So’nggi yangiliklar

08:07Суперлига. Бугун Наманган ва Тошкентда ўйинлар бор  0 07:42Туркия Суперлигаси. «Кайсериспор» Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда дуранг қайд этилди  0 07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  16 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  4

Ro'ziqul Berdiev: "Yaponiyalik hakamning bazi qarorlari bizga pand berdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yaponiyalik hakamning bazi qarorlari bizga pand berdi"

"Nasaf" - "Al Ahli" (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "ajdarlar" posboni Eldor Suyunov ishtirok etdi.
"Biz keyingi bosqichga chiqish uchun o'ynagandik va shunga harakat qildik. Lekin bizning istagimiz kamlik qildi va ko'zlangan maqsadga erisha olmadik. Bir kishi kam bo'lib qolganimiz ham bizga qiyinchilik tug'dirdi. Umumiy qilib aytganda, jamoamiz musobaqada yomon o'ynamadi. Men yigitlarga ishonishda davom etaman. Ularga katta rahmat aytmoqchiman. Ular g'alaba uchun borlarini berib harakat qilishdi. Oldinda bizni chempionat o'yinlari kutib turibdi va ichki chempionatda muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Yaponiyalik hakamning bazi qarorlari bizga pand berdi. Bahrom Abduraximov bilan bo'lgan vaziyat sariq kartochkaga ham tortmasdi. Biz ichki imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda jamoa tuzamiz. Asosiy muammo hujum chizig'imiz bo'lib turibdi. Tezroq Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov safga qaytishini kutamiz. Ertangi o'yinda "Paxtakor" jamoasiga emas, "Paxtakor" jamoamizga omad tilab qolaman", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.

Eldor Suyunov: "Jamoamiz g'alaba uchun harakat qildi. Lekin ko'zlangan maqsadga erisha olmadik. Bugun jamoamizga omad kulib boqmadi. Keyingi mavsumda yanada yaxshiroq qatnashishga harakat qilamiz. Bu musobaqada menga eng ko'p xavf solgan hujumchi bu "Traktorsozi" futbolchisi Edino bo'ldi. Qolgan hujumchilardan farqli ravishda Edino ancha tajribali va mahoratli hujumchi ekanligiga guvohi bo'ldim.

SHu erda Ro'ziqul Berdiev Eldor Suyunov gapiga qo'shimcha qilib shunday dedi: "Qani endi bizning tarkibda ham shu kabi hujumchilar to'p tepishsa".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика