So’nggi yangiliklar

09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  0 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  2 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  1 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  1 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  6 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  5 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  9 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  28

Mirjalol Qosimov: "Guruhda birinchi o'rinni egallay olamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Guruhda birinchi o'rinni egallay olamiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov jahon chempionati 2 saralashi va Osiyo Kubogi-2019 uchun qura natijasi borasida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi "H" guruhida Bahrayn, Fillipin, KXDR va Yamanga qarshi kurash olib boradi.

"Quradan ko'nglim to'ldi. Bizning guruhimizda kuch jihatdan teng jamoalar yig'ildi va biz qiziqarli uchrashuvlar guvohiga aylanishimiz mumkin. Maqsadimiz - birinchi o'rinni egallab, jahon chempionatida ishtirok etish uchun kurashni davom ettirish. Biz guruhda etakchi hisoblanamiz va bu vazifani bajara olamiz.

Har bir jamoa haqida alohida gapiradigan bo'lsak, raqiblarimiz borasida quyidagilarni aytishim mumkin: 

Bahrayn kuchli va bizga tanish jamoa. Bu terma jamoaning imkoniyatlarini, taxminan qanday uslubda o'ynashini bilamiz, chunki ular bilan bir necha marta uchrashuv o'tkazganmiz. KXDR terma jamoasi bilan ham kurash olib borgan edik. Ularga qarshi o'ynash oson emas, ammo shimoliykoreyaliklarni mag'lub eta oldik. Filippin va Yaman terma jamoalari haqida hech narsa deya olmayman, chunki Filippin bilan biror marta o'ynamaganmiz, Yaman bilan esa 90 yillarda bor-yo'g'i ikki marta to'qnash kelganmiz" - deydi Mirjalol Qosimov.

Uzbekiston terma jamoasi saralshni mehmonda KXDR terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshaydi. Bu borada Qosimov quyidagilarni takidladi:

"Birinchi uchrashuv doimo qiyin bo'ladi. Ammo har qanday turnirni g'alaba bilan boshlash juda muhim. Jamoamiz juda ahil va iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. Birinchi o'yinda 3 ochko olishga kuchimiz etadi" - deydi Qosimov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика