So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

O'zbekiston U-15: Eronga yutqazdi, "Tokio" bilan durang Yangiliklar

O'zbekiston U-15: Eronga yutqazdi, "Tokio" bilan durang

O'n besh yoshgacha bo'lgan futbolchilarimizdan tuzilgan terma jamoa Yaponiyadagi musobaqada ishtirok etdi.
Yaponiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol federaciyalari hamkorligidagi 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun mo'ljallangan dastur asosida shu yilning 25-29 mart mart kunlari bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada 10ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular ikki guruhga bo'lingan. Bu haqda O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

“A” guruhi: Tojikiston, “Tokio” FK, Qirg'iziston, Turkmaniston, JFAfutbol akademiyasi

“B” guruhi: O'zbekiston, “Kioto Sanga” FK, Afg'oniston, Eron, Yaponiya

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasining guruh bosqichidagi o'yin natijalari bilan tanishing:

25 mart:
O'zbekiston – “Kyoto Sanga” 1:0
Yaponiya – O'zbekiston 4:0

26 mart:

O'zbekiston – Afg'oniston 0:0

27 mart:
O'zbekiston – Eron 0:3

Guruhda to'rtinchi o'rinni olgan jamoamiz 7-o'rin uchun bahsda “Tokio”ga qarshi o'ynadi. Uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi.

O'zbekiston U-15 - "Tokio" 3:3
O'zbekiston U-15:
Davron Toshpo'latov, SHukurullo Ashirov, Mahmudjon Qudratillaev, Jasurbek Umrzoqov, SHohzamon Xayrullaev, Abubakr Mo'ydinov, Ibrohim Turg'unboev, Muhammadalie Nomozov, Ixtiyor Xoldorov, Bahromjon Soatov, Daler Mirzaxo'jaev, Asadbek Sobirjonov, Oston O'runov, Burxon Hasanov, Rasul Yo'ldoshev, Ibrohim Halilov, SHuhrat Nematov, Abdulhay Ismoilov, Ibrohim G'anixonov.


Musobaqaning finalida Tojikiston va Eron to'qnash kelishdi. Unda penaltilar seriyasida forslar g'olib chiqishdi. Yaponiya uch, Qirg'iziston to'rtinchi o'rinni band etdi.

Eslatib o'tamiz, Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi 12-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadilar.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика