So’nggi yangiliklar

18:27Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 18:01Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» таркиблари маълум  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  3 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  3 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  1 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  31

Ramziy terma jamoadan "Qo'qon-1912"ning ikki nafar futbolchisi o'rin oldi Yangiliklar

Ramziy terma jamoadan "Qo'qon-1912"ning ikki nafar futbolchisi o'rin oldi

Kecha oliy ligada navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Yakuniga etgan turda deyarli sensaciya guvohi bo'lmadik.

"Neftchi" va "Nasaf" o'rtasidagi o'yinda ikki jamoaning imkoniyati teng baholangan edi. Quyidagi futbolchilar 10-turning ramziy terma jamoasidan o'rin oldilar.


Darvozabon: Andrey Baklanov ("Qo'qon-1912).

Himoyachilar: Adnan Oraxovac ("Paxtakor"), Ilya Ilin ("Qo'qon-1912"), Hamza Karimov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Stanislav Andreev ("Paxtakor"), Artur Gevorkyan ("Nasaf"), Viktor Karpenko ("SHo'rtan"), Murodjon Toshmatov ("Metallurg"), Muqimjon Toshmatov ("So'g'diyona").

Hujumchilar: SHahboz Erkinov ("Navbahor"), SHahzodbek Nurmatov ("Metallurg").

Murabbiy: Ro'ziqul Berdiev.


Guvohi bo'lganingizdek, bu safargi taktikamiz 3-5-2 ko'rinishda bo'ldi.

Endi qisqacha futbolchilar nima uchun ramziy terma jamoadan o'rin olganiga izoh berib chiqamiz.




Darvozabon: Andrey Baklanov ("Qo'qon-1912")

Bunday darvozabonga ega jamoada yana ikki nafar yaxshi futbolchi bo'lsa, istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin bo'ladi. Kechagi o'yinda Baklanov nafaqat oliy liga-2015dagi, balki faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi deb aytishimiz mumkin. Agar bu posbon bo'lmaganida "Lokomotiv" kecha balki o'z tarixidagi eng yirik natijani qayd etardi. Hattoki, Baklanov penaltini ham qaytardi.




Himoyachilar: Adnan Oraxovac ("Paxtakor"), Ilya Ilin ("Qo'qon-1912"), Hamza Karimov ("Nasaf").

Ko'plab tanqidlardan keyin ham o'ynashda davom etgan "Paxtakor"ning chernogoriyalik himoyachisi "So'g'diyona" bilan bo'lib o'tgan o'yinda ancha yaxshi harakat qildi. O'yin so'nggida bitta golga "pas" berdi.

Ilin kabi futbolchilar o'rtamiyona jamoalar uchun ancha foydali. O'z paytida "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalarida ham yaxshi harakat qilgan futbolchiga biroz jismoniy kuch etishmaydi. O'yinni yaxshi o'qiydi va texnikasi kuchli himoyachi. Kecha ham "ikkinchi qavat"dagi aksar kurashlarda g'alaba qozondi.

Hamza Karimovning "Neftchi" ustidan qozonilgan g'alabada hissasi katta bo'ldi. Himoyadan hujumga tez-tez qo'shiladigan zamonaviy futbolga mos bo'lgan futbolchi ancha yaxshi harakat qildi. Ayniqsa, "Nasaf"ning qarshi hujumlarini boshlashda asqotdi.




Yarim himoyachilar: Stanislav Andreev ("Paxtakor"), Artur Gevorkyan ("Nasaf"), Viktor Karpenko ("SHo'rtan"), Murodjon Toshmatov ("Metallurg"), Muqimjon Toshmatov ("So'g'diyona").

So'nggi o'yinlarni zaxira o'rindig'idan kuzatishga majbur bo'lgan Andreevga bu narsa ijobiy tasir ko'rsatgan ko'rinadi. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqasidanoq maydonga tushgan yarim himoyachi ketma-ket ikkita golli pas bilan jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi. Bu o'yinda u o'zining zararli odati, uzoqdan besamar zarbalarini yig'ishtirib, hujumdagi jamoadoshini to'p bilan taminlashni maqul ko'rdi va bu o'z samarasini berdi.

2000 yillarda Akmal Xolmatov "Neftchi" uchun qanday o'rin tutgan bo'lsa, Gevorkyan bugungi kunda "Nasaf" uchun mana shunday o'rinda. Bir paytlar Xolmatov jarima zarbalarini penalti tepgandek amalga oshirardi, hozir esa Gevorkyan. Turning markaziy o'yinida kiritilgan yagona golga aynan u mualliflik qildi.

O'yindan avvalgi imkoniyatlarni chamalar ekanmiz, Viktor Karpenko ikkinchi yoshligini kechirayotganini alohida takidlab o'tdik. Gapimiz isboti o'laroq, u "Buxoro" darvozasini ikki marotaba ishg'ol qildi.

"Metallurg" yarim himoyachisi Murodjon Toshmatov "Andijon"ga qarshi o'yinni alo darajada o'tkazdi. "Nasaf"dagi g'alaba tasodif emasligini isbotlay olgan futbolchi, o'tgan turda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. 8-turda "Paxtakor" darvozasini ham jarima zarbasidan so'ng aniq nishonga ola bilgandi.


"So'g'diyona" - "Paxtakor" uchrashuvida muxlislar jizzaxliklar safida harakat qilgan Muqimjon Toshmatovning o'yinini ko'rib mazza qildilar deya olamiz. "Paxtakor"ning tajribali qanot himoyachilarini "zamax"da bir necha bora ortda qoldirib keta oldi. Bugungi kunga kelib jamoasining barcha burchak to'plarini aynan u amalga oshirayotgani ham Davron Fayzievning unga bo'lgan ishonchi katta ekanligidan dalolat.




Hujumchilar: SHahboz Erkinov ("Navbahor"), SHahzodbek Nurmatov ("Metallurg").

Vodiy derbisida maydon markazidan gol urgan SHahboz Erkinov "Olmaliq" bilan o'yinda ham gol urishda to'xtamadi. Ikki marotaba G'aniev darvozasini ishg'ol qilgan hujumchi haqli ravishda ramziy terma jamoadan joy oldi.

SHubhasiz, ramziy terma jamoda Erkinovning jufti SHahzodbek Nurmatov bo'ldi. U ham ikki marta gol urish bilan birga bitta "pas" berdi. 




Murabbiy: Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf").

Ananalarga sodiq qolamiz. Biron bir sensaciya qayd etilmagan turda markaziy o'yinida kim g'alaba qozonsa, o'sha jamoa bosh murabbiyi ramziy terma jamoaga munosib ko'rilib kelingan. Demak, bu safargi tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика