So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  21 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  3 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  15 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  7 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  31 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  5 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  65 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

"Oq-tepa" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Oq-tepa" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Bugun, 1 aprel kuni birinchi liganing "Oq-tepa" klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi.
Tadbirning birinchi qismida klub G'anisher SHog'ulomov va bosh murabbiy Ildar Sakaev ishtirok etishdi.

“O'tgan yilgi reja hamon o'z kuchida turibdi. Tarkibga bir qator futbolchilar va murabbiylarni taklif qildik. Barcha niyatlarimizni amalga oshirish uchun hozirgi kunda yaxshigina jamoa yig'ildi. Bu jamoani oliy ligaga olib chiqish uchun Ildar Sakaevga ishonamiz”, - deb gap boshladi G'anisher SHog'ulomov.

“Yig'inni 2 yanvardan boshladik. Bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. Selekciya ishlarini olib bordik. Mavsumlar oralig'ida yaxshigina mehnat qildik. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish”, - deydi Ildar Sakaev.

- O'FF qaroriga ko'ra bitta jamoa oliy ligaga chiqadi. Jamoani bunday vaziyatda moliyalashtirish qanchalik qiyin bo'ladi?
G'anisher SHog'ulomov:
- Jamoa homiylari oliy ligada ishtirok etishimizga tayyorlar. Andijon va Jizzax viloyati klublari moliyaviy tomonlama qiyin holatda. Mana mavsum boshidan ikkala jamoada futbolchilar maosh olishmayapti. Biz esa xorijdan yaxshi homiy topdik. SHu bois maqsadimiz oliy ligada o'ynash. Oliy ligaga chiqsak har qanday muammoni bartaraf etamiz. Stadion borasida aytadigan bo'lsak Evropada ham bir qator klublarda stadioni yo'q. “Jar” stadionini ijaraga olishga tayyormiz. Mavsumlar oralig'ida biz 6ta oliy liga klublariga imkoniyat qoldirmay mag'lub etdik.

Ildar Sakaev: Oliy liga talablariga ko'ra jamoada baza bo'lishi kerak. Mana bazamizni ko'rib turibsiz. Har qanday talablarni bajarishga qodirmiz. Asosiy maqsadimiz oliy ligaga chiqish va turli yoshdagi terma jamoalarga yangi futbolchilarni etishtirib berishdan iborat.

- Jamoa suniy maydonda o'ynaydi, safardagi bahslar esa tabiiy maydonda o'tadi. Bu muammo bo'lmaydimi?
G'anisher SHog'ulomov:
- Suniy va tabiiy maydonning farqi yo'q. Hech qanday. 10 yildan buyon shu maydonda o'ynab kelayapmiz. Bu erda jarohat olgan futbolchini umuman ko'rganim yo'q. Aksincha safardagi o'yinlarda o'yinchilarimiz jarohat olish ehtimoli juda ham yuqori edi. Unday maydonlarda yugurish emas yurishning o'zi qiyin edi. Bizda aniq reja va taqvim bor, qachon qaysi jamoa bilan o'ynashni bilamiz.

- Tarkibga kelganlar haqida nima deya olasiz?
Ildar Sakaev:
- Qisqa qilib aytganda amalga oshirilgan selekciya ishlaridan to'liq qoniqdim.

- Birinchi liganing o'tkazilish tizimi haqida nima deya olasiz?
G'anisher SHog'ulomov:
- Bizda negadir o'tgan asrdan qolgan tizimdan foydalanib kelinmoqda. Oltin ochkolar emush...bu o'tgan asrda qo'llanilgan tizim hisoblanadi. O'tgan yil jamoamizdan 15 yoki 16 ochko olib qo'yishdi. Biz pastki o'rinlarni egallagan jamoalarni yutganimiz hisobdan o'chirib yuborilar ekan...Bu noto'g'ri. O'sha jamoalarga qarshi o'yindagi hissiyotlar, harakatlar va gollar hisobdan chiqarib yuborilar ekan? Bu ahmoqlik.

- O'FF prezidenti yaqinda yig'ilishlardan birida O'zbekistonda kelishilgan o'yinlarga qarshi keskin kurashish kerakligini aytdi. Bu borada o'z fikrlaringiz.
G'anisher SHog'ulomov:
- Oliy ligadan ko'ra birinchi ligada bunday o'yinlar juda ko'p. Lekin kelishilgan o'yinlar futbolning ildiziga bolg'a urish deganidir. Mana kecha ko'rdinglar Yaponiya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi qanday o'ynadi? Yaponlarning deyarli barcha futbolchisi Evropada o'ynaydi. Bizning yigitlar Evropada o'ynay olmaydimi? O'ynay oladi, lekin buning uchun kelishilgan o'yinlardan butkul voz kechishimiz kerak. Qarang “Lokomotiv”ning OCHLdagi o'yiniga qancha tomoshabin keldi? “Paxtakor” ishtirokidagi uchrashuvgachi? O'z vaqtida “Paxtakor” o'ynasa 56 ming odam stadionga kelardi. Stadion xuddi arining iniga o'xshab turardi...

- Birinchi ligada nazorat yo'qoldi dedingiz. Istalgan jamoa, istalgan futbolchilar kelib o'ynab ketishmoqda.
- To'g'ri takidladingiz. Reglament va sport principiga amal qilish kerak. Bir qator klublar bugun tashkil etilib ertaga yo'q bo'lib ketmoqda. “Oq-tepa” klubi 5 yil ikkinchi ligada o'ynaganmiz. Oltinchi yildagina birinchi ligaga chiqqanmiz. Hozirchi? Bir yilda jamoa tuzilmoqda va o'sha klub birinchi ligada o'ynamoqda...

- “Oq-tepa” futbol maktabi haqida malumot bersangiz. Bundan tashqari bir vaqtlar xorij klubi bilan hamkorlik qilish haqida xabar tarqatilgandi. Bu hamon o'z kuchidami?
- Albatta “Kardiff Siti” klubi bilan hamkorligimiz hamon amalda. Lekin ularda hozir moliyaviy muammolar paydo bo'ldi. SHu bois hamkorlik to'xtab turibdi.

***

Tadbirning ikkinchi qismida jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar  Yaroslav Krushelnickiy, Timur Yafarov va Anvar Rahimov ishtirok etishdi.

Yaroslav Krushelnickiy: “Sababi jamoaning o'z oldiga aniq maqsad qo'ygani uchun “Oq-tepa”ni tanladim”.

Timur Yafarov: “Oliy ligaga chiqishni maqsad qilib qo'ygani uchun shu jamoani tanlashga qaror qildim. Jamoadagi sharoitlar oliy liganing bazi klublarida ham yo'q”.

Anvar Rahimov: “SHeriklarimning aytganiga qo'shilaman. Oliy liga vazifasi qo'yilgan klubda o'ynashni istadim. Bundan tashqari jamoa uyimga yaqin bo'lgani uchun ham “Oq-tepa”ga keldim”.

-   Malayziya va O'zbekiston chempionatini taqqoslab bersangiz?
Yaroslav Krushelnickiy:
- O'yin borasida bizning futbolchilar ancha kuchli hisoblanishadi. Lekin tashkiliy sharoitlar borasida Malayziya bizdan 15 yil oldinda. U erda futbolchilarga etibor juda yuqori saviyada. Malayziyada kelishilgan o'yinlar aniqlanganidan so'ng keskin kurash olib borildi. 2007 yilga qadar u erda legionerlar umuman bo'lmagan. Futbol federaciyasi rahbari o'zgargach kelishilgan o'yinlarga butkul barham berishgan va legionerlarni taklif qilish boshlandi.

- “Qo'qon-1912” jamoasi bilan oliy ligaga chiqdingiz. Lekin birinchi ligadagi “Oq-tepa”ga o'tdingiz. Oliy ligada o'ynasangiz bo'lmasmidi?

Anvar Rahimov: - To'g'ri oliy liganing saviyasi yuqori. Lekin Qo'qon jamoasini tark etishga malum sabablar bor edi. Mening o'rnimda bo'lgan har qanday  o'zini hurmat qilgan futbolchi jamoani tark etgan bo'lardi. Xudo xohlasa keyingi yil “Oq-tepa” bilan oliy ligada o'ynayman.


Narzulla Saydullaev
foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика