So’nggi yangiliklar

10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  3 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  8 09:46«Ливерпуль» «отмен». Аморим музокара ўтказиш учун Лондонга учиб келди  1 09:20Акинфеев Файзуллаевга «Ахмат»га қарши учрашувдан сўнг кескин гапирган  30 08:52«Интер» «Милан»дан ўтиб кетди  8 08:27МЮнинг янги раҳбарларидан бири мухлисларга мурожаат билан чиқди  2 08:03Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистон ОТЖ сафидаги биринчи машғулотида нималар деди?  15 07:37Осиё кубоги. Бугун терма жамоамиз Вьетнамга қарши баҳс олиб боради  17 07:05U23 Осиё кубоги. Саудия Арабистони - Ироқ 1:2   0 07:00U23 Осиё кубоги. Япония - Корея Республикаси 0:1   0 06:55U23 Осиё кубоги. Таиланд - Тожикистон 0:1   0 06:50Серия А. "Милан" - "Интер" 1:2   0 06:45Серия А. "Рома" - "Болонья" 1:3   0 06:40ЛаЛига. "Севилья" - "Мальорка" 2:1   0

"Nasaf" "Al Ahli" bilan durang o'ynadi va guruhda qolib ketdi Yangiliklar

"Nasaf" "Al Ahli" bilan durang o'ynadi va guruhda qolib ketdi

Osiyo chempionlar ligasi 6-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvi matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.
OCHL-2015.

"D" guruhi, 6-tur.

“NASAF” (O'zbekiston) - "AL AHLI" (Saudiya Arabistoni) 0:0

5 may 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:30

Hakamlar
: Toma Masaaki (Yaponiya), Otsuka Xaruxiro (Yaponiya), Jeffri Gox (Singapur), Takuto Okabe (Yaponiya)

Hakamlar eksperti
: Kadum Auda Lazim Al Saidi (Iroq)

Uchrashuv komissari
: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)

"Nasaf"
: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqud Karimov, 32.Hamza Karimov, 23.SHerzod Azamov, 15.Roy Rok, 20.Erkin Baydullaev, 33.Odiljon Hamrobekov (27. Ilhom Yunusov, 81), 18.Bahrom Abduraximov, 22.SHohruh Gadoev (5. Botir Qoraev, 90), 17.Artur Gevorkyan, 9.Ilhom SHomurodov.
Zaxira
: 1.Alibek Turobov, 6. Azizjon G'aniev, 7. Akramjon Bahriddinov, 14. SHarof Muhitdinov, 30. O'tkir Yusupov.

"Al Ahli"
: 22.Abdulloh Al Maiuf, 4.Volid Bakshvn, 13.Muhammad Abdulshafi, 17.Osvaldo, 19.Bruno Sezar (11. Husayn Almoqahvi, 83), 6. Muhammad Alfatil (29. Zakaria Alsudani, 90), 7.Ahmed Aloufi (24. Salman Muvashar, 70), 8.Tayser Al Jassim, 23.Kamil Al Musa, 26. Muhammad Aman, 77.Amir Fahad.
Zaxira
: 1. Yosir Abdulla, 21. Oqil Alsahabi, 29. Zakaria Al Sudani, 32.Majid Asiri.

Ogohlantirishlar
: Hamza Karimov (43), Rok (59)

CHetlatish
: Bahrom Abduraximov (71)

                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                      YANGILASH




- "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha.


- O'YIN TUGADI!



90`
O'zgarish. "Nasaf". SHohruh Gadoev o'rniga Botir Qoraev tushdi.



90`
O'zgarish. "Al Ahli". Muhammad Alfatil o'rniga Zakaria Alsudani tushdi.


90`
Dubayda "Al Ahli" gol urdi. Endi bizga g'alaba kerak!!!!!!!!!!!!!!!


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.


89`
Qani penalti??? Qani???? Yapon hakam yana bu vaziyatga ko'zini yumdi.Artur Gevorkyanning tepgan to'pi himoyachining qo'liga tegdi. Lekin penalti yo'q emish...


88`
"Nasaf" himoyadan hujumga o'tishga qiynalmoqda...


86`
Roy Rok himoyada yaxshi harakat qildi va raqib hujumini qaytardi.


85`
"Al Ahli"ning xavfli hujumlari davom etmoqda.


83`
O'zgarish. "Al Ahli". Bruno Sezar o'rniga Hussayn Almoqahvi tushdi.


82`
O'zgarish. "Nasaf". Odiljon Hamrobekov o'rniga Ilhom Yunusov tushdi.


81`
Dubayda hisob tenglashganmish. SHunisi etmay turuvdi...


80`
Xavfli zarba! Eldor Suyunov bu vaziyatda yaxshi o'ynadi.


79`
Ilhom SHomurodov to'pni darvoza chizig'idan o'tkazgani takroriy lavhada ko'ringani haqida aytishmoqda. Ehhh yaponiyalik hakam, ko'zingni kattaroq och degim keldi...


78`
SHohruh Gadoev!!!!!!!!!! Zarbaaaaaaa!!!!!!! Birozgina noaniq!!!! Gol kerak, gol!


77`
Bugungi o'yinni bevosita 16000 tomoshabin stadiondan turib kuzatib bormoqda.


76` XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!! GOOOOOOOOOOOOOOL!
Qani golllll????!!!! SHohruh Gadoevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa bir metr masofadan Ilhom SHomurodov darvozaga tiqib qo'ya olmadi. Ehhhh!!! To'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini aniq ko'rish qiyin edi.


75`
Tayser Al Jassim qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Zarba noaniq.


74`
Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pni raqib himoyachilari bartaraf etishdi.


73` Xavfli vaziyat!!!!!!! ILHOM SHOMURODOV!!!!
SHomurodov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va darvozaga zarba berdi. Raqib posboni to'pni qaytardi. Burchak to'pi.



71`
Keraksiz joyda qizil kartochka! Ehhh, Bahrom! Bahrom Abduraximov raqib posboniga qo'pol o'ynagani uchun maydondan chetlatildi.


70`
O'zgarish. "Al Ahli". Ahmad Aloufi o'rniga Salman Muvashar tushdi.


69`
Dubayda "Traktorsozi" ikkinchi golni ham urdi. Yashavor!


67`
Hakam Ilhom SHomurodov hujumda qoidani tuzdi deb topdi va "Nasaf"ni hujumi to'xtatilib qoldi.


66` Imkoniyat!! Qani pas, pas qani?????? Odil Hamrobekov raqibdan to'pni olib qo'ydi, yaxshi. Lekin o'tkir burchakdan zarba berish o'rniga ochiq turgan jamoadoshiga to'pni uzatgani maqul emasmidi? Ehhh!



65` Xavfli hujum!
Osvaldo yaqin masofadan darvozaga zarba yo'lladi. Noaniq.


64`
Eldor Suyunov raqib hujumini to'xtatib qoldi.


62`
Bahrom Abduraximov uzoqdan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Zarbaga aniqlik etishmadi.


61`
Bizga gol kerak! "Nasaf" hujumkorlikni oshirmasang bo'lmaydi!


60`
Guruhdagi narigi o'yinda hisob tenglashdi, "Al Ahli" (BAA) - "Traktorsozi" 1:1.


59`
Yaponiyalik hakam Roy Rok hujumda qo'li bilan o'ynadi deb hisobladi. Ortiqcha gap talashgani uchun esa Rok ogohlantirish oldi.


58`
Birinchi bo'limda "Nasaf" ko'proq hujumda harakat qilgandi. Ikkinchi bo'limni esa "Al Ahli" hujumkor ruhda davom ettirmoqda.


57`
Burchak zarbasidan oshirib berilgan to'pni raqib himoyachilari bartaraf etishdi.


56`
"Nasaf" burchak zarbasi tepadi.


55`
Raqib futbolchisi SHohruh Gadoevni ushlab qoldi. Lekin hakam bu vaziyatda ham o'ynash imkonini berdi.


54`
"Nasaf" tezda o'ziga kelib olishi kerak. Bizga hujum va gol kerak!


53`
"Al Ahli" "Nasaf"ni jarima maydonchasi ichida "qamab" qo'ydi.


51` Xavfli vaziyat!
"Al Ahli" jarima zarbasi ishlab oldi. Jarimadan oshirib berilgan to'pni "Al Ahli" futbolchisi boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. ELDOR SUYUNOV!!!! Suyunov bu vaziyatda o'z mahoratini ko'rsatdi!


50`
"Al Ahli" hujumkorlikni oshirmoqda. Erkin Baydullaev yana himoyada jonbozlik ko'rsatdi.


49`
"Al Ahli" ikkinchi bo'limni juda faol boshladi. "Nasaf" hozircha himoyalanish bilan band.


48`
"Al Ahli" vakillari Erkin Baydullaev to'pni qo'li bilan qaytardi deb hisoblashdi va hakamdan penalti talab qilishdi. Bu befoyda.


46` Uhhhhhhhhhhhhhh! Erkin Baydullaevga tasanno!! "Nasaf"ni goldan saqlab qolgani uchun! "Nasaf" markazda to'pni yo'qotdi. Hamza Karimov to'pni raqibga berib qo'ygan edi. Tezkor tashkil etilgan hujumni Bruno Sezar gol bilan yakunlashi mumkin edi! Erkin Baydullaev so'nggi pallada zarba yo'liga g'ov bo'ldi! Barakalla!


- Ikkinchi bo'lim boshlandi! OLG'A "Nasaf"!



- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishmoqda.


- BIRINCHI BO'LIM TUGADI! TANAFFUS!


45`
Roy Rokning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.


45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


44`
"Al Ahli" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pga Eldor Suyunov egalik qildi.


44`
Hamza Karimov ogohlantirildi.


43`
SHohruh Gadoevdan yana bir "reyd"! Bu safar Gadoev to'pni o'tkir burchakdan to'g'ri darvozaga tepdi. Raqib darvozaboni o'z o'rnida.


41`
SHohruh Gadoev ayni daqiqalarda o'z qanotida juda faol o'ynamoqda.


39`
"Nasaf" yuzaga kelayotgan vaziyatlardan foydalana olmayapti. Raqib qarshi hujumda ularni jazolashi mumkin edi. Eldor Suyunov yana jamoasi joniga oro kirdi.


38` XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!!!!! QANI GOL?????!!!! SHohruh Gadoevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni avvaliga Ilhom SHomurodov, keyinchalik Artur Gevorkyan samarali yakunlay olmadi. Yuz foizli imkoniyat ko'kka sovurildi!!!


37`
"Al Ahli" himoyada ishonchli o'ynamoqda.


36`
Eldor Suyunovdan jarima maydonchasi tashqarisida Manuel Noyer uslubidagi harakat.


35`
SHerzod Azamov hujumda Artur Gevorkyanning to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi. Lekin uning uzatib bergan pasi noaniq ketdi.


34`
Har ikkala jamoa futbolchilari maydonda biroz sho'xlik qilishdi. Hakam ularga og'zaki tanbeh berish bilan cheklandi.



33` XAVFLI VAZIYAT!!!!!! ILHOM SHOMURODOV!!!!!! "Nasaf"ning uzoq o'ylagan hujumini SHerzod Azamov o'z qanotidan rivojlantirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Ilhom SHomurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi. Ehhhhhh!


31`
O'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar bir-birlarini xatolarini kutib o'ynashmoqda.


29`
"Nasaf" pozicion hujum uyushtirdi. Lekin jiddaliklarning himoyasini yorib o'tish oson kechmayapti.


28`
Bahrom Abduraximov maydonga qaytdi. O'zingni ko'rsat Bahrom!


27`
Bahrom Abduraximov maydonda yotibdi. Raqib futbolchisi uni oyog'iga tepdi. Vakilimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


25`
Dubayda Mehrdad Bayrami "Al Ahli" darvozasini ishg'ol etgan. Qarshida ham "Al Ahli" darvozasini ishg'ol etadigan futbolchini tezroq topish kerak!


24`
"Nasaf" imkon qadar tezroq gol urishga harakat qilmoqda. Bazi vaziyatlarda futbolchilarimizga birozgina sovuqqonlik etishmayapti. Hayajon o'z so'zini aytmoqda. Bo'shashmang yigitlar! Olg'a!


23`
O'yin surati yuqoriroq. Jamoalar almashib hujumga o'tishmoqda.


21`
Guruhdagi narigi o'yinda Eronning "Traktorsozi" jamoasi hisobni ochdi! Yaxshi! Bu biz uchun yaxshi albatta! Lekin bizga g'alaba bo'lgani yaxshi. SHunisi ishonarliroq!


20` ELDOR SUYUNOV!!!!!!!!!!!!!!
"Al Ahli" xavfli hujum uyushtirdi. Bruno Sezarning kuchli zarbasini Eldor Suyunov qaytarib qoldi! Barakalla Eldor!


19` XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!! ODILJON HAMROBEKOV!!! Qani gol????
Burchakdan oshirib berilgan to'pga Hamrobekov boshi bilan zarba yo'lladi. Raqib posboni Abdullah Almauqiy jamoasini goldan saqlab qoldi. Qaytgan to'pni esa darvozaga to'g'irlab qo'yadigan futbolchi topilmadi!


18`
"Nasaf" foydasiga burchak zarbasi belgilandi.


17`
Darvoza tomon zarba. Erkin Baydullaevning bu urinishi besamar ketdi.


16`
Hujum! Artur Gevorkyaning qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'piga Ilhom SHomurodov zarba bera olmadi. SHohruh Gadoevning boshi bilan yo'llagan zarbasi esa noaniq ketdi.


15`
Standart vaziyatidan so'ng raqib futbolchisi "Nasaf" darvozasi tomon boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


14`
"Al Ahli" jarima maydonchasi oldidan jarima zarbasi ishlab oldi.


13`
CHap qanotdan uyushtirilgan hujumtugallanmay qoldi. Roy Rokga uzatib berilgan to'pga himoyachi etib kela olmadi.


12`
Odiljon Hamrobekov va Roy Rok tomonidan tashkil etilayotgan hujum yakuniga etmay qoldi.


10`
Saudiyaliklar to'p nazoratini o'z qo'llariga olishdi. "Nasaf" raqibni "pressing" qilmoqda.


9`
"Nasaf" oldingi chiziqda o'ylagan rejasi ish bermadi. "Al Ahli" himoyalanishda hozircha bexato o'ynamoqda.


8`
Jamoalar biroz sekinlashishdi. "Al Ahli" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.


7`
"Nasaf" "Al Ahli"ga bosim uyushtirishga harakat qilmoqda. Ung va chap qanotdan tashkil etilgan hujumlarni raqib himoyasi bartaraf etdi.


6`
O'yin surati yuqori. Har ikkala jamoalar ochiq futbol namoyish etishga kirishib ketishgan.


5`
"Nasaf" oldinga borishga intilmoqda. Hozircha vakillarimiz o'ng qanotdan faollik bilan o'ynashmoqda.


4`
"Al Ahli" ham bugun bekorga kelmaganini isbotlamoqchi shekilli. Burchak to'pidan so'ng Eldor Suyunov hujumni bartaraf etdi.


3`
Hujum qilish navbati mehmonlarga keldi. Dastlabki burchak zarbasi.


2`
Dastlabki hujum! Yomon emas. Artur Gevorkyan Bahrom Abduraximov bilan chiroyli o'ynadi va jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Biroq uni raqib himoyachisi to'xtatib qoldi. Artur yiqildi, lekin hakam bunga etibor qaratmadi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A "NASAF"! OLG'A!


- Hayajonli daqiqalar... "Markaziy" stadioni muhiti esa shunchaki alo darajada!


- Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Bugungi o'yinda qarshilik muxlislar tabiri bilan aytganda, Qirol Arturga ham ko'p narsa bog'liq. Aynan ushbu futbolchi "ajdarlar"ning o'yinini belgilab beradi. Artur Gevorkyan "Nasaf"ning muhim o'yindagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shadi deb umid qilamiz.

- Umid qilamizki, "Nasaf" futbolchilari bugun klub tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq bo'lishadi. Bu yo'lda ularga omad tilab qolamiz.


- Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.





- Bugungi o'yinni Toma Masaaki boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.


- Bugungi sana 05.05.2015. Ajab emas "Nasaf" ham sanaga moslab yirik 5:0 hisobidagi g'alabani o'zbek futboli muxlislariga taqdim etsa. Bugun bizni faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi.

- "Markaziy" stadion muxlislar bilan liq to'lgan.


- Bugun Ro'ziqul Berdiev 4-5-1 taktikasini tanlagan. Asosiy urg'u maydon markazini qo'lga olishga qaratilgan. Odiljon Hamrobekov, Erkin Baydullaev hamda Bahrom Abduraximov singari o'rta chiziq futbolchilariga ham ko'p narsa bog'liq.


- Jamoalar o'yin oldi chigalyozdi mashg'ulotlarni boshlashdi.


- Denis Ivankov boshchiligidagi "Nasaf" darvozabonlari o'yin oldi mashg'ulotlarni boshlashdi. Asosiy posbon doimgidek Eldor Suyunov!


- Uchrashuv boshlanishiga salkam bir soat vaqt qoldi.


- Yana bir necha daqiqalardan so'ng jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ladi.

















- Muxlislar oqimi davom etmoqda. "Markaziy" stadion ishqibozlar bilan to'lib-toshmoqda.


- Jamoalar stadionga etib kelishdi.


- Assalomu-alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohdan yozamiz! Barcha ish qurollarimiz "Nasaf" stadionidagi media-tribunada joylashtirilgan. Yana birozdan so'ng Osiyo chempionlar ligasi "D" guruhi 6-tur doirasidagi "Nasaf" hamda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoalari o'rtasidagi bahs boshlanadi. Bu bellashuv vakillarimiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda bugungi uchrashuvda "ajdarlar" g'alaba qozonadigan bo'lishsa, unda "Nasaf" jamoasi o'z tarixida yangi sahifa ochadi. Yani klub o'z tarixida ilk bor OCHL 1/8 final bosqichiga yo'l oladi. Buning uchun Ro'ziqul Berdiev shogirdlari "Al Ahli"ni mag'lub etishlari talab etiladi. Ushbu qiziqarli bellashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 20:30da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика