo chetdan ham ko'rinib turibdi. SHunga yarasha tanqidlar bo'layotganida, nima uchun ular buni to'g'ri qabul qilmayaptilar?
T.A:
– Masalan kim?


– Bazan murabbiyga yozganlarimizni noto'g'ri tarjima qilib berishadimi hayronman, etirozlar eshitamiz. Lekin bir narsa ham bor, chempionliksiz ham futboldan adrenalin olish mumkin. Masalan, “Mashal”ni olaylik. Klub chempionlik uchun kurashmaydi, ammo har bir terma jamoada ulardan futbolchi bor. Mana shu ham rahbarga rohat bag'ishlaydi.
T.A:
– SHuning uchun ham bu yildan maktabga jiddiy etibor qarata boshladik. O'tkan yili o'rinbosalarga ham etibor qarata boshladik. Birinchi davrani zimdan kuzatdim. Huddi avvalgi maktabimiz kabi o'rinbosarlar safida ham noloyiq futbolchilar ko'payib ketgan ekan. 28 nafar futbolchidan ikki nafarini olib qoldik, bular Alibaev va darvozabon Karimov. O'rinbosarlarimiz safida yana bir futbolchi ancha ko'zga ko'rinib qoldi. Udan umidimiz katta (futbolchiga salbiy tasir qilmasligi uchun uni nomini yozmaslikka qaror qildik, SA).





– Deylik jamoa chempion bo'ldi, keyinchi?
D.A:
– CHempionlik nima uchun kerak? Keling, bunga akademiya tomondan yondoshsam. Ota – ona o'z farzandini futbolga berishdan avval nimaga qaraydi? Albatta jamoaning moddiy texnik bazasi va uni chempionatda tutgan o'rniga. “Paxtakor” va “Bunyodkor”da bu borada ishlash oson, ularga ko'plab bolalar boradi. Aslida bunday yaxshi maktablar bir qancha, “Spartak” (Toshkent)ni misol qilishimiz mumkin. Qolaversa, chempion jamoaga homiylar tomonidan bo'lgan etibor yanada oshadi. Aslida jamoamiz yomon emas, biroz tajribasizlik qilyapti. Boya aytilgan nuqtalaringizdan, bu yil matbuot va marketing bo'limlarimizga katta etibor qaratdik. Oddiy misol klub o'z brendidan foydalana olmaydi, undan esa foydalanish kerak.
– T.A: Bu yil o'rinbosarlarimizni tubdan isloh qildik. Rejamizga ko'ra aynan shu bolalardan bir necha nafari 3 yil ichida asosiy tarkibdan joy olishlari kerak. Menimcha bizdagi futbolga bo'lgan qarash ham eskirib qolgan, yani murabbiylar tomonidan.


–  Bu gapingizga qo'shilaman, birorta murabbiy ishdan bo'shasa, uzog'i ikki oyda o'ziga yangi klub topadi. Huddi bog'dagi aylana arg'imchoqqa chiqqan bola kabi, bittasidan tushib qolsa, ikkinchisiga chiqib olaveradi.
T.A:
– Mirko Elichichni olaylik. Uni futbolga bo'lgan qarashlari va mushg'ulotni ko'rib mazza qilasiz. Uni o'zi aytadi, bizdagi murabbiylar 10 yilga ortda qolib ketishgan.


– Lekin mana shu arg'imchoqni uzish etakchi klublarning qo'lida-ku?
T.A:
– To'g'ri, balki bu haqda ham ish olib borishimiz mumkin. Sizga bir narsa aytaman, Ikrom Alibaevni olaylik. 2012 uni Hakim Fuzaylov ko'z ostiga olib qo'ygan edi. Haqiqatdan ham u o'rinbosarlar safida yaxshi o'ynadi. O'sha paytlar Sanjar Tursunov futbolchini kelajagiga yaxshi baho bergandi. O'z paytida Odil Ahmedovni ham jamoadan ketkazib yuborishgan-ku?


– Lekin sizlarda bitta mutaxassis bor, bu Ravshan Muqimov. U kishi bilan yaqindan tanish emasman, ammo selekciya borasida qarashlari kuchli. To'ra SHaymordonov Odilni qo'yib yuborayotganida, Muqimov uni olib qolishga harakat qilgan, ammo bu ish bermagandi. Aslida bunday yo'qotishlar juda ko'p.
– Haqiqatdan ham shunday, shuning uchun ham akademiyaga etibor berishni maqsad qilyapmiz. Undan tashqari murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritish borasida kurslarga yozilishni maqsad qilganman. Ravshan aka o'z paytida Alibaevni ham asosiy tarkibga kirishga loyiq ekanligini aytgan edi.





– Keling, endi asosiy mavzuga qaytamiz, “Lokomotiv” va "Flitvud Taun" o'rtasidagi kelishuv. Bu o'zbek futboliga nima beradi, bundan angliyaliklarning qanday manfaati bor?
– To'labek o'zi haqida aytib o'tdi, men ham u kabi yoshligimda “Paxtakor” futbol maktabida shug'ullanganman. Afsuski, bizning davrimizda bolalar futboliga bo'lgan etibor bugunchalik emas edi. Jarohat olgan futbolchi o'z o'zidan faoliyatini yakunlashga majbur bo'lardi. Bu loyihaga kelsak, u menda avvaldan bor edi. SHunchaki taqdir taqozosi bilan “Lokomotiv”ga ishga kirganligim uchun, shu klub orqali amalga oshirishni maqul ko'rdim. O'zim ko'p yillar davomida AQSHda o'qiganman. U erda sport tadbirlari bilan shug'ullanadigan angliyalik mutaxassislar bilan tanishdim. Yodingizda bo'lsa Qozog'istonda qishki sport turlari bo'yicha birinchi Osiyo o'yinlari o'tkazilgan. Mazkur tadbirda men ham ishtirok etgandim. SHundan so'ng “Kickworldwide” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydim. Bu kompaniya asosiy etiborini bolalar futboliga qaratadi va jahonda ko'plab hamkorlarga ega. 2009 yil kompaniyaning Markaziy Osiyo bo'yicha vakili sifatida maxsus licenziyaga ega bo'ldim. O'zbekistonga qaytgach o'z soham bo'yicha faoliyat olib borganligim uchun bu ish bir chetga chiqib qolgandi. 2014 yildan bu ishga yana jiddiy qaray boshladim. Bu orada “Lokomotiv”ga ishga kirgach, uni jonlantirib yubordik. Buning uchun albatta “Lokomotiv” mutasaddilariga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tishim kerak.


– Angliya klublarini o'zbek futboliga qanday qiziqtirdingiz?
D.A:
– Ochig'ini aytaman, “Kickworldwide” yordamida birinchi premer liga jamoalariga chiqdik. Avvalo “Liverpul”ga, keyin “Nyukasl”. Ammo bu klublarni jahon futbolida tutgan o'rni katta bo'lganligi uchun ular birinchi navbatda katta miqdorda pul so'rashdi. Tabiiyki biz bunga rozi bo'la olmasdik. SHunda klub bilan kelishgan holda kompaniyaga “Lokomotiv”ning falsafasiga mos bo'lgan hamkor topib berishni so'radik va o'z strukturamiz haqida qisqacha tushuntirish berdik. SHundan keyin Flitvud shahrining "Flitvud Taun" jamoasini tavsiya etdilar. Bu yil jamoaga biroz omad kulib boqmadi, CHempionshipga chiqishga yo'llama beruvchi pley off o'yinlarida ishtirok etish uchun jamoaga olti ochko etishmadi. Qisqasi, ularga “Lokomotiv” maqul keldi shekili, Toshkentga kelib ketdilar. Bazamiz va uy o'yinlarimizni o'tkazishimiz mumkin bo'lgan ikkita stadion hamda sobiq “Do'stlik” klubining arenasini ko'rib qaytdilar. SHundan keyin bizni o'z uylariga chaqirdilar. Klub sakkiz ming kishiga mo'ljallangan ixchamgina stadionga ega. SHaharcha uchun klub katta o'rin kasb etadi. Ikki tomonlama homiysiga ega. Yaqinda o'z akademiyalarini qurish borasida ish boshlab yuborishgan ekan.


– Ularni O'zbekistonga kelib ketgaliklarini inobatga olsak, demak, qaysidir jabhada biz tomonimizdan qilinayotgan ishlar ularni qanoatlantirganmi?
D.A:
– SHunday desa ham bo'ladi. Bizni kutib olgan klub direktori Stiv Karvud mendan “CHelsi”da nechta angliyalik borligini so'radi, huddi shunday “MYU”dan. Angliyada asosan legioner futbolchilarga tayanishini hamma biladi, bu holatni Stiv fojeaga tenglashtirdi. Boisi ularning haqiqiy istedodlarni xorijiy legionelar soyasida qolib ketayotganligida bo'lyapti. Stiv Karvud O'zbekiston orqali Osiyoga kirib borishni niyat qilyapti. Uning klubidagi futbolchilar biz orqali arab jamoalariga chiqib ketishi lozim. Qolaversa, jamoamiz doimiy tarzda OCHLda o'ynasa, ularni nafaqat Osiyoga balki, o'rtamiyona Evropa jamoalariga ham o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ammo ular Angliyaga bizning futbolchilarimizni ololmaydilar. Ularning bugungi kundagi reglamentiga ko'ra FIFA reytingida 50 pog'onadan pastda bo'lgan mamlakatlardan ular futbolchi olishmaydi. Olgan taqdirda ham, ochig'ini aytaman, u erdagi o'yinlarni ko'rib shunga amin bo'ldimki, bizning futbolchilar bu chempionatga hali beri mos emaslar. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari juda kuchli. Texnik jihatdan maqtana olmaydilar. 9-15 yosh oralig'idagi bolalar o'rtasidagi tafovut katta bo'lmaydi, bizda bu yoshdagi bolalar texnik jihatdan ulardan ustun. Ularda barchasi kitob bo'yicha ishlaydi. SHunda men ularga, transfer borasida kelisha olmasakda, o'z tarbiyalanuvchilarimizni jismoniy holatlarini 1-2 yil pishitib berishlarini so'radim. Rozi bo'ldilar. Lekin bu hammasi emas, agar ishlarimiz amalga oshsa futbol maktabini ochish rejalashtirilgan. Unda futbol akademiyasidan tashqari, futbol menedjementi, falsafasi, hattoki futbol jurnalistikasigacha kafedralar bo'ladi. Bu deyarli institut degani va u pullik bo'ladi. Unda nafaqat biznikilar, balki Markaziy Osiyo bo'yicha talabalar ham talim olishlari mumkin.
T.A: – Ular bilan kelishuvimiz yaqin kunlarda rasmiy kuchga kiradi. SHundagi birinchi vazifamiz kuz oylarida Toshkentda mini turnir o'tkazish. Rejaga ko'ra, ular o'zlariga maqul kelgan uch to'rt nafar o'spirinni o'z hisoblaridan Angliyaga olib ketishlari kerak. bu loyihani yaxshi tomoni, biz tomonimizdan xarajat bo'lmaydi. Asosiy tarkibimiz uchun ijara asosida futbolchi berishga ham tayyorlar, futbol maktabi uchun esa murabbiylar.


– Bizda unchalik emas-ku, ammo Angliyada bu voqea keng qamrovda yoritishdi.
D.A:
– Angliyada futbolga doir kichik narsa ham, Angliya premer ligasidan kam bo'lmagan darajada yoritiladi. U erda OAV juda shakillangan. “BBS” va “Sky Sports”lardan tashqari yana men bilmagan bir qancha tashkilotlardan tashrif buyurishdi. Ertasi kuni 2 nafar agentni o'zi meni topib kelib, o'z xizmatlarini taklif qildilar. O'zbek futbolchilarini Angliyaga bo'lmasada, o'rtamiyona Evropa jamoalariga joylashtirish borasida takliflar berdilar. Xullas ishni qizig'ini endi boshlanadiganga o'xshaydi.





– Lekin bir narsani tan olaylik, o'z paytida “Barselona”, keyin “Real”, yaqinda “Kardif Siti” haqida gap so'zlar chiqdi-yu... Hozir aytgan gaplaringizni eshitish to'g'risi yoqimli, ammo, ammosi shundaki buni amalga oshira olamizmi?
T.A:
– Iyun oyining so'nggida "Flitvud Taun" vakillari yana bir bor Toshkentga keladilar. Undan tashqari sentyabr oyida yoshlar tarkibi Toshkentga yig'in o'tkazish uchun tashrif buyurishi borasida muzokaralar ketyapti. Rejaga ko'ra 4ta jamoa ishtirokida turnir o'tkazmoqchimiz.


– Davron aka savol sizga. Bu sizning loyihangiz. Deylik siz keyingi yil “Lokomotiv”da emassiz, loyihaga nima bo'ladi?
– Bir odatim bor, bu ishni “Lokomotiv” bilan boshlaganmanmi, demak unga tashlab ketaman. “Lokomotiv” loyihani qo'llab-quvvatladi, men uchun muhimi shu edi.


– To'rt jamoa o'rtasidagi turnir o'tkazilinadi dedingiz. Deylik ularga yoqadigan futbolchi “Lokomotiv” azosi emas, shunda nima bo'ladi?
D.A:
– Rejaga ko'ra “Paxtakor” va Qashqadaryodan “Nasaf” yoki “Mashal” akademiyalarini chaqiramiz. Bu loyiha “Lokomotiv” bilan bo'layotganligi uchun, agar klublar maqul ko'rsa o'z futbolchilarini “Lokomotiv” orqali xorijga chiqarishlari mumkin. Akademiyadan tashqari Angliya klublarining marketingi bilan ham jiddiy qiziqdim. Masalan, siz Angliyada kimga muxlislik qilasiz?


– “Arsenal”ga.
– Ajoyib, sizga bir narsani aytaman, Angliyada eng katta pulni marketingdan aynan shu klub topar ekan. Jamoa so'nggi yillarda chempion bo'la olmayapti, ECHLda ham ishini zo'r deb bo'lmaydi. Ammo, ular Angliyada eng katta daromad topadigan klub hisoblanadilar. Hattoki siz pul to'lash orqali biron bir futbolchi bilan tushlik qilishingiz mumkin. To'g'ri bitta futbolchi yil davomida muxlislar bilan tamadi qilmaydi, ammo reja asosida. Masalan, Jiru bilan tamadi qilish uchun ming funtdan voz kechasiz, ammo navbatingiz 1 yildan keyin keladi. Pulni esa oldindan to'laysiz.


– Balki, Arsen Vengerni navbatiga yozilib uni Toshkentga choyxonaga chaqirarman (hamma kuladi).
– Bu hali hammasi emas. Yil boshida “Arsenal” jismoniy shaxslarga o'z futbolchilarini homiy sifatida biriktiradilar. Yil so'nggida esa o'sha homiyga futbolchi shaxsan esdalik sovg'asini topshiradi. Angliyalik millioner uchun, sevimli  klubining futbolchilaridan biriga shaxsiy homiysi bo'lish faxr. Qisqasi bizni qiladigan ishlarimiz juda ham ko'p. Hech bo'lmasa social tomondan foydalanishimiz kerak. kasalxonalarga boraylik, maktablarga tashrif buyuraylik.


– Agar shu rejalaringizni hech bo'lmasa yarmi amalga oshsa, o'zbek futboliga katta foydasi tekkan bo'lar edi. Bu borada Sizlarga omad tilaymiz!

Bugun, 26 may "Lokomotiv" ijrochi direktori To'labek Akramovning tug'ilgan kuni. SHu munosabat bilan saytimiz o'quvchilari va xodimlari nomidan uni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz!


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика